Zardushtiylik dining vujudga kelishi




Download 20,1 Kb.
bet5/8
Sana16.09.2024
Hajmi20,1 Kb.
#271203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Urganch ranch texnologiyalar universiteti kompyuter injinering y-kompy.info

Ular maxsus joylarga bino etilib, ortiqcha bezak va tasvirlarsiz qurilgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ostadonlar tasviri bundan dalolat beradi. Barkamol insonni shakllantirish Avesto mazmunida markaziy o’rinni egallaydi. Inson erki, hayotining farovonligi, turmushining go’zal bo’lishi haqidagi g‘oyalar o’sha davr estetik madaniyatidan guvohlik beradi. Ushbu asarda aytilishicha, Axuramazdadan, “yer yuzidagi eng yaxshi joy qayerda?”, deb Zardusht savol so’raganida, u, “inson qayerdaki o’ziga uy tiklab, oilasi, chorvasi va itlari bilan to’q yashasa, uyida noz-ne’matlari muhayyo bo’lib, xotini va farzandlari farovon turmush kechirsa, uyida e’tiqodi sobit, olovi alangali bo’lsa, ana shunday go’sha ulug‘dir”, deb javob beradi. Zardushtiylikning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ham – ezgulik va yovuzlik kuchlarini inson qiyofasidagi ruhlar timsolida badiiy obrazli tasvirlashidir. Ezgulik kuchlarining timsoli sifatida dehqon va chorvador obrazi tarannum etilgan. O’sha davr nuqtai nazaridan, turmush farovon bo’lishining asosiy omili – inson mehnati, dehqonchilik va chorvachilik bilan yaratilajak ne’matlar bo’lgani uchun hamma mehnatning bu turi muqaddaslashtirilgan va bularning barchasi inson uchun edi.

Bu dinda mehnat inson qadrini yuksaklikka ko’taruvchi fazilat sifatida ulug‘langan. Saxovatli inson birinchi galda mehnat qilishi, O’z qo’li bilan noz ne’matlar yaratishi zarur deydi. Avestoda mehnat qilmaydigan inson haqiqatan ham tilanchilar qatorida ekani, bunday kimsa doimo begona eshiklarga tiz cho’kib, abadul-abad bosh egib turishi haqida ogohlantirilgan. Dehqonchilik bilan shug‘ullanish esa, O’n ming marta ibodat qilishdan afzal hisoblangan. Dehqonning yerga urug‘ sochishi, g‘alla yetishtirishi yovuzlikka berilgan zarba sifatida baholangan. Zardushtiylikda farovonlik, mo’l ko’lchilik timsoli sifatida dehqonchilik ma’budasi Anahita obrazi yaratilgan va juda qadrlangan. Anahita baquvvat, kelishgan va go’zal ayol qiyofasida, mehnatkashlik va to’qchilik ramzi sifatida tasvirlangan. Inson qadri uning mehnati bilan baholangani tufayli odamning sog‘lom va durkun bo’lishi lozim. Bu dinda hatto ro’za tutilmaydi, chunki to’yib ovqat yemagan kishi o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydi, deb hisoblangan.


Download 20,1 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 20,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zardushtiylik dining vujudga kelishi

Download 20,1 Kb.