• Axura Mazda
  • Ikkinchi kitob “YAsna
  • Uchinchi kitob “Visparat
  • YAsna
  • Zardushtiylik dining vujudga kelishi




    Download 20,1 Kb.
    bet7/8
    Sana16.09.2024
    Hajmi20,1 Kb.
    #271203
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Urganch ranch texnologiyalar universiteti kompyuter injinering y-kompy.info

    “Avesto”ning saqlanib qolgan to‘rtta kitobidan birinchisining nomi “Videvdat” (devlarga qarshi qonun) deb ataladi. Ushbu kitob “Avesto”ning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo‘lib, boblari “Fragard” deb nomlangan. Fragardalarning ma’nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura Mazda qanday yaratgani to‘g‘risida bo‘lib, ular orasida Xorazm, So‘g‘d, Marg‘iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o‘lim, azob-uqubatlar bo‘lmagan zamon haqida, ya’ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari haqida va h.k. Shuningdek, videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axuramazdaning savol-javoblari va muloqotlari ham o‘rin olgan.

    Ikkinchi kitob YAsna” deb atalib, Avestoning e’tiborli bo‘limi sanaladi. YAsna – yaz o‘zagidan bo‘lib, “sajda, topinch, ibodat” ma’nolarini ifodalaydi. YAsna etmish ikki bobdan iborat bo‘lgan. Boblari “ha”, “haitiy” deb atalgan. “Ha” bashorat demakdir. Har bir “ha” zarur o‘rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda kohinlar tomonidan o‘qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar. YAsna kitobi tarkibiga Zardusht o‘zi ijod qilgan targ‘ibot she’rlari ham kirgan. Ular YAsnaning 17 ta “ha”sini tashkil qiladi. Zardusht she’rlari ilmiy adabiyotda “gat”lar deb atab kelinadi. Zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e’tiqod qilish, dinning esa “otashparastlik” deb atalishi shunga bog‘liq. Binobarin, olov Axuramazda nurining quyoshda namoyonligi va uning erdagi zarrasi deb hisoblangan. Oliy haqiqat Arta ham olovda o‘z ifodasini topgan. Olov haqni nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg‘onni rostdan ajratib bergan. Yolg‘on esa, chin e’tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so‘zi fonetik o‘zgarib, dastlab Atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda.

    Uchinchi kitob Visparat” deb nomlangan. U yigirma to‘rt bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida “karde” deb atalib, ma’budlar sha’niga o‘qilgan duolar va ibodat ustida ularga murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yig‘indisi ham deyishadi. Ayni paytda u “YAsna”ga qo‘shimcha hisoblanadi. To‘rtinchi kitob YAsht” deb ataladi. U “Avesto”ning eng qadimiy qatlami bo‘lib, yigirma ikki bobdan iborat. Har bir bob Axura Mazdadan boshlab, u yaratgan va uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan madhiyalardan iborat.


    Download 20,1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 20,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zardushtiylik dining vujudga kelishi

    Download 20,1 Kb.