|
Zardushtiylik dining vujudga kelishi
|
bet | 3/8 | Sana | 16.09.2024 | Hajmi | 20,1 Kb. | | #271203 |
Bog'liq Urganch ranch texnologiyalar universiteti kompyuter injinering y-kompy.infoKo’pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», deyiladi. «Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to’g’ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» sohibi bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo’l» Sug’d (So’g’d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi. Zardushtiylik ta’limoti. Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq er ochib, uni bog’u rog’ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bunga ko’ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. : Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig’inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi.
|
| |