• MAVZU:ZARDUSHTIYLIKDA TABIATNING ULUG’LANISHI
  • Zardushtiylik dining vujudga kelishi




    Download 20,1 Kb.
    bet1/8
    Sana16.09.2024
    Hajmi20,1 Kb.
    #271203
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Urganch ranch texnologiyalar universiteti kompyuter injinering y-kompy.info


    Urganch ranch texnologiyalar universiteti kompyuter injinering yo’nalishi 23-01 guruh talabasi madaminov sobirjonning dinshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

    URGANCH RANCH TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI KOMPYUTER INJINERING YO’NALISHI 23-01 GURUH TALABASI MADAMINOV SOBIRJONNING DINSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

    MAVZU:ZARDUSHTIYLIKDA TABIATNING ULUG’LANISHI

    REJA: 1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi. 2. Zardushtiylik ta’limoti. 3. Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi. 4. “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi.

    Zardushtiylik dining vujudga kelishi. Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo’lib, bu din er.avval VII-VI asrlarda dastavval O’rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo’lgan. Uning payg’ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan. Zardushtiylik paydo bo’lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik davri endi paydo bo’layotgan davr edi. U urug’-qabilachilik tuzumi emirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo’linayotgan davr bo’lgan. Bu din eng avval O’rta Osiyo, so’ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi. Butun O’rta Osiyo moddiy va ma’naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u erda yashagan turkiy elatlar bo’lgan, shulardan o’zbek elati tashkil topgan.

    Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos bo’lgan din sifatida undan oldingi urug’ qabilachilik dinlari negizida paydo bo’lgan yakka xudolik dini bo’lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib, so’ng o’rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o’rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda. Vujudga kelishi. Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahy orqali e’lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko’p ta’sir o’tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi uqidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g’oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki, ushbu din paydo bo’lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq echilgan masalalar emas.


    Download 20,1 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 20,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zardushtiylik dining vujudga kelishi

    Download 20,1 Kb.