|
Paralingvistik ta ’sir — nutqning atrofidagi uniBog'liq zarina2 (1)2. Paralingvistik ta ’sir — nutqning atrofidagi uni
bezovchi,kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning
baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to‘xtashlar,
duduqlanish,yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar
kiradi. Shunga qarab, do'stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan
bo‘Isa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
3. Noverbal ta’siming ma’nosi «nutqsiz»likdir. Bunga
suhbatdoshlarning makonda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari,
holatlari (yaqin,uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika,
qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan
chiqayotgan turli signallar(shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi
muloqot jarayonini yanada
kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga
yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra,
birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning
ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va
noverbal harakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan
Suhbatdoshlarning bir-biriga bo‘lgan qiziqishi, teng munosabatlar
uchun ochiqlik darajasiga ko‘ra muloqotning quyi, o‘rta va yuqori
darajalari farqlanadi. Muloqotning quyi darajalari quyidagilardan iborat:
1. Primitiv daraja — asosiy belgisi suhbatdoshga shunchaki bir buyum
sifatida munosabatda bo'Iish. Bu buyum primitiv darajada muloqotga
kirishgan inson uchun kerak bo'lgan buyum yoki xalaqit berayotgan
buyum bo'lishi mumkin. Agar kerak bo‘lsa, uni egallashga harakat qiladi,
xalaqit berayotgan bo‘lsa, uni uloqtirib tashlashga intiladi.
|
| |