• Modulli oqitish asosan inson bosh miyasi toqimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi
  • Zatvori izolyatsiya qilingan transiztorlar va ular asosidagio modullarni o'rganish




    Download 218 Kb.
    bet1/6
    Sana26.02.2024
    Hajmi218 Kb.
    #162783
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Zatvori izolyatsiya qilingan transiztorlar va ular asosidagio modullarni o\'rganish
    Karimberdiyev Sh31999, Iqtisodiy o\'sish, kurs ramla, Qabul, NOSINUSOIDAL TOKLI ZANJIRNI HISOBLASH..............., NEM fanidan mustaqil ish mavzulari ro‘yxati, BUG\' TRUBINA QURILMALARINING SIKLI, SUV BUG\'I XOSSALARI VA DIOGRAMMALARI BILAN TANISHSH, ISSIQLIK ALMASHINUV APPARATLARINI ISSIQLIK XISOBI, Elektr zanjirlari va ularning turlari. Elektr zanjirlarining elementlari. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari. Om va Krixgof qоnun, KUCHAYTIRGICHLARNI KATTA SIGNALLARDA ISHLASHI, SST-STX-15-22 MOLIYA ASOSLARI ARIPOVA O\'G\'ILOY, SST-STX-15-22 MHB ARIPOVA O\'G\'ILOY, SST-STX-15-22 MHB HAROYEVA FERUZA

    Zatvori izolyatsiya qilingan transiztorlar va ular asosidagio modullarni o'rganish

    Reja:


    1. Modulli o'qitishning mohiyati

    2. Modulli o'qitishning tamoyillari

    «Modulli o'qitish» termini xalqaro tushuncha - modul bilan bog'liq bo'lib («modul», lat. modulus), uning bitta ma'nosi faoliyat ko'rsata oladigan o'zaro chambarchas bog'liq elementlardan iborat bo'lgan tugunni bildiradi. Bu ma'noda u modulli o'qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.


    Modul - bu fanning fundamental tushunchasini takdim etadi: muayyan jarayoni yoki qonuni, bo'limi, muayyan katta mavzusi, o'zaro bog'liq tushunchalar guruhidir.
    Modul - bu fanning bir yoki bir necha tushunchalami o'zlashtirishga yo'naltirilgan, ishlab chiqilgan tamoyillar asosida shakllangan mantiqan tugallangan o'quv materialidir.
    1982 y. YUNESKOning anjumandagi ma'ruzasida modulga "Mashqlarni xususiy tezlikda diqqat bilan tanishish va ketma-ket o'rganish orqali individual yoki guruh mashg'ulotlarida bir yoki bir necha malakaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan alohida o'rgatuvi paket (to'plam)" deb ta'rif berilgan edi.
    Modulli o'qitish - o'qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u odam bosh miyasining o'zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir.
    Modulli o'qitish asosan inson bosh miyasi to'qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi
    Inson bosh miyasi to'qimasi, qariyb 15 mlrd. neyronlardan (nerv hujayralari) yoki shartli modullardan iborat. To'qima hujayralari bir-biri bilan ko'p sonli to'qnashuvlarda bo'lishadi. Bir hujayra va uning o'simtasini boshqa hujayra va uning o'simtasi bilan to'qnashuvlari soni 6 mingtagacha yetib boradi. Demak, bosh miya to'qimasidagi to'qnashuvlar (kontaktlar) soni astronomik sonni (15000000000x6000) tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan, modul o'quv jarayonining bir hujayrasi sifatida qaraladi. Bu hujayra bir vaqtning o'zida axboriy umumiylikka o'ziga xos yaxlitlik va tizimlilikka ega bo'lgan elementlardan tashkil topgan bo'ladi.
    O'qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YUNESKOning Tokiodagi Butunjahon Konferensiyasida so'z yuritilgan edi. Modulli o'qitish texnologiyasi funksional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogika va psixologiyalarping umumiy nazariyasidan kelib chiqadi.
    Bu sohalardagi izlanishlarga ko'ra, to'qimasi modulli tashkil topgan inson miyasi, axborotni kvant ko'rinishda (boshqacha aytganda, ma'lum hissalar ko'rinishida) eng yaxshi jihatdan qabul qiladi.
    Modulli o'qitish, kasbiy ta'limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi:

    • modul - faoliyatlik asosida o'qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlami o'zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta'minlash;

    • o'qitishni individuallashtirish;

    • amaliy faoliyatga o'rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida o'qitish samaradorligini nazorat qilish;

    • kasbiy motivatsiya (qiziqtirish) asosida, o'qitish jarayonini faollashtirish, mustaqillik va o'qitish imkoniyatlarini to’la ro'yobga chiqarish.

    Modulli o'qitishning hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil yondashuvni ajratib ko'rsatish mumkin: fan bo'yicha faoliyat yondashuvi va tizimli faoliyat yondashuvi. Bu yondashuvlar doirasida modul asosida mutaxassislar tayyorlashning bir qator konsepsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha konsepsiyalar zamirida faoliyat yondashuvi yotadi va bu nuqtai nazardan, o'qitish jarayoni to'laligicha yoki muayyan fan doirasida, modulli ta'lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat elementlarini o'quvchi tomonidan ketma-ket o'zlashtirishga yo'naltirilgan bo'ladi.
    Turli konsepsiyalar doirasida, modulli ta'lim dasturlari, turli xil tarkib va tarkibiy tuzilmalardan iborat bo'ladi, turli shakldagi hujjatlarda taqdim etiladi, ammo ularning barchasi quyidagi uchta asosiy tarkibiy qismni majburiy ravishda o'z ichiga oladi: maqsadli mazmuniy dastur; turli ko'nnishlarga taqdim etilgan axborotlar banki; o'quvchilar uchun uslubiy ko'rsatmalar.

    Download 218 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 218 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zatvori izolyatsiya qilingan transiztorlar va ular asosidagio modullarni o'rganish

    Download 218 Kb.