Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan qo’shma gaplardagi bosh va ergash gaplarni ajrating.
1. Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar («Fan va turmush») 2. Kim birovlarga yaxshilik qilsa, uning obro'yi baland bo’ladi. («Tafakkur gulshani»)
Bilib oling. Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi.
Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so’zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo’llanuvchi -ki yuklamasi yordamida bog’lanadi. Birinchi holatda ergash gap bosh gapdan oldin, ikkinchi holatda keyin keladi.
Eslab qoling. Ba’zan bosh gapning aniqlovchisi vazifasida kelgan shunday, shunaqa kabi so’zlar qo’llanmasligi mumkin, ammo uning o’rni bilinib turadi.
149-mashq. Ko’chiring. Qo’shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni ayting va bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshining qanday gap bo’lagi vazifasida kelayotganiga diqqat qiling.
1. Katta arava qaysi yo’ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo’ldan yuradi. (Hikmatli so’z) 2. Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur. (E.Vohidov) 3. Bu suvni ichgandan so’ng kim yolg’on so’zlasa, uning qulog’i o’sib ketarmish. (Ertak) 4. Kim yalqov bo’lsa, uning qo’lida obod yer ham xarob bo’ladi. (Sobir Abdulla) 5. Men senga shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham ko’rmagansan. (Oybek) 6. Kimning quroli bilim bo’lsa, uning kelajagi porloq. (J.Abdullaxonov)
150-mashq. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarni topib ko’chiring. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni aniqlang.
Fan olamida shunday olimlar ijod qilib o’tganki, ular yaratgan ilmiy g’oya va kashfiyotlar yangi yo’nalishlarning vujudga kelishiga sababchi bo’lgan. Ana shunday tengi yo’q iqtidor sohiblaridan biri Albert Eynshteyndir. Uning nomi zamonaviy fizika sohasida ochilgan ko’plab qonuniyatlar bilan chambarchas bog’langan.
Albert Eynshteyn 1879-yilning 14-mart kuni Germaniyaning Ulma shahrida tug’ildi. Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo’ydiki, bu fanlarning sirli olami uning butun borlig’ini chulg’ab oldi. 1896- yilda Syurix texnologiya institutiga o’qishga kirdi. U shunday qobiliyatga ega ediki, bir marta eshitgan narsani hech o’zgarishsiz qayta hikoya . qilib beraverardi.
Institutni bitirgandan so’ng ketma-ket o’z ilmiy g’oyalarini bayon etgan ilmiy maqolalarini nashr qildira boshladi. E’lon qilgan har bir maqolasi fizika fanida katta kashfiyot bo’ldi.
1905-yili «Maxsus nisbiylik nazariyasi» deb nomlangan asari orqali fanga nisbiylik nazariyasini olib kirdi.
XX asrning buyuk olimi, Nobel mukofoti sovrindori darajasiga ko’tarilagan Albert Eynshteyn 1955-yilning 18-aprelida vafot etdi. («Nobel mukofoti sohiblari» kitobidan)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf
9-sinf «____» «_____________»
|