Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan gaplarni ko’chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang.
1. Shu narsani esdan chiqarmangki, odam odam bilan uchrashadi, tog’ tog’ bilan uchrashmaydi. (Oybek) 2. Kimki bo’lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. (Maqol)
Bilib oling. Bosh gap tarkibida to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga to’ldiruvchi ergash gaplar deyiladi. To’ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so’zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo’llaniluvchi -ki yuklamasi yordamida bog’lanadi. Gap qismlari nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va to’ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin keladi. Gap qismlari -ki yordamida bog’langanda esa to’ldiruvchi ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
Eslab qoling. Ba’zan bosh gapning to’ldiruvchisi vazifasidagi ko’rsatish olmoshi qo’llanmasligi mumkin, ammo uning o’rni bilinib turadi.
144-mashq Ko’chiring. Qo’shma gaplar tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni belgilang. Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshining qanday gap bo’lagi vazifasida kelayotganiga diqqat qiling.
l.Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o’qqa tutdi. (Abdulla Qahhor) 2. Bu o’rinda shuni aytish kerakki, qalandarovlarni o’sha davr hayoti yarata boshlagan edi. (M.Qo’shjonov) 3. Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring. (P. Qodirov) 4. Shuni bilib qo’yginki, sen suyangan tog’ning tagi nurab qolgan. (Said Ahmad)
145-mashq Gaplarni ko’chiring, to’ldiruvchi ergash gaplarni toping, ulaming bosh gapga bog’lanishini izohlang.
1. Bilingki, jim turib salomat bo’lish gapirib malomatga qolishdan afzal. 2. Shuni anglamoq kerakki, ota-ona uchun farzanddan ko’ra yaqinroq kimsa yo’q. 3. Shundan ehtiyot bo’lingki, birovning ota- onasini haqorat qilgan odam o’zining ota-onasini ham haqoratlagan bo’ladi. 4. Shuni hamisha yodingizda saqlangki, birovga yolg’on gapirish eng katta gunohdir. 5. Shuni unutmangki, do’stlar bilan suhbat qurmoq gullar orasida sayr qilmoqdan xushdir. («Aql aqldan quvvat olar» kitobidan)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf
9-sinf «____» «_____________»
ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR
38-dars ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QO’SHMA GAPLAR
|