• ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
  • Zbek tili darsning maqsadi




    Download 219,22 Kb.
    bet49/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219,22 Kb.
    #15586
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. O’tgan mavzuni so’rash.

    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

    b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu

    1-topshiriq. Berilgan qo’shma gaplarning bosh gaplari tarkibidagi ko’rsatish olmoshlarini toping.

    1. Shuni sezdimki, oila a’zolari bir-biri bilan juda ittifoq ekan. 2. Kim oldin musht ko’tarsa, u ojiz bo’ladi. (Maqol)
    Bilib oling. Tarkibida ko’rsatish olmoshi mavjud bo’lgan ergashgan qo’shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma’nodosh bo’la oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo’lagi o’rniga qo’yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin. Masalan: 1. Kim ko’p o’qisa, u ko’p biladi - Ko’p o’qigan ko’p biladi. 2. Shuni bilingki, kenga keng, torga tor dunyo — Dunyoning kengga keng, torga torligini bilib oling.
    124-mashq. Ko’chiring. Ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi o’rniga qo’yib, qo’shma gapni sodda gapga aylantiring.

    1. Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin (R. Fayziy) 2. Shunga xursandmizki, bolalar o’z yolini topib ketishdi. (Y.Sulaymon) 3. Kim ko’p bilsa, u kamgap bo’ladi. (Shuhrat) 4. Tilagimiz shuki, hammangiz el xizmatiga kamarbasta farzandlar bo’linglar. (Qamchibek Kenja)


    126-mashq Berilgan gaplarni sodda gaplarga aylantiring va ular o’rtasidagi farqlarni tushuntiring.

    1. Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug’roq ne’mat yo’q. 2. Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson egib oladi. 3. Shunga ishonch hosil qildimki, ko’p uxlagan oz yashaydi 4. Kimki tinch yashashni istasa, pastkash odam bilan hech qachon do’stlashmaydi. 5. Badanda nimaiki quvvat bo’lsa, u tozalik va pokizalikdandir.


    127-mashq. Gaplarni ko’chiring. Ularni sodda gapga aylantiring. Qo’shma gapni sodda gapga aylantirish uchun qanday o’zgarishlar qilganingizni ayting.

    1. Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. (Abdulla Qahhor) 2. Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan g’o’ra ichiga qamab bera biladi. (Abdulla Qahhor) 3. Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilan ishi bo’lmaydi. (A.Qayumov) 4. Kim alam chekmabdi umrida bir bor, U meni anglamas, anglamas aslo. (A.Oripov) 5. Maslahatim shulki, bugun o’zga bir go’shaga chekining! (Oybek) 6. Saxiylikni odat qilgan bo’lsa kim, Qo’lidan davlati ketmasin uning. (E. Vohidov)




    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

    «Ona tili» 9-sinf

    9-sinf «____» «_____________»

    ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR

    34-dars KESIM ERGASH GAPLI QO’SHMA GAPLAR

    Darsning maqsadi:

    a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)

    b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

    Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

    Foydalaniladigan adabiyotlar:

    «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.



    I. Darsning borishi:


    Download 219,22 Kb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




    Download 219,22 Kb.