• ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
  • Zbek tili darsning maqsadi




    Download 219,22 Kb.
    bet45/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219,22 Kb.
    #15586
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. O’tgan mavzuni so’rash.

    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

    b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu
    1-topshiriq. Ko’chiring. Qo’shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang.

    1. Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko‘ramiz. (Parda Tursun) 2. Shunga aminmanki, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun ta’lim tizimimizni yaxshilashda tub burilish yasaydi. («Ma’rifat») 3. Umidimiz shuki, Sizlar baxtli bo’linglar. (Ismoil To’lak) 4. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin.


    Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog’lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo’ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Ba’zan bu bo’lak qo’llanmasligi ham mumkin, ammo uning o’rni bilinib turadi.
    114-mashq. Ko’chiring. Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshini aniqlang.

    1. Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan! (Hamid G’ulom) 2. Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta;r past bo’ladi. (Shuhrat) 3. Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan. 4. Aybingiz shuki, juda ko’ngilchansiz. (Z.Saidnosirova) 5. Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir. (Alisher Navoiy) 4/. Shunday ne'matlar borki, ularni pul birligida o'lchab bo'lmaydi. (Azim Suyun)


    115-mashq, Gaplarni ko’chiring, bosh gap tarkibida kelgan ko’rsatish olmoshini aniqlang va vazifasini tushuntiring.

    1. Shuni bilingki, aql bilan odob — jism bilan jon. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so’z uqtirgandan ko’ra yelkada tosh tashish afzal. 3. Shunga amin bo’ldimki, serjahl boshda aql bo’lmaydi.

    Shundan ehtiyot bo’lish lozimki, hamrohingiz aslo nodon bo’lmasin.

    Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko’p bo’ladi. («Sharq hikmatlari»dan)


    116-mashq. Ko’chiring. Qo’shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gaplarni bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi o’rnida keltirib, qo’shma gapni sodda gapga aylantiring.

    1. Baxtim shuki, seni uchratdim. (Z.Saidnosirova) 2. Shunday o’zgarishlar bo’lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi. 3. Shunisi quvonarliki, sinfdagi o’quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. 4. Shuni bilingki, hech bir yangilik bexosiyat bo’lmaydi. (Asqad Muxtor) 5. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo’tabar bo’lsin. (Oybek)

    N a m u n a : Baxtim shuki, seni uchratdim - Baxtim - seni uchratganligim.

    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

    «Ona tili» 9-sinf

    9-sinf «____» «_____________»

    ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR

    31-dars NISBIY SO’ZLI ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR

    Darsning maqsadi:

    a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.nutqiy kompitensiya. ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)

    b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

    Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )


    Download 219,22 Kb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




    Download 219,22 Kb.