2) nisbiy so’zlar; 3) tinish belgilari; 4) ko’makchilar; 5) deb so’zi; 6) ko’makchili qurilmalar; 7) yuklamalar
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5, 7 D) 1, 2, 5, 6, 7
16. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog’ishtiruv ergashtiruvchi bog’lovchilari qo’shma gapning qaysi qismida ifodalanadi?
A) ergash gap boshida B) ergash gap oxirida C) bosh gap boshida D) bosh gap oxirida
17. Qaysi holda ergash gap bosh gapdan oldin keladi?
A) tarkibida sabab bog’lovchilari bo’lsa B) tarkibida maqsad bog’lovchilari bo’lsa
C) kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalansa D) tarkibida qiyoslash-chog’ishtiruv bog’lovchilari bo’lsa
18. Maqsad ergashtiruvchi bog’lovchisini toping.
A) basharti B) toki C) chunki D) mabodo
19. Bosh gapda ifodalangan mazmunning qaysi belgisini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko’makchili qurilmalar vositasida bog’lanadi?
A) maqsadini B) sababini C) shartini D) natijasini
20. Ko’makchili qurilmalar qo’shma gapning qaysi qismi tarkibida bo’ladi?
A) ergash gap tarkibida B) ergash gap va bosh gap tarkibida C) bosh gap tarkibida
D) bunday qurilmalar qo’shma gap tarkibida umuman uchramaydi
21. DEB so’zi yordamida ergashgan qo’shma gaplarda ergash gapning kesimi qaysi shaklda bo’ladi?
A) II shaxs buyruq mayli shaklida B) III shaxs maqsad mayli shaklida
C) II shaxs maqsad mayli shaklida D) III shaxs buyruq mayli shaklida
22. DEB so’zi yordamida ergashgan qo’shma gaplarda qaysi ko’makchiga ma’nodosh bo’ladi?
A) qaramay B) uchun C) yarasha D) binoan
23. Shart mayli vositasida ergashgan qo’shma gaplarda ergash gap bosh gapdan qanday tinish belgisi yordamida ajratiladi?
A) tire B) nuqtali vergul C) vergul D) ikki nuqta
24. Kesimi fe’lning shart mayli shakli bilan ifodalangan ergash gaplar qanday ma’nolarni ifodalaydi?
A) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini
B) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik paytini
C) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik sababini hamda maqsadini D) A va B
25. Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga nima orqali bog’lanadi?
A) -ki yuklamasi orqali B) shart mayli qo’shimchasi orqali C) deb so’zi orqali D) ko’makchili qurilmalar orqali
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf
9-sinf «____» «_____________»
III CHORAK ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR
33-dars ERGASHGAN QO’SHMA GAPLARNING
SODDA GAP BILAN MA’NODOSHLIGI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
|