A) -ki yuklamasi orqali B) shart mayli qo’shimchasi orqali C) deb so’zi orqali D) ko’makchili qurilmalar orqali
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf
9-sinf «____» «_____________»
KO’CHIRMA GAPLI QO’SHMA GAPLAR
47-dars KO’CHIRMA GAPLI QO’SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan gaplarning qanday sodda gaplardan tashkil topganini ayting.
“Hali ko’nglingiz g’unchaday yosh, ota” – dedi Sayramov. (Oybek)
Bilib oling. So’zlovchi ba’zan o’z nutqida birovning gapini aynan keltiradi. Birovning aynan keltirilgan gapi ko’chirma gap, so’zlovchining gapi esa muallif gapi deyiladi. Muallif gapi va ko’chirma gapdan tashkil topgan qo’shma gapga ko’chirma gapli qo’shma gap deyiladi.
189-mashq Ko’chiring. Gaplar tarkibidagi muallif gapi va ko’chirma gaplarni ajrating. Tinish belgilarini izohlang.
Bir kuni Durroj tuzoqqa tushib qoldi. U ovchiga yalinib dedi: «Sen meni qo’yib yuborsang, barcha do’stlarimni aldab kelib, tuzog’ingga tushirib beraman». Ovchi bu gapdan achchiqlanib dedi: «Yo’q, ovora bo’lmay qo’yaqol, men seni qo’yib yubormayman. O’z joningni qutqarmoq uchun do’stlaringga xiyonat qilmoqchisan. Sofdil qushlardan ko’ra xiyonatkor do’stning o’lgani yaxshi».
190-mashq. Matnni o’qing, ko’chirma gaplarni aniqlang, ularning muallif gapidan farqini tushuntiring.
Bir kishi ulug’ bir hakimning ziyofatiga bordi. U behuda so’zlarni haddan ortiq ko’p gapirdi va so’z orasida: «Ko’p so’zladim. Endi so’zlashni bas qilay»,— dedi. Hakim unga e’tiroz bildirdi : «Yo’q, sen hali so’z so’zlaganing yo’q!» Dag’al tillar go’zal so’zlar bunyod etmas, To’ti hech vaqt qarg’a nutqin irod etmas. («To‘tinoma»)
191-mashq. Ko’chiring. Muallif gapi va ko’chirma gaplarni aniqlab, ularning joylashish o’rniga va qanday tinish belgisi ishlatilganligiga e’tibor bering.
Bolalar bog’ida hayajonli manzaraning guvohi bo’ldik: besh-olti yoshlar chamasidagi qizchaning onasi beriroqda turib chaqiribdi: «Muqaddas, tursang-chi, uyga ketamiz». Qizcha «Hozir, hozir», — deydi-yu, yerdan nimanidir shoshilib teradi. U terayotgan narsa non ushog’i ekan. «Muqaddas, bularni boshqa odam to’kib ketgan-ku!?»— dedi onasi. Qiz ajablanib qaradi: «Non yerga tushsa, uvol bo’ladi. Katta buvim aytganlar». (M. Ulug’ova)
191-mashq/2. Ko’chiring. Muallif gapi va ko’chirma gaplarni aniqlab, ularning joylashish o’rniga va qanday tinish belgisi ishlatilganligiga e’tibor bering.
Payg'ambardan (s.a.v.) bir kishi so'rabdi: "Ey Rasululloh, men kimni hurmat qilay?" "O'z onangni" — deb javob beribdi Payg'ambar (s.a.v.). U yana so'rabdi: "Onamdan boshqa yana kimni?" Payg'ambar (s.a.v.): "Onangni", — deb javob beribdi. Haligi kishi uchinchi marta so'raganida ham "Onangni" degan javob olibdi. U to'rtinchi marta o'z savolini qaytarganida, Payg'ambar (s.a.v.): "O'z otangni, so'ngra yaqinlaringni va qarindoshlaringni", — deb javob beribdi. (Hadis)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf
9-sinf «____» «_____________»
|