• ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
  • Zbek tili darsning maqsadi




    Download 219,22 Kb.
    bet58/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219,22 Kb.
    #15586
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
    BOG’LOVCHISIZ QO’SHMA GAPLAR

    43-44-dars QO’SHMA GAP TURLARINING MA’NODOSHLIGI

    Darsning maqsadi:

    a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)

    b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

    Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

    Foydalaniladigan adabiyotlar:

    «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.



    I. Darsning borishi:

    a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. O’tgan mavzuni so’rash.

    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

    b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu

    1-topshiriq. Berilgan gaplarning turlarini ayting. Ular qanday farqlanayotganini izohlang.



    Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi.

    Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi.

    Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi.

    2-topshiriq. Berilgan gaplarning turlarini ayting. Ular o’zaro qanday farqlanayotganini izohlang.

    1 . Yurt tinch — sen tinch.

    2. Yurt tinch(,) — shuning uchun sen tinch.

    3. Yurt tinch-u, sen tinch.
    Bilib oling. Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari bog’lovchisiz, bog’langan va ergash gapli qo’shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin. Shunga ko’ra ular bir-biriga ma’nodosh bo’la oladi.
    161-mashq. Ko’chiring. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni bog’langan va ergashgan qo’shma gapga aylantiring.

    1. Qor yog’di - don yog’di. (Maqol) 2. Sir ko’p olam qa’rida, Mo’jizaga kon olam. (Usmon Azim) 3. Ayrilganni ayiq yer, Bo’linganni bo’ri yer. (Maqol) 4. Yurgan daryo — o’tirgan bo’yra. (Maqol)

    N am u n a: Qor yog’di don yog’di Qor yog’di, go‘yo don yog’di — Qor yog’di-yu, don yog’di.
    162-mashq. Gaplarni o’qing, bog’lovchisiz qo’shma gaplarni bog’langan va ergashgan qo’shma gaplarga aylantiring.

    Ilmsiz iliksiz so’ngak kabi bo’shdir, iliksiz so’ngakka qo’l urilmaydi. Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik kishini tubanlashtiradi. Xalqning yetugi saxiy kishidir, saxiylik kishiga sharaf keltiradi. Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni kesib yondirgin. Og’iz va tilning bezagi to’g’ri so’zdir, to’g’ri so’z-la tilingni beza. (Ahmad Yugnakiy)

    Namuna: Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, shuning uchun mevasiz daraxtni kesib yondirgin.
    163-mashq. O’qing. Qo’shma gaplarni ko’chiring. Qo’shma gap turini aniqlang.

    Davlat poytaxtsiz bo’lmaydi, poytaxtsiz davlatni tasavvur qilish mumkin emas. Xalqimiz o’z tarixida ko’plab saltanatlar, hokimliklar, xonlik va amirliklar tuzgan, shuning uchun uning ko’plab poytaxtlari bo’Iishi tabiiydir.

    Toshkent o’tmishda Shosh davlatining, keyin Toshkent xonligining poytaxti bo’lgan. Toshkent sho’rolar davrida poytaxt emas edi, mustamlaka bir o’lkaning poytaxti edi. Poytaxt bo’lish uchun, avvalo, poytaxtlik maqomi kerak. Unda chet mamlakatlarning elchixonalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari bo’lishi lozim. («Vatan tuyg’usi)
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

    «Ona tili» 9-sinf

    9-sinf «____» «_____________»




    Download 219,22 Kb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




    Download 219,22 Kb.