• ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
  • Zbek tili darsning maqsadi




    Download 219,22 Kb.
    bet66/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219,22 Kb.
    #15586
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81
    Darsning maqsadi:

    a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)

    b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

    Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

    Foydalaniladigan adabiyotlar:

    «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.



    I. Darsning borishi:

    a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. O’tgan mavzuni so’rash.

    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

    b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu

    1-topshiriq. Matnni o’qing.

    O’zganing gapi ko’chirma gap orqali ham, o’zlashtirma gap orqali ham berilishi mumkin. Bunday vaqtda ko’chirma gap va o’zlashtirma gap ma’nodosh bo’ladi.

    Ko’chirma gap quyidagi shakliy o’zgarishlar yo’li bilan o’zlashtirma gapga aylantiriladi:

    a) darak gap shaklidagi ko’chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to’ldiruvchiga, egasi qaratuvchi aniqlovchiga aylantiriladi. Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so’zi aytdi so’zi bilan almashtiriladi. Muallif gapining egasi o’zlashtirma gap egasi bo’lib gap boshida keladi. Masalan, «Yoshlarimiz istiqboli porloq»,— dedi o’qituvchimiz — O’qituvchimiz yoshlarimiz istiqbolining porloqligini aytdi.

    b) so’roq, buyruq shaklidagi ko’chirma gaplar darak shakliga aylantiriladi. Masalan, «Salima qanday o‘qiyapti?» - deb so‘radi onasi. Onasi Salimaning qanday o’qiyotganligini so’radi.

    d) ko’chirma gap tarkibidagi undov, kirishlar tushirib qoldiriladi. Undalma chiqish kelishigidagi to’ldiruvchiga aylantiriladi.
    Bilib oling. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda, ko’chirma gapli qo’shma gap sodda gap shaklini oladi.

    210-mashq. Berilgan ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantiring. Qanday qilib o’zlashtirma gapga aylantirganingizni ayting.

    1. Donolar deydiki: «Vaqting ketdi-baxting ketdi». 2. Balli, Ra’no, — dedi Solih mahdum. (A. Qodiriy) 3. Seni ilgari ko’rmagan edim-ku, qayerliksan, — deb so’radi u. (Mirkarim Osim) 4. Keldik, — dedi Ochil kulib. (S. Barnoyev) 5. Olcha juda serob, avval tatib yenglar, keyin terasizlar, — dedi bir mo’ysafid. (Oybek)

    212-mashq. Matnni o’qing. Ko’chirma gaplarni aniqlab, ularni o’zlashtirma gaplarga aylantiring.

    Sinf bo’yicha faqat Xolmatda motorli velosiped bor. U bolalarni velosipedi yoniga yo’latmas, menga bo’lsa hammaga eshittirib: «Ilhom, bir kataysa qilib kelmaysanmi?» — derdi. Bilaman, vazifani mendan ko’chirayotgani uchun shunday qiladi.

    Bir kuni qiziq bo’ldi. Yozma ishimni u ko’chirayotganida Iskandar aka payqab qoldi:

    «Sen do’st emassan, — dedi Iskandar aka, — do’st o’rtog’ini yengilning ostidan, og’irning ustidan yurishga o’rgatmaydi».

    Tanaffusda Xolmatni bir chetga tortdim-da: — Bundan keyin o’qi. Endi daftar berish yo’q, — dedim. (A. Ko’chimov)

    213-mashq. Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantiring va ular o’rtasidagi farqlarni ayting.

    1. Qadimgilar demishki: «O’z uyim — o’lan to’shagim».

    2. «Kamgaplik, — deydi H. Olimjon, — donolik yo’lining boshlanishi».

    3. Behbudiy: Maktab dunyo imoratlarning eng muqaddasi va qadrlisidir, — deb yozadi. 4. «So’z qolip, fikr uning ichiga quyilgan g’isht», — deb yozadi A. Qodiriy. 5. «Or-nomus uchun kurash bolalikdan boshlanadi», — deydi Tog’ay Murod.



    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
    «Ona tili» 9-sinf

    9-sinf «____» «_____________»




    Download 219,22 Kb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81




    Download 219,22 Kb.