• ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
  • Zbek tili darsning maqsadi




    Download 219,22 Kb.
    bet65/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219,22 Kb.
    #15586
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
    KO’CHIRMA GAPLI QO’SHMA GAPLAR

    52-dars TAKRORLASH

    Darsning maqsadi:

    a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)

    b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

    Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

    Foydalaniladigan adabiyotlar:

    «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.



    I. Darsning borishi:

    a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. O’tgan mavzuni so’rash.

    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

    b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu

    1-topshiriq. Matnni o’qing.

    Nutq jarayonida so’zlovchi o’zi bevosita kuzatgan, bilgan voqea va hodisalar haqida axborot beribgina qolmasdan, o’zgalardan eshitgan voqea-hodisalarni ham bayon qiladi. Ko’pincha so’zlovchi nutq jarayonida o’z fikrini dalillash uchun buyuk shaxslarning gaplarini aynan keltiradi. Yoki ma’lum shaxs xarakterini ochish uchun shu shaxs bayon qilgan gaplardan foydalanadi. Bunday gaplar o’zganing gapi sanaladi.

    Ba’zan o’zganing gapi aynan keltirilsa, ba’zan u so’zlovchi tomonidan shaklan qayta tuzilib, o’zining gapi shaklida beriladi. O’zganing gapidan ikki xil yo’l bilan foydalaniladi: 1) o’zganing gapi hech o’zgarishsiz nutqqa tayyor holda olib kiriladi; 2) o’zga gapning mazmuni saqlangan, ammo shakli o’zgartirilgan holda nutqqa olib kiriladi. Ularning birinchisi ko’chirma, ikkinchisi o’zlashtirma gap sanaladi.



    Bilib oling. O’zganing gapi hech o’zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gap ko’chirma gap, mazmuni saqlanib, shakli o’zgartirilgan gap o’zlashtirma gap hisoblanadi.

    205-mashq. O’qing. Avval ko’chirma gapli qo’shma gaplarni, so’ng o’zlashtirma gaplarni ko’chiring.

    1. O. Hojiyeva xalqni og’ir sinovlar, mashaqqatlar, ulug’ o’zgarishlar jipslashtirishini, uning kuch-qudratini imtihon qilishini yozadi. 2. Amakim bizga uqtirdi: «Bir-biringiz bilan ahil bo’linglar!». 3. G’afur G’ulom Erkin Vohidovning mudragan aruzni uyg’otib yuborganini, uni arab, fors so’zlaridan tozalab, sof o’zbek g’azalini yaratayotganini gapirdi. 4. Abdulla Qahhor jilmayib: «Odamzot hasad qilmasligi kerak. Havas qilishi kerak. Havas qilgan odam murodiga yetadi», — dedi.

    207-mashq. O’qing. Ko’chirma va o’zlashtirma gaplarni aniqlab, alohida-alohida ko’chiring. Tegishli tinish belgilarini qo’ying.

    Uyimiz yaqinidagi jiydazorda mol boqardik. Kunlardan birida chakalakzor ichidan temir qoziq topib oldim. O’sha kuni echkimning arqoniga temir qoziq bog’lab, uyga keldim. Dadam ovqatdan keyin qoziqni ko’rib qoldi.

    — Kimniki?

    — Topib oldim, — dedim.

    — Qayerdan?

    — Jiydazordan.

    — Hozir joyiga oborib qo’y. Qayerdan olgan bo’lsang, o’sha yerga olib borasan...

    Qoziqni o’sha o’zim topgan joyga tashlab kelguncha o’takam yorilay dedi.

    — Shunaqa bo’ladi, — dedi dadam. — Ikkinchi birovning narsasini olmaydigan bo’lasan. O’sha odam qoziqni qidirib yurgan bo’lsa, ertaga sening qo’lingda ko’rib tanib qolsa, nima degan odam bo’lamiz. (O’ Hoshimov)

    209-mashq. Uyga vazifa. Nuqtalar o’rniga ko’chirma gaplar qo’ying. Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gapga aylantiring.

    1. Do’stim dedi: “… .” 2. Sinfdoshim mendan so’radi: “… ?” 3. O’qituvchimiz: “…”, -dedi. 4. Maktab deriktori o’quvchilarga qarata dedi: “… !”.


    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

    «Ona tili» 9-sinf

    9-sinf «____» «_____________»

    IV CHORAK KO’CHIRMA GAPLI QO’SHMA GAPLAR



    53-dars KO’CHIRMA GAPLARNI O’ZLASHTIRMA

    GAPGA AYLANTIRISH


    Download 219,22 Kb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




    Download 219,22 Kb.