Zbek tili darsning maqsadi




Download 219,22 Kb.
bet68/81
Sana22.07.2021
Hajmi219,22 Kb.
#15586
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

1-topshiriq. Matnni o’qing.

Abdulla Qahhorning «Notiq» hikoyasida notiq o’z uyida turmush o’rtog’iga «O’rtoq xotin» deb murojaat qiladi. Bu bilan personajning xarakteri ochiladi va o’quvchi kulgisini qo’zg’atadi. Buning sababi shundaki, ma’lum nutqiy vaziyat uchun xoslangan uslub boshqa nutqiy vaziyatda qo’llangan.

Ko’rinadiki, ona tilimizning imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish uchun uning so’z boyligi-yu, grammatik qonun-qoidalarini bilishgina kifoya qilmaydi. Buning uchun adabiy tilimizdan ma’lum nutqiy vaziyatga muvofîq ravishda foydalana olish ko’nikmasiga ham ega bo’lish lozim.


Bilib oling. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko’rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So’zlar ham ma’lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko’ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so’zlarga bo’linadi.

Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo’llanadigan so’zlar uslubiy xoslangan so’zlar, bunday xususiyatga ega bo’lmagan so’zlar esa uslubiy betaraf so’zlar sanaladi.

O’zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud: 1) so’zlashuv uslubi; 2) publitsistik uslub; 3) ilmiy uslub; 4) rasmiy uslub; 5) badiiy uslub. Bulardan birinchisi og’zaki; qolganlari yozma nutqqa xosdir.

Nutq uslublarini o’rganuvchi tilshunoslik sohasiga uslubshunoslik deyiladi.


217-mashq. O’qing. Matnning qaysi uslubga mansubligini ayting va uslubiy xoslangan so’zlarni aniqlang.

Moddalar tarkibining doimiyligi qonuni kimyoning asosiy qonunlaridan biridir. Bunga muvofiq, har qanday toza modda, olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo’ladi. Masalan, karbonat angidrid ko’p xil usullar bilan sintez qilinishi mumkin: l)uglerod; 2) karbonatlarga kislotalar ta’sir ettirish orqali va boshqalar. («Kimyo» darsligidan)


218-mashq Matnni o’qing, uning qaysi uslubda yozilganini aniqlang.

Arabnavis olimlardan Istaxriy, Ibn Havqal, al-Muhaddasiy va boshqalar Shosh viloyati haqida yozganda uning markazi Binkat shahri deb ko’rsatganlar. Binkat hozirgi Xadra, Eski Jo’va va Chorsu oralig’ida bo’lgan. Binkat nomi forscha-tojikcha bin(- )"ko’rinish, ko’zga tashlanish", kat so’g’dcha "shahar, qishloq, manzil" degan ma’nolarni bildirgan.

Abu Rayhon Beruniyning «Qonuni Ma’sudiy» asarida: «Binkat -bu Shoshning poytaxti, turkiy tilda Toshkand, yunonchadan arabchaga tarjima qilsak, Burj al-hijora «tosh minora» bo’ladi", – deb yozilgan. Beruniyning so’zlarini boshqa olimlar ham tasdiqlaydi. Masalan, buyuk tilshunos Mahmud Koshg’ariy o’zining «Devonu lug’otit-turk» asarida: «Tashkan — Shoshning nomi, uning asli nomi Toshkand bo’lib, «toshdan qurilgan shahar demakdir»,- deb yozgan. Demak, poytaxtimiz nomining Toshkent shakli ilk bor Beruniy asarlarida uchraydi. (S. Qorayev)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

«Ona tili» 9-sinf

9-sinf «____» «_____________»

KO’CHIRMA GAPLI QO’SHMA GAPLAR

55-56-dars 7-NAZORAT ISHI TEST SINOVI


Download 219,22 Kb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




Download 219,22 Kb.