• ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
  • Zbek tili darsning maqsadi




    Download 219,22 Kb.
    bet69/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219,22 Kb.
    #15586
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
    TEST SINOVI

    Darsning maqsadi:

    a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)

    b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

    Dars jihozi: TEST BANKI

    Foydalaniladigan adabiyotlar: TEST BANKI

    I. Darsning borishi:

    a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. Darsning rejasi:

    a) Test tarqatish

    b) Test mavzulari yuzasidan suhbat

    c) Test yozdirish

    III. TESTLARDAN NAMUNALAR

    1. Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim?



    A) Jamoa xo’jaligi xalq mulki B) O’g’limdan umidim ko’p C) Hammayoq top-toza, yovvoyi o’tlar yo’q

    D) Qo’shnilarim ham halol odamlar

    2. Nomustaqil kesim ...? A) Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar B) Bog’lamli va bog’lamsiz kesimlar

    C) Istak gaplarning kesimlari D) Shart mayli shaklidagi kesimlar

    3. Shart mayli shaklidagi mustaqil kesim qatnashgan gapni belgilang. A) Mehnat qilsang, baxting ochiladi B) Tuyog’iga ursang, shoxi zirqiraydi C) Havo bulut bo’lsa ham, yomg’ir yog’madi

    D) Toshkentga borsam, Mustaqillik maydonini ko’rsam.

    4. Murakkab kesimning ibora bilan ifodalanganini toping.

    A) Dadam qo’li ochiq odam edilar B) Respublikamizning eng nufuzli bilim dargohi O’zbekiston Milliy universitetidir. C) Komil insonlardagi oliyjanob baxt – o’tmishni unutmaslik

    D) Rustam kechagi ish uchun ayibini bo’yniga olgan emish

    5. Murakkab kesimning birikma bilan ifodalanganini toping.

    A) O’jarligi shu darajadaki, men bog’dan kelsam, u tog’dan keladi B) Do’stim bu borada yulduzni bevarvon uradiganlardan C) Shu kunlarda onamning ko’ngliga qil sig’maydi D) Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad – milliy o’zligimizni chuqurroq anglash

    6. Kesimlik so’zi bilan qo’llangan murakkab ot kesim qatnashgan gapni toping.

    A) Orzuga yetish uchun kurashish shart

    B) Mustaqillikka erishgach, yurtimiz obod bo’ldi

    C) Vazifamiz – a’lo o’qish

    D) Qo’lingdan kelsa yaxshilik qil.

    7. Ega va kesim o’rtasiga tire qo’yilishi kerak bo’lgan qatorni belgilang.

    A) U birdaniga to’nini teskari kiyib oldi B) Urush quyon ovi emas

    C) Qizilqum sahrosi bepoyon D) Bizning sinfimiz sakkizinchi

    8. Hol qanday so’z turkumlari bilan ifodalanadi?

    A) Ravish so’zlar bilan, kelishik shaklidagi va ko’makchili otlar bilan

    B) sifat, son, taqlid va undovlar bilan C) Fe’lning xoslangan shakllari bilan D) A, B va C

    9. Holning qaysi turi -lik, -sizlik qo’shimchalarini olgan otlar, -gani qo’shimchali sifatdoshlar va sababli, uchun ko’makchi qurilmalar bilan ifodalanadi?

    A) Maqsad holi B) Payt holi C) Sabab holi D) Ravish holi

    10. Marta so’zi qamashgan birikmalar holning qaysi turini hosil qiladi?

    A) Maqsad holi B) Payt holi C) Daraja-miqdor D) Ravish holi



    11. Holning qaysi turi boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, makon-zamon kelishiklaridagi so’zlar yoki ko’makchili otlar bilan ifodalanadi?

    A) O’rin holi B) Payt holi C) Sabab holi D) Ravish holi

    12. Holning qaysi turi bitishuv yo’li bilan bog’lanib, ravish, fe’l va ko’makchili otlar bilan ifodalanadi?

    A) O’rin holi B) Payt holi C) Sabab holi D) Ravish holi

    13. Hol vazifasida kelgan son qaysi qatorda qo’llangan?

    A) Butun bir ro’zg’orni ko’targan tuyaga bitta elak og’irlik qilgan ekan.



    B) Domlalar ham bitta-bitta tarqala boshladi. C) Ikkinchisi Ahmadjonning boshini yalab o’tdi

    D) Sizdan o’tinib so’rayman; bu gapingizni aytmang.

    14. Nodonga yuz aytsang ham, befoyda.

    Bu gapda hol qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan?

    A) sifat bilan B) son bilan C) ravish bilan D) ot bilan

    15. Kengaygan birikma bilan ifodalangan murakkab hol qatnashgan gapni toping.



    A) Sharifa bilan Nasiba arazlashganda Durdona ularni yarashtirib qo’ydi.

    B) Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi C) Shodmonbek zarbdan ko’zi tinib hushdan ketdi

    D) Tevarakda gala-gala chumchuqlar to’xtovsiz chirqillashadi.

    16. Holning qaysi turi ravish, fe’l, ko’makchi otlar bilan ifodalanib, o’zi izohlayotgan bo’lakka bitishuv yo’li bilan bog’lanadi?

    A) payt holi B) ravish holi C) daraja-miqdor holi D) o’rin holi

    17. Sabab holi qatnashgan gapni toping.

    A) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqib ketishdi. B) Bir chimdim uxlash uchun ko’zini yumadi.

    C) Tarlon shodligidan To’xtomadi yig’idan D) Qoratoy do’stining dov-daragini surishtirish uchun yelib yugurdi

    18. Guruchni qopi bilan olishdi.

    Bu gapda holning qaysi turi qatnashgan?

    A) vaziyat holi B) daraja-miqdor holi

    C) maqsad holi D) payt holi

    19. Ikkinchi darajali bo’laklarning qaysi o’zi izohlayotgan bo’lakka asosan boshqaruv yo’li bilan bog’lanadi?



    A) To’ldiruvchi B) Aniqlovchi C) Hol D) Hammasi boshqaruvchi yo’li bilan bog’lanadi.

    20. So’z-gaplarning belgisi noto’g’ri berilgan javobni toping.

    A) bir so’zdan iborat bo’ladi B) boshqa so’zlar bilan kengayish deyarli yo’q C) faqat dialogik nutqda uchraydi

    D) matn bilan bog’liq bo’ladi

    21. So’z-gap berilmagan javobni toping.

    A) Yo’lchi eshikchani ochib kirdi: - Assalomu alaykum, hormang, ota! B) Sog’ligingiz yaxshimi?

    - Rahmat. Tuzukman. C) Darsni tinglamay nimani o’ylayotgan eding? – Xokkeyni. D) Barchasi javoblarda so’z-gaplar mavjud

    22. Kengaygan atov gaplar tarkibida qanday birliklar bo’lishi mumkin?

    A) sodda aniqlovchilar B) murakkab aniqlovchilar C) kengaygan harakat nomi birikmalari D) barchasi to’g’ri

    22. Yoyiq so’z-gapni toping. A) – Meni kechiring, - dedi Akram ovozi titrab …B) Yangi shahar ko’chalari. Ilk bahor shabadasi yoqimli esadi. C) Kunduz soat to’rtlar chamasi. D) Yoyiq so’z-gaplar berilmagan.

    23. Tahlilda kiritmalar va undalmalar tagiga qanday chiziq chiziladi?

    A) kiritma tagiga to’g’ri va to’lqinli chiziq, undalmaga to’lqinli chiziq

    B) kiritma tagiga to’lqinli chiziq, undalmaga to’g’ri va to’lqinli chiziq

    C) kiritma tagiga ikki to’g’ri chiziq, undamaga chizilmaydi.



    D) kiritma va undalma uchun shartli belgilar qabul qilinmagan, ular so’z bilan izohlanadi.

    24. Hol quyidagilardan qaysilari bilan ifodalanishi mumkin?



    1) ravish so’zlar 2) barcha kelishik shaklidagi va ko’makchili otlar bilan 3) sifat 4) son 5) sof fe’l 6) taqlid so’zlar 7) modal so’z 8) ravishdosh 9) sifatdosh 10) harakat nomi


    Download 219,22 Kb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




    Download 219,22 Kb.