SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1756
TA’LIM JARAYONIDA TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISHDA MyTestX
DASTURIDA TUZILGAN TESTLARDAN FOYDALANISH
Shirinov Olimjon
Hamidova Sarvinoz
Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya ta‟lim yo‟nalishi talabalari
Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), dots. D.I.Kamalova
https://doi.org/10.5281/zenodo.7439936
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim jarayonida talabalar bilimini nazorat qilishda
MyTestX dasturida tuzilgan testlardan foydalanish haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: dastur, elektr va magnetizm, MyTestX dasturi, texnik talablar, test, test
turlari.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТЕСТОВ, СОЗДАННЫХ В ПРОГРАММЕ MyTestX, ДЛЯ
КОНТРОЛЯ ЗНАНИЙ УЧАЩИХСЯ В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ
Аннотация. В данной статье представлена информация об использовании
тестов, созданных в программе MyTestX, для контроля знаний учащихся в учебном
процессе.
Ключевые слова: программа, электричество и магнетизм, программа MyTestX,
технические требования, испытание, виды испытаний.
USING TESTS CREATED IN THE MyTestX PROGRAM TO CONTROL STUDENTS'
KNOWLEDGE IN THE LEARNING PROCESS
Abstract. This article provides information on using tests created in the MyTestX
program to control students' knowledge in the educational process.
Keywords: program, electricity and magnetism, MyTestX program, technical
requirements, test, types of tests.
Talabalarning bilimi, malaka va ko'nikmalarini nazorat qilish, ularning bilimini
o'stirishga va predmetni samarali o'qitishni boshqarish quroli bo‟lib hisoblanadi.
Nazoratni
kompleks tarzda qo'llanilishi o„quv-tarbiyaviy jarayonning sifatini oshirishga olib keladi.
Nazoratning quyidagi funksiyalari mavjud:
1. O„qitish – amalga oshirilayotgan teskari bog'lanish tufayli talaba bilan o'qituvchiga
bilim, malaka va ko„nikmalarning darajasini, ularda mustaqillikni va o'zlashtirishda faollikni
shakllantirib, o'quv jarayoniga sezilarli ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
2. Nazorat – talabalarning o'quv faoliyatini jadallashtirishga va natijasini kuzatib borishga
imkon beradi.
3. Rivojlantirish – talabalarning muvaffaqiyatli o'qishini, ularga tasdiqlashni, asoslashni,
hodisadagi bog'lanishlarni topishni va qonunlarni amalda qo'llashni bilishini talab qiluvchi
savollar orqali nazorat qilinadi.
4. Tashkillashtirish – talabalarning hayot tarzini yetarli darajada tashkil qilishga erishish
va o'quv qurollari bilan muntazam ishlashini amalga oshirish bilan
ularda mustaqillikni va
mas‟uliyatni shakllantirish.
5. Tarbiyalash – talabalami qat‟iylikka, erkinlikka, qo'yilgan maqsadga erinmasdan
yetishishga taalluqli sifatlarni tarbiyalashga ma‟naviy ta'sir etishni qo'llash.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda mavzuni mustahkamlash, yoki ma‟lum bir boblar
bo‟yicha talabalar bilimini nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday nazoratni tashkil
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1757
qilish uchun MyTestX dasturida tuzilgan “Interfaol test” lardan foydalanish
talabalar bilimini
nazorat qilishning samarali usuli hisoblanadi. MyTestX dasturida yaratilgan testlardan ta‟lim
jarayonida foydalanish bir qancha qulayliklarga ega. MyTestX dasturi yordamida testlarni
nazorat turlarining barchasida va xohlagan ta'lim muassasalaridan foydalanish mumkin.
-
MyTest X dasturi kompyuter orqali o„tkaziladigan testlarni tahlil qilishi va natijalarni
e'lon qilish imkoniyatiga ega.
-
Dasturdan foydalanish sodda va oson bo„lib, informatika o„qituvchisi bo„lmagan
o„qituvchilar ham foydalanish imkoniyatiga ega.
-
MyTest X dastri 9 xildagi nazorat testlarining tiplari bilan ishlash
imkoniyati
mavjud.
-
Dastur uch moduldan iborat: MyTestStudent, MyTestEditor, MyTestServer
.
-
Dasturda savol va javob matn shakllarini o„zgartirishning ko„plab imkoniyati
mavjud.
-
MyTest X dasturida baholashning ixtiyoriy turini tanlash mumkin.
-
Dasturda natijalarni markazlashgan holda barcha kompyuterdan yig„ilgan ko‟rinishda
tahlil ishlarini olib borish.
-
Har bir testga vaqtlar qo‟yish imkoni bor.
Umuman olganda, MyTestX dasturidan foydalanish va ularni o„quv jarayoniga tadbiq
etish o„qituvchidan ko‟p vaqt talab qilmaydigan test dasturlaridan biridir.
Mazkur metoddan ko‟zlangan maqsad bu mavzuni o‟rganish samaradorligini oshirishdan
iboratdir.
Shuningdek, bu testning yana bir qulayligi shundaki, bunda o‟quvchilar test
topshiriqlarini bajarib bo‟lishlari bilan to‟g‟ri va noto‟g‟ri javoblari sonini hamda test bo‟yicha
olgan baholarini ekranda ko‟radilar. MyTestX dasturida test tuzish uchun MyTestEditor
ga kiriladi. Ochilgan oynadan Задание → Добавить
tugmalarini bosish orqali 9 xil turdagi testlarni yaratish mumkin (1-rasm).