Zbek tili darsning maqsadi




Download 219,22 Kb.
bet77/81
Sana22.07.2021
Hajmi219,22 Kb.
#15586
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
TASVIRIY - INSHO

Bunday insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos belgilar, ularning boshqalaridan farqlari ko’rsatiladi, taqqoslanadi. Emotsionallikni(Ta'sirchanlikni) hosil qilish uchun kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, o’xshatishlar, sifatlashlar ishlatiladi. Shuningdek, unda oddiy tasvir elementlaridan ham unumli foydalaniladi.

Shaxslar va manzaralar ko’z oldiga keltirilib, ularning timsollari gavdalantiriladi. Tasviriy(-) insholar o’quvchilarning fikrini o’stiradi ulardagi kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi. (B. Turdiyev)
251-mashq. Matnni o’qing. Siz ham «Mening Vatanim» mavzusida insho yozish haqida o’ylab ko’ring.

Adabiyot o’qituvchimiz Mahmud Ilhomov doskaga bir necha mavzuni yozib qo’ydilar. Oxirgisi erkin mavzudagi insho ekan: «Mening Vatanim». Menga shu mavzu yoqdi.

«Mening Vatanim» deb sarlavha qo’ydim. Ancha vaqtgacha inshoni nimadan boshlash kerakligini bilmay o’tirdim. Mahmud Ilhomovich qiynalib o’tirganimni sezdi, shekilli, partalar orasidan asta-asta yurib, mening yonimga kelib to’xtadilar. Daftarimga qaradilar. Hech narsa yozilmagan.

— Boshlab olish shunaqa qiyin bo’ladi, -dedilar o’qituvchimiz.-Vatan haqida o’qiganlaringni bir eslab ko’rgin. Kecha yod aytib bergan she’ringdan boshlasang ham bo’ladi.



E. Vohidovning «O’zbegim» she’rini yod aytib bergan edim.

She’rning birinchi satirini sarlavhadan keyin epigraf qilib yozdim. Shundan keyin fikr quyilib kelaverdi...

(N.Umarov)
252-mashq. Uch guruhga bo’lining. Quyidagi mavzular bo’yicha reja tuzing va insho yozishga tayyorlaning.

Hunar — zar, hunardan rizqing unar.

Ilm baxt keltiradi.

O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat.


254-mashq. Matnni o’qing. «Ilm - insoniyat gavhari» mavzusi uchun epigraf tanlang.

Epigraf tanlangan mavzuga qarab har tomonlama mos keluvchi, unga ohangdosh tarzda jaranglovchi hikmatli so’z, taniqli shaxslarning so’zlari, maqol yoki matallardan iborat muqaddima so’z sanaladi.

Epigraf ixtiyoriy bo’lib, mavzuga g’oyaviy jihatdan to’la-to’kis mos kelishi lozim. Unda aniqlik va qisqalik, lo’ndalik bo’ladi. Epigraf rejadan so’ng asosiy matn tepasiga, o’ng tarafga qo’yiladi.

1. Insho deb nimaga aytiladi? 2. Insho turlari haqida so’zlang. 3. Inshoga qanday reja tuziladi?


255-mashq. Matnni o’qing, undan olgan taassurotlaringiz asosida «Ona qishlog’im» (shahrim) mavzusida insho yozish uchun reja tuzing, materiallar to’plang.

Ona qishloq! Sen naqadar kichik va ko’rimsiz bo’lmagin, biz uchun dunyoda eng katta va chiroyli maskansan doim! Sen biz uchun dunyoning o’zisan! Vatan deb faxrlanganimizda, biz, avvalo, poyonsiz dalalaringni, olamdagi bor go’zallikni o’z bag’rida yashirib turgan yam-yashil bog’-rog’laringni, anhorlaringda sharaqlab oqqan suvlaringni, subhidamdan bo’stonlaringda muhabbatdan roz aytib, navo bazmini boshlagan bulbullaringni o’ylaymiz. Biz qishloq suvini ichib, qishloqning arpa, zog’ora nonini yeb aqlini tanigan odamlarga Vatan sendan, sening dalangdagi egatdan boshlanadi. Taqdir toshi bizni sendan naqadar yiroqlarga irg’itib tashlamasin, biz qanchalik rohat-farog’atda yashamaylik, o’sha noningning ta’mi og’zimizda turaveradi, qalbimiz to’riga alal-abad jo bo’lgan mehring bilan birlashib, bizni sen tomon undayveradi... Shu boisdan yutuqlarimizni sen bilan o’rtoqlashish, dard-hasratimizni senga aytib, ko’nglimizni bo’shatish uchun doim bag’ringga oshiqamiz... (Turg’un Po’lat)


256-mashq. Tohir Malikning «Alvido, bolalik...» qissasidan olingan parchani o’qing. Uning mazmuni haqida suhbatlashing, so’ng shu mavzuda insho yozishga tayyorgarlik ko’ring.

Adabiyot o’qituvchisi jurnalni stol ustiga qo’ydi-da, dumaloq ko’zoynagini burni uchiga qo’ndirib, sinfga razm soldi.

— Demak, gap bunday: o’ttizinchi yillar adabiyotini o’rganishni kechiktiramiz. ...Topshiriq bo’ldi, bugun siz bizga «Baxtli bolalik» degan mavzuda erkin insho yozib berasiz.

— Hamma yozadimi?

— Bu nima deganlari bo’ldi, Zoirali bo’tam, sizga alohida taklif lozimmi(,) yo?

— Inshoni erkin deyapsiz-ku?

— Nomi shunaqa, bo’tam. Qani, qog’oz olib, ish boshlanglar, vaqt ketmasin.

Samad aka, biz bolalikdan o’tdik-ku, nimasini yozamiz?

— Hali o’tib bo’lganingiz yo’q, Zoirali bo’tam, endi o’tyapsiz. Qilayotgan ishingizga o’zingiz to’g’ri baho bera olgan oningizdan boshlab bolaligingiz bilan vidolashasiz. Bolalik qaytmas bo’lib ketadi. Bolalik sizning xotirangizga ko’chadi. Vaqti kelib bu xotira vijdon azobiga soladi, nimalarnidir qo’msashga majbur qiladi. Xullas, sizni har ko’yga soladi. U bilan vidolashishga oshiqmang. Bolalik - hayotning asl pallasi, undan ko’proq bahramand bo’lishga intiling...
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

«Ona tili» 9-sinf

9-sinf «____» «_____________»


Download 219,22 Kb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Download 219,22 Kb.