Zbek tili darsning maqsadi




Download 219.22 Kb.
bet79/81
Sana22.07.2021
Hajmi219.22 Kb.
#15586
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
O’TILGANLARNI TAKRORLASH

66-dars QO’SHMA GAPLAR BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

257-mashq. O’qing. Gaplarni sodda va qo’shma gaplarga ajratib yozing, ularni nima asosda ajratganingizni ayting.

Odamning boshqa jonzotlardan farqi nimada? Odamda xotira bor, arvoh xotiri qilib, o’tganlarni eslab turadi. Odamda farosat bor, tez va to’g’ri fahmlab oladi. Odamda tasavvur bor, xayoliga nimaningdir yoki kimningdir suratini keltira oladi.

Odam harom bilan halolning farqiga bora oladi. Masalan toza bilan pok tushunchalari o’rtasida katta farq bor. Ko’rinishdan toza ko’ringan narsa pok bo’lmasligi, aslida pok narsa top-toza ko’rinmasligi mumkin. Buni anglay olish uchun odamda mantiq qudrati bor. Odam iffatni qadrlaydi, bu butun odamzodga xos fazilatdir. («Vatan tuyg’usi»)


258-mashq. O’qing. Qo’shma gaplarni aniqlang. Ularni turlarga bo’lib ko’chiring.

Agar kunlar kelib, Abdulla Qahhor haqida xotira yozishimni bilganimda, uning hamma gaplarini oq qog’ozga sadafday tizib olmasmidim?! U kishining har gapidan davra bir tebranishga kelardi, ancha vaqtgacha bu suhbatlar ta’siridan chiqolmay yurardik.

O’tgan damlarni eslab turib, bir narsadan g’oyat afsuslandim. Insonning irodasi eskirmas ekan-u, ammo xotira charchab qolarkan. Mana, oltmishga kirsam ham, hanuz el-yurt yumushidaman. Ammo ne-ne nodir insonlarning g’aroyib suhbatlari xayolimdan bir muncha ko’tarilibdi. (T. Karimova)

260-mashq. Matnni ko’chiring, qo’shma gaplarni izohlang.

...Qiblagohim o’rmon kesib yurib, qish chillasida o’rmon ichida yolg’iz o’zi qolib ketibdi. Qor degani odamning tizzasidan kelar, sovuq esa yuz-qo’lni chaqib olar ekan. Qorni och, yegani hech vaqo yo’q ekan. Bechora o’rmon chetini izlab o’zini har yoqqa uribdi va holdan toyib yiqilib qolibdi. Shu payt ko’ksiga beozor botib turgan narsa - tuproqli tumori yodiga tushibdi. Uvishib qolgan qo’lini bir amallab qo’yniga tiqib, tumorini olibdi. Tana taftidan issiq holga kelgan tuproqdan bir chimdim olib, og’ziga tashlabdi. Tuproqni qancha chaynasa ham, u hech g’ichirlamabdi. Shunaqa mazali tuyulibdiki, go’yo endigina tandirdan uzilgan nonning ta’mi kelar ekan. Chaynagani sari tanasiga issiqlik yugurib, o’zida quvvat sezibdi... Odamlar yashaydigan yerga yetib, omon qolibdi. Shunda ona tuproqning mo’jizasiga qoyil qolibdi. (Nabi Jaloliddin)


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf

9-sinf «____» «_____________»





Download 219.22 Kb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Download 219.22 Kb.