Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Matnni o’qib, qanday nutq uslubiga mansubligini ayting.
Buxoro shahar 1-maktab direktori N.Jalolovga 9-sinf o’quvchisi Karim Salimovdan
TUSHUNTIRISH XATI
Men onamning qattiq betobligi tufayli o’n kun davomida darslarga kela olmadim. Qoldirgan darslarimni o’zlashtirib olishga va’da beraman. Ilova: Onamning kasalligi haqidagi ma’lumotnoma.(si)
(imzo) K.Salimov
(Tushuntirish xati yozilgan kun(sana))
Bilib oling. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo’lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo’lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi.
Bu uslub davlat arboblari o’rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog’ozi singari ish yuritish qog’ozlarida qo’llaniladi.
242-mashq. Matnni o’qing. Mazmunini so’zlab bering.
Ish yuritish hujjatlari qo’llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi: l.Tashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo’riqnoma, nizom, shartnoma va boshqalar). 2. Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko’rsatma, farmoyish).
3. Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimai hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va boshqalar). 4.Xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar),
Ish yuritish hujjatlarining har bir turi o’ziga xos nutqiy qoliplarga ega. Masalan, xizmat yozishmalarida quyidagi qoliplar ko’proq uchraydi:
1) «Sizga ...ni ma’lum qilaman(miz)»
bildiraman(miz)
eslataman(miz)
2) ...ga rozilik bildiradi
kafolat beradi
qarshi emas yoki farmoyish hujjatlarda gap kesimlari «... tayinlansin», «topshirilsin» kabi majhul nisbat, III shaxs, buyruq maylidagi fe’llar orqali ifodalanadi.
243-mashq. Ko’chiring. O’ziga xos uslubiy belgilarning ostiga chizing.
Samarqand shahar 10-maktab
direktori K.Komilovga
9-sinf o’quvchisi H.Akbarovdan
ARIZA
Meni ingliz tili chuqurlashtirilib o’qitiladigan 9-«a» sinfida o’tkazishingizni so’rayman.
muddat imzo H.Akbarov
244-mashq. Ko’chiring. Matnning o’ziga xos uslubiy belgilarini aniqlang.
№ 100 200__yil, 30-aprel
MA’LUMOTNOMA
Hakim Salimovich Olimov haqiqatan ham Xiva tumanidagi 4-maktabning 9-sinfida o’qiydi.
Ma’lumotnoma so’ralgan joyga ko’rsatish uchun berildi.
Maktab direktori: imzo S. Hoshimov
245-mashq. Do’stingizga xat yozing. Uning o’ziga xos uslubiy belgilarini (masalan, ariza, buyruq uslubidan farqi) ayting.
246-mashq. Namuna asosida sinf o’quvchilari yig’ilishining Bayonnomasini yozing.
Oqqo’rg’on tumanidagi 1-o’rta maktab
9-sinf o’quvchilari yig’ilishining bayonnomasi
2006 -yil, 10- may Oqqo’rg’on qishlog’i
Qatnashdilar:
Sinf rahbari: N. Toshmatov va sinf o’quvchilari, Kun tartibi: 1. Sinf davomati tog’risida.
Eshitildi: Birinchi masala yuzasidan N. Toshmatov so’zladi. U o’z so’zida sinf o’quvchilari tomonidan IV chorakda qoldirilgan darslar haqida gapirdi. M. Abdullayev, S. Shokirovlarning bir necha kun darsga kelmaganini ta’kidladi. Buning sinf davomatiga salbiy ta’sir qilishini aytib o’tdi. O’quvchilarni sababsiz dars qoldirmaslikka chaqirdi.
So’zga chiqdilar:
I.X. Usmonova (9-sinf o’quvchisi): Men hukumatimiz tomonidan maktablarga katta e’tibor berilayotganini, bir-biridan chiroyli, hashamatli maktablar qurilayotganini ta’kidlamoqchiman. Misol uchun bizning maktabimiz ham yaqinda ta’mirdan chiqdi. Davlatimiz biz yoshlarga umid ko’zi bilan qarab turibdi. Biz unga javoban yaxshi o’qishimiz, darslarni o’z vaqtida o’zlashtirishimiz kerak.
Q. Qo’chqorova (9-sinf o’quvchisi): — Men ham sinfimizda intizomning bir oz susayganini aytib o’tmoqchiman. Bunga hammamiz aybdormiz. Kelajak yoshlarniki. Bas, shunday ekan, biz darslarga qatnashib bilim olaylik. Zero, ilmsiz hech narsaga erishib bo’lmaydi.
Yig’ilish qaror qiladi:
Sinf davomatini yaxshilash uchun zaruriy chora — tadbirlar ishlab chiqilsin.
Ko’p dars qoldirgan M. Abdullayev va S. Shokirovlar ogohlantirilsin.
Majlis raisi: (imzo) N. Toshmatov
Kotiba: (imzo) K.Salimova
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf
9-sinf «____» «_____________»
|