Zbek tili darsning maqsadi




Download 219,22 Kb.
bet80/81
Sana22.07.2021
Hajmi219,22 Kb.
#15586
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
O’TILGANLARNI TAKRORLASH

67-dars KO’CHIRMA VA O’ZLASHTIRMA GAPLAR, NUTQ USLUBLARI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

263-mashq. O’qing. Ko chirma gapli qo’shma gaplarni topib ko’chiring. Muallif gapi va ko’chirma gapni aniqlang. Ko’chirma gap qanday tinish belgisi bilan yozilganini ayting.

«Navbatdagi safarga hozirlik ko’ryapmiz, — dedi Zokirjon aka. — Bu galgi yo’nalishimiz Hindiston. Sizning taklifingizni bilmoqchiman».

«Juda yaxshi, — qalbi va ijodi Bobur ruhiga yaqin ijodkorlar ko’p», — dedim men. Zokirjon aka gapimni bo’ldi. «To’xtang endi, — dedi u. — Siz mendan ham fidoyi chiqib qoldingiz. Birinchi safarimizda bir-ikki gaplashdig-u, lekin, mening nazarimda. o’zingiz uncha qiziqmadingiz. Ikkinchidan, bizda ham tajriba yo’q, kimni olib, kimni qo’yishini bilmay, rosa qiynalganman, shuning uchun bu gal o’zingiz birga bo’lsangiz. Boshqa o’rtoqlar ham sizni tavsiya qilishyapti».

Ekspeditsiya prezidenti(rahbari) Zokirjon Mashrabov uchinchi safarga uzoq, puxta hozirlik ko’rdi. (Qamchibek Kenja)

264-mashq. Berilgan ko’chirma gapli qo’shma gaplarni o’zlashtirma gapga aylantirib yozing. Ko’chirma gapli qo’shma gap shaklida qanday o’zgarishlar qilganingizni ayting.

«Dunyodagi eng ulug’ martaba, eng ulug’ sharaf Vatan ozodligi uchun xizmat qilishlik»,— deydi A. Oripov.

«Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati, — deb yozadi Abdulla Avloniy, — yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir».

Oybek shunday deydi: «Xalqning chin o’g’illari uchun xalqqa samimiy xizmatdan ko’ra yuksakroq, muqaddasroq narsa yo’q». «Boshimizni bilim kuchi uyg’otsa, bo’lg’usidir bizning uchun chin bayram», — deb yozadi shoir Bobur.

265-mashq. Ko’chirma gaplarni toping, ularni o’zlashtirma gaplarga aylantiring va ular o’rtasidagi farqlarni tushuntiring.

1. «Esli odam so’z boshlamas «men» bilan...»-degan edi turkman shoiri Maxtumquli. 2. Kamoliddin Binoiy shunday demish: «Kishi yaxshiligi ishidan ma’lum, yaxshi yil bahor-u qishidan ma’lum». 3. O’zbek xalq maqollaridan birida: «Odam qo’li — gul, cho’lni bo’ston qiladi»,— deyilgan. 4. «Tandan ham aql ortiq, biz ana shu aqlga tanni bo’ysundirishimiz kerak»,— deb yozgan edi qozoq shoiri Abay. 5. «Aql,— deb yozadi Jaloliddin Rumiy,— aqldan quvvat oladi».

266-mashq. Matnni ko’chiring, uning qaysi uslubda ekanligini toping.

To’raqul birinchi marta toqqa chiqayotgani yo’q... Hozir qishloqda yoz, bu yerga esa bahor endigina qadam qo’ygandek edi: qiyaliklarni qoplagan qoqigullar yulduz parchalariday yaltiraydi, qorli cho’qqilar orasidan yugurib pastga tushib kelayotgan jilg’alarning bo’yida chuchmomalar yaproq yozmoqda. Quyoshning oltinrang titroq nurlari ko’zni qamashtirgudek yarqiraydi. Archazorlardan qushlarning sayroqi ovozi eshitiladi, atrof-tevarakda esa goh quyosh nurida tovlanib, goh soya-salqinda ko’zdan g’oyib bo’lib, katta-katta qanotlari sariq kapalaklar uchib yuribdi.

— Chiroyli-a!? (Chiroyli-ya!?) — dedi To’raqul. (A. Ko’chimov)


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf

9-sinf «____» «_____________»




Download 219,22 Kb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Download 219,22 Kb.