• ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
  • Zbek tili darsning maqsadi




    Download 219,22 Kb.
    bet63/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219,22 Kb.
    #15586
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
    KO’CHIRMA GAPLI QO’SHMA GAPLAR

    49-50-dars KO’CHIRMA GAPLI QO’SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING QO’LLANISHI

    Darsning maqsadi:

    a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)

    b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

    Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

    Foydalaniladigan adabiyotlar:

    «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.



    I. Darsning borishi:

    a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. O’tgan mavzuni so’rash.

    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

    b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu

    l-topshiriq. Berilgan ko’chirma gapli qo’shma gapdagi muallif gapini turli o’rinlarda qo’llang.

    «Biz yagona daraxtning butoqlaridek bir butun bo’lgan taqdirimizdagina kuch — qudrat kasb etamiz», — dedi O’zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva.

    Bilib oling. Muallif gapi (M) va ko’chirma gap (K) bir-biriga nisbatan turlicha joylashishi mumkin, bunda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi.

    1)M: «K». M: «K?» M: «K!»

    2) M: «K», — M. M: «K?» — M. M: «K!» — M.

    3)«K», — M. «K?» —M. «K!» — M.

    4) «K, — M, — K».

    200-mashq. O’qing. Ko’chirma gapli qo’shma gaplarni tegishli tinish belgilarini qo’yib ko’chiring.

    1. Biz tinchlik daraxtini ekdik. Uni endi do’llardan, bo’ronlardan asrashimiz kerak deydi Muhammad Ali. 2. Millatlarni elatlarni deydi M. Ulug’ova buyuk do’stlik birlashtiradi. 3. Donolar deydi bolaga mehrni buyruq bilan singdirib bo’lmaydi. 4. Odamlarning manfaatiga kelsak bu narsa mustaqillikdan keyin chinakamiga ustuvorlik kasb etdi deydi Anvar Obidjon.
    201-mashq. Berilgan gaplarni ko’chirma gaplarga aylantiring, ularga muallif gaplarini qo’shib ko’chiring.

    1. Mevasi achchiq daraxtni asal bilan sug’orsang ham shirin meva bermaydi. 2. O’z o’rnida aytilmagan so’z hech kim yo’q yerda chalingan kuyga o’xshaydi. 3. Nodonning vaqti foydasiz o’tadi. 4. Dangasa odamning boyligida baraka bo’lmaydi. 5. Qorinni ovqat to’ydiradi, aqlni esa hikmat.


    202-mashq. Matnni o’qing. Ko’chirma gapli qo’shma gaplarni aniqlang va kerakli tinish belgilarini qo’ying.

    Rustam orziqib kutgan kun keldi. O’sha kuni Rustam maktabdan chiqdi-yu, to’g’ri gulzoriga o’tdi. Maktab bog’boni Rasul buvani izlab topdi-da, unga sekin pul uzatdi.

    — Buva, shunga gul bering, kerak bo’lib qoldi.

    Bog’bon ajablanib Rustamdan so’radi:

    — Nega kerak bo’lib qoldi?

    — Bugun oyimning tug’ilgan kunlari, shunga...

    — Juda yaxshi o’ylabsan, pulingni cho’ntagingga solib qo’y. Hozir senga ajoyib guldasta yasab beraman.

    Bir ozdan keyin Rustam chiroyli guldastani quchoqlab uyga chopdi. (N Najmiddinov)


    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

    «Ona tili» 9-sinf

    9-sinf «____» «_____________»

    KO’CHIRMA GAPLI QO’SHMA GAPLAR

    51-dars KO`CHIRMА VА O`ZLАSHTIRMА GАPLАR


    Download 219,22 Kb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




    Download 219,22 Kb.