BOG’LOVCHISIZ QO’SHMA GAPLAR
45-dars MUSTAHKAMLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. O'qing. Qo'shma gaplarni topib ko'chiring.
1, Har kimga ozor bera ko'rma, dunyo barchaga barobardir. 2. Yog'och polvon o'sha polvonni charxpalak qilib yerga urdi-yu, yuzi yorug' bo'ldi. (Said Ahmad) 3. Tojiboy gapirsa, katta-kichik ixlos bilan uning og'ziga qaraydi. (Parda Tursun) 4. Borliq jim: har bitta darchada zangor shu'lalar porlaydi. (E.Vohidov) 5. Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo'ynida uxlab yotadi. (Uyg'un) 6. Kuchli odamlar hamisha oddiy bo'ladi. (Oybek) 7. Dunyo go'zal va unda ko'rkam joylar ko'p. (S.Muhamedov)
2-topshiriq. O'qing. Qo'shma gaplarni toping. Ularni bog'langan, ergashgan va bog'lovchisiz qo'shma gaplarga ajratib yozing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlang.
Onam xursand bo'ldi-da meni bag'riga bosdi.
— Juda astoydil qarabsan. Quyoshning uyg'onishi sen ta'riflagandan ham antiqa: tong nihoyatda go'zal bo'ladi. Quyosh bosh ko'tarib chiqayotganda, tabiat holatini tomosha qilsang, barcha go'zalliklar ana shu paytda namoyon bo'ladi. Dov-daraxtlar, giyohlar uyg'onadi-yu, quyoshga salom beradi. Bilsang, tabiat u bilan tirik.
Tabiatda bunday mehrni mening qalbimga onam solib qo'ydi va qalbimga go'zallikni sevish, xushfe'l, xushtabiatli bo'lish, ozoda yurish kabi xislatlar uyg'ondi. (Ibrohim Rahim)
4-topshiriq. Uyga vazifa. O'qing. Qo'shma gaplarni aniqlab, avval bog'lovchisiz qo'shma gaplarni, so'ng bog'langan va ergashgan qo'shma gaplarni ko'chiring.
Bolalik inson hayotining shunday poydevoridirki, umr binosining keyingi bo'y-basti, salobati unga bog'liq bo'ladi. Bolalarning eng yaqin tarbiyachisi kitob. Shuni bilingki, u bolani ham aqlan(aqliy), ham ma'naviy jihatdan boyitadi, shakllantiradi. Istiqlol davri bolalari g'ayratli, shijoatli; ko'zida chaqini, ko'ksida yolqini bor. Faqat mana shu shahd-u shiddatni to’g’ri yo’lga yo’naltira olishimiz kerak. Shundagina biz o’z maqsadlarimizga erishamiz va farovon hayot bizga muyassar bo’ladi. (Dilshod Rajab)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________
«Ona tili» 9-sinf
9-sinf «____» «_____________»
ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR
6-NAZORAT ISHI 46-dars TEST SINOVI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
|