• 2-kurs 1001-21 UZB guruh (Sirtqi) talabasi Abdusalomov Xurshidning “Elektronika va sxemalar 2” fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu
  • .Serjanov Talaba: X.Abdusalomov Nukus 2023
  • Yarimoʻtkazgichlar
  • Zbekistan respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana04.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #110798
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Abdusalomov Xurshid elekrtonika



    O’ZBEKISTAN RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
    KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
    Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot 
    Texnologiyalar Universiteti Nukus filiali 
     

    Kompyuter injiniringi” fakulteti Kompyuter injiniringi yo’nalishi 
    2-kurs 1001-21 UZB guruh (Sirtqi) talabasi 
    Abdusalomov Xurshidning 
    “Elektronika va sxemalar 2” fanidan 
     
    MUSTAQIL ISHI 
    Mavzu:
    Yarim o`tkazgichlarning turlari va ularning 
    xususiyatlari. 
    O`qituvchi: Q.Serjanov 
    Talaba: X.Abdusalomov 
     
     
    Nukus 2023 


    REJA 
    I. 
    Kirish 
    II. Asosiy qism 
    1 Yarim o`tkazgichlarga umumiy ta`rif 
    2
    Yarim o‘tazgichda zaryad tashuvchilar 
    3 Elektron - teshikli o‘tish 
    III. Xulosa 


    Yarimoʻtkazgichlar — elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi moddalar 
    (oʻtkazgichlar, asosan, metallar) va elektr tokini amalda oʻtkazmaydigan moddalar 
    (dielektriklar) orasidagi oraliq vaziyatni egallaydigan moddalar. Mendeleyev 
    davriy sistemasida II, III, IV, V va VI guruhlarda joylashgan koʻpchilik elementlar. 
    ularning bir qator birikmalari yarimo'tkazgichlar jumlasiga kiradi. Ya.da ham 
    metallardagi kabi elektr oʻtkazuvchanlik elektronlarning harakati tufayli yuzaga 
    keladi. Biroq elektronlarning harakatlanish sharoitlari metallar va Ya.da turlicha 
    boʻladi. Ya. quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: Ya.ning elektr oʻtkazuvchanligi 
    temperatura koʻtarilishi bilan ortib boradi (mas, temperatura 1 K ga ortganda 
    Ya.ning solishtirma oʻtkazuvchanligi 16—17 marta ortadi); Ya.ning elektr 
    oʻtkazuvchanligida erkin elektronlardan tashqari atom bilan bogʻlangan elektronlar 
    ham ishtirok etadi (baʼzi hollarda bogʻlangan elektronlar asosiy rol oʻynaydi); sof 
    Ya.ga oz miqdorda qoʻshilma kiritib, uning oʻtkazuvchanligini keskin oʻzgartirish 
    mumkin (mas, 0,01% qoʻshilma kiritilganda Ya. ning oʻtkazuvchanligi 10000 
    marta ortib ketadi). 
    Past temperaturalarda Ya.ning solishtirma qarshiligi juda katta boʻladi va amalda 
    ular izolyator hisoblanadi, lekin temperatura ortishi bilan ularda zaryad 
    tashuvchilarning konsentratsiyasi keskin ortadi. Mas, sof kremniyda 20° trada 
    erkin elektronlar konsentratsiyasi ~1017m~3boʻlsa. 700° da 1024 m"3gacha, yaʼni 
    million martadan koʻproq ortadi. Ya.da erkin elektronlar konsentratsiyasining traga 
    bunday keskin bogʻlikligi oʻtkazuvchanlik elektronlari issiqlik harakati taʼsirida 
    hosil boʻlishini koʻrsatadi. Yarimoʻtkazgich kristallda atomlar valent elektronlari 
    yordamida oʻzaro bogʻlangan. Atomlarning issiqlik tebranishlari vaqtida issiqlik 
    energiyasi valent elektronlar orasida notekis taqsimlanadi. Ayrim elektronlar oʻz 
    atomi bilan bogʻlanishni uzib, kristallda erkin koʻchib yurish imkonini beradigan 
    yetarli miqdordagi issiqlik energiyasiga ega boʻlib qolishi va erkin elektronlarga 
    aylanishi mumkin. 
    Tashqi elektr maydon boʻlmaganda bu erkin elektronlar tartibsiz harakat qiladi. 
    Elektr maydon taʼsirida esa maydonga qarshi yoʻnalishda tartiblangan harakatga 


    kelib, Ya.da tok hosil qiladi. Erkin elektronlar yuzaga keltirgan oʻtkazuvchanlik 
    elektron yoki p tip oʻtkazuvchanlik deb ataladi. 
    Bogʻlangan elektronning oʻz atomini "tashlab ketishi" atomning elektr neytralligini 
    buzadi. unda "ketib qolgan" elektron zaryadiga miqdoran teng musbat zaryad — 
    teshik vujudga keladi. Tashqi elektr maydon boʻlmaganda elektronlar ham, 
    teshiklar ham tartibsiz harakatlanadi, tashqi maydon boʻlganda esa elektronlar 
    maydonga qarshi, teshiklar maydon boʻylab koʻchadi. Teshiklarning koʻchishi 
    bilan bogliq oʻtkazuvchanlik teshikli yoki n tip oʻtkazuvchanlik deyiladi. Erkin 
    elektronlar soni bilan teshiklar soni bir-biriga tengligi tushunarli. Aniklanishicha, 
    ularning harakatlanish tezligi ham bir xil ekan. Demak, Ya.dagi tok ayni vaqtda 
    ham elektron, ham teshikli oʻtkazuvchanlikdan vujudga keladi. Bunday 
    elektronteshikli oʻtkazuvchanlik Ya.ning xususiy oʻtkazuvchanligi deyiladi. 
    Xususiy oʻtkazuvchanlik sof Ya.da kuzatiladi. Biroq tabiatda sof Ya. yoʻq. Baʼzi 
    qoʻshilmalar 

    Download 0,71 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekistan respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish