Kurs ishining tarkibiy tuzulishi va hajmi




Download 1.01 Mb.
bet2/6
Sana29.11.2022
Hajmi1.01 Mb.
#32197
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda interaktiv
jjjk, Ma\'ruza 8. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilishi, Avtomatik o\'chirgichlar, Andijon davlat tibbiyot instituti biologik fizika, informatika, , Optika, АКТ hodim, AZM, amaliyot 5 OT, parij, МУТАХАССИСЛИККА КИРИШ УМК 2022 2023 zilol, mutaxassislikka majmua, 18, Gigiyena Sillabus 2023, 101. Валеология тест сайт ўзб (439)
Kurs ishining tarkibiy tuzulishi va hajmi: Kirish, 2 bob, 4 bo’lim, xulosa foydalanilgan adabiyotlarlardan iborat.
I BOB. TA’LIM BERISH JARAYONIDA INTERAKTIV TEXNOLOGIALAR
1.1 Ta’lim teхnologiyasining mohiyati va хususiyatlari
Konseptuallik - Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim texnologiyasi falsafiy, psixologik, didaktik va ta’limiy maqsadning ijtimoiy-pedagogik asoslangan aniq ilmiy g‘oyalariga asoslanadi. Tizimlilik - Тa’lim texnologiyasi yaxlitlik, tuzilmaviylik, barcha tashkil etuvchilarning o‘zaro bog‘liqligi va ularning bir-biriga bo‘ysunishi, tizim va muhitning o‘zaro bog‘liqligi singari barcha belgilariga egadir. Boshqaruvchanlik – ТТ mohiyati - ishlarni aniq bajarilishida, ya’ni: butun tugallangan ta’lim jarayonini aniq pedagogik g‘oya ostida dastlabki bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirishida ko‘rish mumkin. Тa’lim berish jarayoni aniq tuzilmaga keltirilgan: pedagogik va o‘quv harakatlari, boshqaruvchilik, axborotli va muloqotli ishlar ifodalangan ketma-ketlik – bosqichma-bosqich, maqsadli yo‘l bilan, ya’ni ta’limiy maqsadlar alohida shaklda ifodalangan: pedagogik vazifalar va aniq belgilangan kutilayotgan natijalar bilan muvofiqlikda tuziladi. Тexnologik jarayon tabaqalashtirilgan va individuallashtirish, ikki kishilik va ko‘pchilikli suhbat (dialog, polilog) tamoyillari hisobga olingan shartnoma asosidagi, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro bog‘liq faoliyatini nazarda tutadi. Qaytar aloqani tizimli tezkor ravishda ishlatilishi ta’lim jarayonining joriy natijalarini uzluksiz kuzatishni, tashhislashni va tezkor baholashni, tahlil va maqbul boshqaruv xulosasini qabul qilishni ta’minlaydi. Тashhisiy ishlar faoliyat natijalarini aniq bir ma’nodagi mezon va ko‘rsatkichlarini, shuningdek uni o‘lchash vositalarini o‘z ichiga oladi. O‘zgartirish jarayoni ta’lim oluvchini xatoliklariga emas, balki ta’lim jarayonini shu ta’lim oluvchiga nisbatan unga belgilangan maqsadga erishishni ta’minlash bilan tashkillashtirish yo‘lini o‘zgartirishga qaratilgan. Samaradorlik - Тa’limiy texnologiya samarali natija va ta’lim maqsadlariga erishish kafolatini ta’minlaydi.Maqbullik - Тexnologiyaviylikning hammabop tizimli belgisidir. ТТ ta’lim maqsadlariga erishishda, kuch va vaqt sarf qilishda inson imkoniyatlari va texnik zahiralaridan foydalanish bo‘yicha maqbul yo‘l va vositalarni ta’minlaydi.
Takror ishlab chiqarishlik - Тakrorlash imkoniyati, xohlagan ta’lim beruvchi, shu texnologiviy ishlar tartibini, shundayligicha qo‘llasa, shunday natija olishi mumkin. Hozirgi paytda amaliyotda quyidagicha nomlangan pedagogik (ta’lim) texnologiyalaridan keng ko‘lamda foydalanilib ijobiy natijalar olinmoqda: Individual, jamoaviy, belgi-kontekstli, ishbilarmonlik yoki rolli o‘yin, muammoli, axborot, dasturli, integrativ, modulli, mualliflik, rivojlantiruvchi, tayanch sxemalaridan foydalanib o‘qitish, masofaviy, etnopedagogik, faol, hamkorlik, tabaqalashtirilgan, noan’anaviy, an’anaviy, asosiy materiallarni ajratib olib o‘rganish, yiriklashtirib o‘qitish, politexnik, jadal, shaxsga yo‘naltirilgan, ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etib boshqarish, erkin, baholamasdan va yo‘qlama qilmasdan o‘qitish, sirtqi, eksternat ta’lim texnologiyalari.
«Texnologiya» - yunoncha «techne» so‘zidan olingan bo‘lib, mahorat, san’at va «logos» - so‘z, ta’limot ma’nosini anglatadi.
Texnologiya- jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek ob’ektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlar tushiniladi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi:

  • xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar yoki mahsulotlarga ishlov berish, yoki qayta ishlash yo‘llari va usullari yig‘indisi

  • yuqorida ko‘rsatilgan yo‘llar va usullarni ishlab chiquvchi hamda takomillashtiruvchi fan

  • qazib olish, ishlov berish, qayta ishlash, sifatini nazorat qilish, tashish, omborga joylash, saqlash, sotish, amalda qo‘llash jarayoni

Texnologik jarayon – mahsulot ishlab chiqarishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalar yig‘indisi
Texnologik operatsiya – ishchi tomonidan o‘zining ish o‘rnida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi texnologik jarayonning bir qismi
Texnologik xarita - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo‘lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
Maqsad (o‘quv, ta’limiy) - ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan umumiy vazifa.
Mazmun (o‘qitish, ma’lumot olish) – ta’lim jarayonida tahsil oluvchilar egallashi zarur bo‘lgan ilmiy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va malakalar, faoliyat va tafakkur usullarining tizimi.
Ta’limni tashkil qilish shakli (lotinchadan forma - tashqi ko‘rinish, qobiq), avvalombor, o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan: ta’lim oluvchilarning soni, o‘qitish vaqti va joyi bilan: ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatini tashqi ifodasi bilan bog‘liq: frontal yoki individual ish, guruhlarda ishlash shakllari.
Ta’lim metodi (lotinchadan metods - yo‘l, usul) – belgilangan maqsadga erishishga qaratilgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining bir-biri bilan bog‘liq faoliyatini tartiblangan usuli.
Ta’lim vositalari - o‘quv jarayonini predmetli qo‘llab- quvvatlash. Pedagogning nutqi, darsliklar, sinfdagi asbob–uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va b. vositalar hisoblanadi.
Natijalar (ta’lim mahsulotlari) – ta’lim jarayonining yakuniy oqibatlari, ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirish darajasi.
Ta’lim beruvchilar – o‘qituvchilar, pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari.
Tahsil oluvchilar – o‘quvchi, tahsil oluvchi, tinglovchi, ya’ni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasasida mashg‘ulotlarga qatnashuvchi.
Ta’lim berish - qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, ta’lim beruvchini tahsil oluvchi bilan tartibli o‘zaro harakati. Ta’lim berish, ikkita bir-biri bilan uzluksiz bog‘liq hodisalardan iborat: o‘qitish va o‘qishdan.
O‘qitish – ta’lim oluvchilarga bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar (BKM) yig‘indisini yetkazishga va ularni ta’lim jarayonida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta’lim beruvchining maxsus faoliyati. O‘qish faoliyatini boshqarish o‘qitish predmeti hisoblanadi.
O‘qish – 1) tahsil oluvchilarning BKM ni o‘zlashtirishga, psixologik jarayonlarni va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, maxsus tashkil qilingan faol mustaqil faoliyati: 2) tashkil qilingan o‘quv-bilish faoliyati bo‘lib, ushbu jarayonda tahsil oluvchi hissiy qabul qilish, abstraksiyalash va amaliyotga suyangan holda bilmaslikdan bilimlilikka, to‘liq bilmaslikdan to‘liqroq va mukammal bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
BKM – bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar.
Bilim – ushbu predmetni nazariy o‘zlashtirganligini ifodalaydigan inson g‘oyalarining yig‘indisi.
Ko‘nikma – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash usullarini (yo‘llarini, harakatlarini) egallash.
Malaka– avtomatik darajagacha, mukammallikning yuqori darajasigacha yetkazilgan ko‘nikma.
Yuqorida keltirilgan tushunchalar tahlilidan kelib chiqib, har qanday so‘z, tushunchalar jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda muomalaga kiritiladi.
Pedagogika adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar ham keltiriladi, bizningcha, eng maqbuli YuNESKO ta’rifidir.
“Pedagogik (ta’lim) texnologiya”(si) – ta’lim-tarbiya va shaxsni rivojlantirish jarayonlarini maqbullashtirish maqsadida inson va texnika iimkoniyatlari hamda ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olib o‘quvchilarda bilim, ish-harakat usullari va ijobiy shaxsiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi loyihalashtirish, tatbiq etish (amalga oshirish), natijalarni maqsad bilan qiyoslab kerakli tuzatishlarni kiritish bosqichlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi tizimdir.
Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqarish texnologiyasidan kelib chiqqan holda uch xil atamasi mavjud:
Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida - ta’lim texnologiyasi, o‘qitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin.
O‘qitish texnologiyasi - birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli - harakat aspektini anglatadi. Bu, ta’lim jarayonini o‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi, usul va vositalar (texnologik operatsiyalar)ning tartibli birligini o‘zida mujassamlashtirgan ta’lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni;
ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli-bayonli aspektini ifodalaydi. Bu, maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo‘yicha pedagogik hamda o‘quv faoliyatini loyihasini bajarishni bayonidir (texnologik xarita).



Download 1.01 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishining tarkibiy tuzulishi va hajmi

Download 1.01 Mb.