• Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi
  • Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ishlanmalar yaratish texnologiyasi




    Download 1.01 Mb.
    bet5/6
    Sana29.11.2022
    Hajmi1.01 Mb.
    #32197
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda interaktiv
    jjjk, Ma\'ruza 8. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilishi, Avtomatik o\'chirgichlar, Andijon davlat tibbiyot instituti biologik fizika, informatika, , Optika, АКТ hodim, AZM, amaliyot 5 OT, parij, МУТАХАССИСЛИККА КИРИШ УМК 2022 2023 zilol, mutaxassislikka majmua, 18, Gigiyena Sillabus 2023, 101. Валеология тест сайт ўзб (439)
    2.2 Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ishlanmalar yaratish texnologiyasi
    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining 2010 yil 17 aprel 3/1-sonli qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2010 yil 28 apreldagi 164-sonli buyrug‘iga muvofiq Toshkent davlat iqtisodiyot unversitetida 2010 yil 10-14 may kunlari “Oliy o‘quv yurtida ta’lim texnologiyasini loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirish” mavzusidagi o‘quv seminari tashkil etildi. Bu seminarda ta’lim jarayonini interaktiv texnologiyalar asosida tashkil etish, uning hozirgi kundagi dolzarbligi, ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, samarasi, afzalliklari haqida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasining masofali o‘qitish markazi ham o‘z faoliyati davomida ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilariga “Interaktiv texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalar va masofali o‘qitish”, “Yuksak manaviyatli barkamol shaxs” hamda “Barkamol avlodga yo‘naltirilgan tarbiya texnologiyasi” maxsus kurslari o‘tishmoqda.
    Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalarida interaktiv texnologiyalardan foydalanib, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, kafolatli natijaga erishish, o‘quv mashg‘ulotlarida qaytar aloqaga tayanish, ta’lim sifati va mazmunini, samaradorligini oshirish davr talabidir.
    Ta’lim sohasidagi ta’lim beruvchi har bir o‘quv mashg‘ulotini yaxlit holatda ko‘ra bilishi va uni tasavvur etish uchun o‘quv mashg‘ulot jarayonlari loyhalashtirilib olinishi kerak. O‘quv mashg‘ulotlarni interaktiv metodlardan foydalanib tashkil etish, interaktiv ko‘rgazmali ishlanmalardan foydalanish talaba-o‘quvchilardagi bilim va ko‘nikmalarni, fikrlash qobiliyatlarini, hozirjavoblilik darajalarini o‘sishiga imkon yaratadi. O‘qituvchi tomonidan o‘quv mashg‘ulotining rejalashtirilish ko‘zlangan maqsadga va kafolotli natijaga erishishga zamin yaratadi. Ta’lim berish jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyati bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo‘llaniladigan vositalar texnologik xaritada o‘z aksini topadi[27].
    Informatika fanining ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida interaktiv metodlarni to‘g‘ri tanlash va undan to‘g‘ri foydalanish o‘tilayotgan mavzuning mazmun-mohiyatini to‘liq ochib berishga xizmat qiladi. Natijada ta’lim beruvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishadi, hamda kelgusidagi ishlarni rejalashtiradi, ya’ni o‘tilgan mashg‘ulotni tahlil qiladi va o‘zgarishlar kiritishni belgilab oladi. O‘quv jarayoni maqsad va vazifaga, mazmunga, amalga oshirish texnologiyasiga, kutiladigan natijalarga va kelgusidagi rejalarga bog‘liqdir. Ta’lim berish jarayonida metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha to‘la axborot beriladi. Shu sababli, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan: ijobiy, salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interaktiv metodlar tanqidiy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
    Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ko‘rgazmali, didaktik ishlanmalar o‘quvchi-talabalarning muammoli vaziyatlarni hal qilishga bo‘lgan fikrlash qobiliyatini o‘stirishga xizmat qiladi[26].
    Biz quyida Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ko‘rgazmali, didaktik ishlanmalar yordamida o‘quvchi-talabalarga dars berishning namunaviy ko‘rinishini keltirmoqdamiz. Informatika va axborot texnologiyalar fanida “Internet-global kompyuter tarmog‘i.” mavzusini talabalarga jonli va qiziqali, mulohazalarga boy qilib o‘tish hozirgi kunning talabi hisoblanadi. Ushbu interaktiv ko‘rgazmali, didaktik ishlanmada mavzuning bayoni, o‘yinlar, test savollari o‘z aksini topgan. Interaktiv ko‘rgazmali-didaktik ishlanma MS Power Point dasturida tayyorlangan. Ishlanma o‘zining yaxshi tartibda tuzilgani bilan talabani zerktirib qo‘ymaydi. Talabani mulohaza yuritishga majbur qiladi, mavzuni mukammal o‘rganishga imkon yaratadi hamda o‘qituvchi (ta’lim beruvchi)ning kafolatli natijaga erishishiga sababchi bo‘ladi.
    XULOSA

    Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.


    O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonida asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
    Har qanday pedagogik texnololgiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiyxarakterdan kelib chiqqan holda, talabani kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq.
    Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va mummolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
    Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi mummolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin firlaydigan shaxslar kerak.
    Shuning uchun ham ta’lim muassalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limida qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talaba (yoki o‘quvchi)larni bilimli va yetuk malakaga ega bo;lishlarini ta’minlaydi. Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘quv mashg‘ulotlarni interfaol metodlardan foydalanib tashkil etish, talaba-o‘quvchilardagi bilim va ko‘nikmalarni, ularning fikrlash qobilyatini, hozir javoblilik darajasini o‘sishiga sababchi bo‘lmoqda. O‘qituvchi tomonidan rejalashtirilgan maqsadga, kafolotli natija erishish koeffetsenti oshadi. Ta’lim beruvchi (o‘qituvchi) o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etishda uni olib borishda, asosan texnologik xaritani auditoriya holatidan, undagi o‘quv va texnik vositalarning barqarorligidan kelib chiqib rejalashtirmog‘i va tuzmog‘i lozim. Ta’limni tashkil etishda kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichlari talablariga binonan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, turli xil metodlardan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning faolligi oshadi, darsga bo‘lgan qiziqishi ortadi, muloqotga kirishish ko‘nikmasi shakllanadi. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy, salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interfaol metodlar tanqidiy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Informatika fanini o‘qitishda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Tajriba mashg‘ulotlari bevosita kompyuter bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi.
    Ushbu kurs ishi “Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi” deb nomlanib, u ikki bobdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
    Kurs ishining birinchi bobida ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va xususiyalari, an’anaviy va zamonaviy ta’limning yutuq va kamchiliklari, talabalarning bilimini baholash turlari va ularning avzallik hamda kamchiliklari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bobda informatika fanining o‘quv mashg`ulotlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan interfaol usullar va ularning qo‘llash uslublari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

    Download 1.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika fanini o‘qitishda interaktiv ishlanmalar yaratish texnologiyasi

    Download 1.01 Mb.