• II BOB. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV ISHLANMALAR YARATISH TEXNOLOGIYASI
  • Ta’lim berish jarayonida zamonaviy ta’lim teхnologiyasining konseptual asoslari




    Download 1.01 Mb.
    bet3/6
    Sana29.11.2022
    Hajmi1.01 Mb.
    #32197
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5 Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda interaktiv
    jjjk, Ma\'ruza 8. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilishi, Avtomatik o\'chirgichlar, Andijon davlat tibbiyot instituti biologik fizika, informatika, , Optika, АКТ hodim, AZM, amaliyot 5 OT, parij, МУТАХАССИСЛИККА КИРИШ УМК 2022 2023 zilol, mutaxassislikka majmua, 18, Gigiyena Sillabus 2023, 101. Валеология тест сайт ўзб (439)
    1.2 Ta’lim berish jarayonida zamonaviy ta’lim teхnologiyasining konseptual asoslari.

    Konsepsiya – umumiy g‘oya yoki biror-narsa to‘g‘risida tasavvur, tushuncha, fikrlar tizimi.


    Ta’lim texnologiyasi aniq pedagogik g‘oya asosida ishlab chiqilib, uning negizini quyidagilar tashkil etadi:
    (1) muallifning aniqlangan metodologik, falsafiy yo‘nalishi;
    (2) pedagogik, psixologik va ijtimoiy fanlar hamda pedagogik amaliyot-konseptual asoslari.
    Ta’lim tizimi boshqa barcha xorijiy mamlakatlar singari falsafa, psixologiya va pedagogikada insonparvarlik yo‘nalishidagi tamoyillar asosida tuziladi. Pedagogikada bu yo‘nalishning asosiy farq qiladigan jihati shundaki, ta’lim oluvchining o‘zligi, uning shaxsi, mustaqil tanqidiy fikrlashini ongli rivojlanishiga aniq yo‘naltirilgan, ularning xususiyat va imkoniyatlarini hisobga olgan har bir ta’lim oluvchining mustaqil bilish faoliyatiga bog‘liq hisoblanadi.
    Ta’lim texnologiyasini loyihalashining konseptual asoslari:
    Psixologiya va pedagogikada insonparvalik yondashuv; Shaxsga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi ta’lim; Axborot texnologiyalari; Faoliyatli yondashuv; Suhbatli yondashuv; Tizimli yondashuv; Hamkorlikdagi ta’lim; Muammoli ta’lim.

    I.2.1. An’anaviy ta’limning zamonaviy ta’lim teхnologiyalariga asoslangan ta’limdan farqi





    An’anaviy ta’lim berish

    Texnologik yondashuvga asoslangan ta’lim berish

    1. Konseptual asoslar

    Ta’lim oluvchiga yondashish bo‘yicha nazoratli-nasihatgo‘y, egallab bo‘lingan usul bo‘yicha qayta tiklashli, ta’lim oluvchilarning tashabbuskorligi va mustaqilligini bostiruvchi, qat’iy tashkil etilgan bo‘ysinish asosidagi (avtoritar) ta’lim.
    O‘rta ta’lim oluvchi imkoniyatlari, ularni o‘zlashtirish va bilimlarni qayta tiklashlariga yo‘naltirilgan ta’lim.
    O‘rganish – eslab qolish vazifasi, dars berish esa – asosiy faoliyat.

    Ta’lim paradigmasi: ta’lim beruvchi – kitob – ta’lim oluvchi



    Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va ta’limga tizimli –harakatli yondashishga asoslanadi. Ta’lim oluvchi shaxsi–ta’lim jarayonining markaziy egasi. Munosabatlarning inson-parvarligi va erkinligi, o‘qishga majburlashdan voz kechish.
    Tabaqalashtirish va individuallashtirish; umumiy ta’lim oluvchining aqliy rivojlanish darajasi va ushbu fanni ular tomonidan o‘zlashtirilishini hisobga olish.
    O‘rganish–aqliy rivojlanish, mustaqil egallash jarayoni va asosiysi ta’lim oluvchilarning egallagan bilimlarini qo‘llay olishlari; xususiyati bo‘yicha muammoli, izlanuvchan, ijodiy.
    Ta’limning yangi paradigmasi, ya’ni: ta’lim oluvchi – kitob – ta’lim beruvchi

    2. Ta’lim oluvchining tutgan o‘rni va vazifasi

    Ta’lim beruvchi ta’siridagi bo‘ysunuvchi ob’ekt.
    Bilim –birdan-bir maqsad.

    Хato – jazolanadi.



    Mustaqil bilish faoliyatini olib boruvchi, ta’lim jarayonining teng huquqli sub’ekti.
    Bilim – shaxsiy muammolarni hal etish vositasi.
    Хato qilishga haqqi bor – xatolarda o‘rganadi

    3. Ta’lim beruvchining tutgan o‘rni va vazifasi

    Kitob bilan birga, yagona tashabbuskor shaxs – bilish sub’ektini nazorat qiluvchi, asosiy bilim manbai: boshqaruv organlarining rahbarlik buyruqlarining bajaruvchisi

    Ta’lim oluvchilarning mustaqil bilish faoliyatlari tashkilotchisi, ularning mas’ul maslahatchisi va yordamchisi. Ta’lim oluvchilarning nafaqat BMK nazoratini, balki ehtimoliy chetga chiqish o‘z vaqtida to‘g‘rilash maqsadida ularning ta’lim berganlik tashhisini ta’minlaydi

    4. Ta’lim berish va o‘rganish usullari

    Tayyor bilimlarni og‘zaki bayon qilish orqali bildirish. Oddiydan umumiylikka induktiv mantiqqa, mexanik eslab qolishga, qayta tiklash (o‘zgarishsiz qaytarish) bayoniga asoslangan, namuna bo‘yicha ta’lim berish. Natijada ta’lim oluvchilarni sustkashlikka, nutq faoliyati bo‘shashishigacha olib keladi

    Muammolarni izlash, bilimlarni amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan, muammoli vaziyatlarni yaratish, faol bilishning ijodiy tadqiqotchilik faoliyatiga asoslangan faol ta’lim berish usullari

    5. Ta’lim berish vositalari

    Ta’lim beruvchi so‘zlari, ko‘rgazmali va texnik vositalar. Murakkab (texnik) tilda yozilgan o‘quv adabiyotlar, shu bois qabul qilishga murakkab; asosan uy vazifasi uchun qo‘llaniladi.

    An’anaviy vositalar bilan bir qatorda – axborotli texnologiyalar. O‘quv materiallar ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash uchun ishlatiladi

    6. Ta’lim berishni tashkillashtirish shakllari

    Ommaviy ta’lim berish: ta’lim oluvchilar bir-birlari bilan ajralgan munosabatda; mustaqillikning yetish-asligi.
    Ta’lim beruvchi faqat pedagogik faoliyatni rejalashtiradi.

    O‘zlashtirilgan BMK nazorati.


    Miqdoriy baho - baholash-majburiylik vositasi hisoblanadi, ta’lim beruvchining ta’lim oluvchi ustidan xukmronlik quroli bo‘lib xizmat qiladi: ta’lim oluvchi faoliyatining yakuniy tahlili va baholanishi

    Maqsadni belgilash: yakuniy o‘quv natijalarining mezonli cheklanuvchidek, tashhisiy belgilangan maqsadlarni kafolatli erishishga yo‘naltirish; olingan natijalar sifatini o‘lchashning mezon va ko‘rsatmalari mavjud.
    Nafaqat bashorat qiladi, balki pedagogik faoliyatni loyihalaydi va rejalashtiradi, shu bilan birga o‘quv faoliyatining mazmuni va tuzilishini ishlab chiqadi, ta’lim oluvchilarni mustaqil o‘quv-bilish faoliyatlarini bashorat qilayotganlarida, rejalashtirayotganlarida va tashkillashtirayot-ganlarida ularning tashabbuslarini oshiradi va qo‘llab quvvatlaydi.
    Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchi bilan ta’lim jarayonini o‘quv diologidek tuzadi; ularda mustaqillikka intilishni rivojlantirish uchun, o‘zi mustaqil ta’lim olishga tayyorgarlik, o‘z-o‘zini bilishi, o‘z-o‘zini amalga oshirish va o‘z-o‘zini taqdim eta olish qobiliyatlari uchun sharoit yaratadi.
    Nafaqat BMK nazorati, balki ta’lim berilganlik, rivojlanish, tarbiyalanganlikning monitoringi.
    Ta’lim beruvchi umumiy natijani baholaydi va ta’lim oluvchi bilan hamkorlikdagi mehnatlarini tahlil qiladi: ko‘zlanayotgan natijalarga nima uchun erishilmadi yoki qisman erishildi

    Tizim – o‘zida yaxlit borliqlikni namoyon etib, bunda o‘zaro bog‘liq va o‘zaro harakat qiluvchi qismlarning o‘zgarmas tartibi uning ichki tuzilmasini yaratadi. Bu harakat qiluvchi tuzilma bo‘lib, bunda faoliyat aniq maqsadlarga bog‘liq bo‘ladi.


    Pedagogik tizim quyidagi tarkiblardan iborat:
    1. Ta’lim beruvchi - o‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustasi.
    2. Ta’lim oluvchi - talaba, o‘quvchi, tinglovchi.
    3. Ta’limiy maqsad – bu ta’lim berishni biror narsaga intilishi.
    4. Natija – (1) ushbu davr ichidan chiqishda ta’lim oluvchini bilishi, uddalashi, qadrlashi zarur bo‘lgan, ta’lim berishni biror narsaga kelishidir;
    (2) ta’lim jarayonini samarali borishini namoyon qilib, maqsadga erishish darajasini tavsiflaydi. Natija belgilangan maqsadga mos kelsa, qo‘ish o‘rgatish jaryoni tugallangan hisoblanadi.
    5. O‘quv axboroti mazmuni – fan bo‘yicha o‘qitish mazmunini tashkil etuvchi, adabiyot matnlari va o‘quv qo‘llanmalar, lug‘at va boshqa axborot manbalaridan iborat bo‘ladi. O‘quv dasturi asosida aniqlanadi va maqsadni belgilashdan kelib chiqib ta’lim beruvchi tomonidan o‘zgartirish kiritiladi.
    6. Ta’lim texnologiyasi – (1) o‘qitish- usul, shakl va vositalar; (2) muloqot, (3) axborot va (4) boshqaruvning yo‘l va vositalari.
    7. Tahliliy-natijaviy tarkib – ta’lim texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar samaradorligini o‘lchashning yo‘l va vositalari.
    Agar pedagogik tizimning tarkibiy tashkil etuvchilaridan bittasi ham bo‘lmasa, unday holda ta’lim jarayonining o‘zi ham bo‘lmaydi, yoki u kuchsiz xususiyatga ega bo‘ladi. Har qanday holatda ijobiy natija bo‘lsa ham, u tasodifiy bo‘lishi mumkin.

    II BOB. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV ISHLANMALAR YARATISH TEXNOLOGIYASI



    Download 1.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim berish jarayonida zamonaviy ta’lim teхnologiyasining konseptual asoslari

    Download 1.01 Mb.