|
Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
|
bet | 14/52 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #260880 |
Bog'liq Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchBirinchi bob boʻyicha xulosalar
Ishning birinchi bobida nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlar va ularning nazariyalari haqida toʻxtaldik. Ikki tilda ham juft soʻzlarning oʻziga xos yasalish qonuniyatlari mavjud, ammo oʻxshashliklar ham uchraydi. Ularning asosiy farqli jihati ikki taqqoslanayotgan tillarning ikki xil tillar oilasiga va fanning ikki xil davrda oʻrganilganlik darajasi bilan bogʻliq. Asosiy farqlar nemis tilida juft soʻz terminining turli xil variantlari mavjudligi va oʻzbek tilida faqatgina juft soʻz terminidan foydalanish, nemis tilida ikki, uch, baʻzan toʻrtta komponentlardan juft soʻzlar hosil qilish mumkin. Oʻzbek tilida esa bu holat uchramaydi. Oʻzbek tilida asosan juft soʻzlar tilning qonun-qoidalariga muvofiq holda ikki soʻzning teng bogʻlanishidan va –ma, -yu, yuklamalari yoki chiziqcha bilan hosil boʻlgan birliklardan kelib chiqishi bilan izohlanadi. Nemis tilida esa koʻp holatlarda juft soʻzlar predlog, bogʻlovchi va koʻmakchilar orqali hosil boʻladi.
Juft soʻzlar oʻzining qoʻllanilishi va boʻyoqdorligiga koʻra tilshunoslikda alohida oʻrin tutadi. Ular nafaqat ogʻzaki nutqda, qolaversa, badiiy asarlarni boyitishga ham xizmat qiladi. Nemis tilida juft soʻzlar grammatik jihatdan barcha turkumlarda juft soʻz yasasa, bu jihat aynan oʻzbek tilida ham oʻxshashlikni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, xuddi aynan nemis tilidagi kabi oʻzbek tilida ham juft soʻzlar turli sabablar (koʻpincha, fonetik oʻzgarishlarning taʻsiri) bilan soddalashish hodisasiga uchrashi ham mumkin. Buni biz oʻxshashliklar sifatida qaraymiz. Ayniqsa, ular bir tildan ikkinchi tilga qiyinchiliklarsiz oson va loʻnda tarjima qilinadi. Bundan tashqari, yana bir muhim jihatlardan biri, nemis tilida oʻzbek tilidagi juft soʻzlardan farqli ravishda, ikki hissa ortish hodisasi koʻpincha tushunchaning maʻnosini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun juft soʻzlar tez-tez tasdiqlovchi, taʻsirchan xususiyatlarga ega boʻlib nutqda faol qoʻllaniladi.
|
| |