Jadval 1.
Bir xil soʻz turkumlaridan tashkil topgan juft soʻzlar
Soʻz turkumi
|
Misol
|
soni
|
Foizi
|
Nomen (N + N)
|
Geld oder Leben (hayot-mamot; boylik yoki hayot)
|
345
|
34,5%
|
Adjektive (A + A)
|
doof und dusslig (betamiz- tentak)
|
261
|
26,1%
|
Adverbien (Adv + Adv)
|
frank und frei (ochiq va erkin)
|
164
|
16,4%
|
Verben (V + V)
|
morden und brennen (oʻldirish va yoqish)
|
108
|
10,8%
|
Pronomen (Pron + Pron)
|
dies und jenes (uni-buni, unga-bunga)
|
45
|
4,5%
|
Partizipien (Prtz + Prtz)
|
behütet und beschirmt (kimningdir) soya-i davlatida boʻlmoq; himoyasida boʻlmoq),
|
37
|
3,7%
|
Zahlwörter (Num + Num)
|
fünf vor zwölf (hayot-mamot (oz vaqt qoldi maʻnosida))
|
21
|
2,1%
|
Präpositionen (Präp + Präp)
|
Für und Wider (foyda va zarar; plus-minus tomonlari, kamchilik va afzalliklari)
|
9
|
0,9%
|
Interjektionen (Intj + Intj)
|
ach und weh (ox- vox)
|
6
|
0,6%
|
Partikeln (Prtk + Prtk)
|
eh und je (azal-azaldan)
|
4
|
0,4%
|
Jami
|
|
1000
|
100 %
|
Jadvalda koʻrsatilishicha, juft soʻzlarning nemis tilida asosan koʻproq ot soʻz turkumidan tashkil topishi aniqlandi.
Oʻzbek tilida Sh.Imyaminova va G.Tilovovalarning “Nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlar” nomli uslubiy qoʻllanmasi va N.Mamatovning “Oʻzbek tilidagi hozirgi qoʻshma soʻzlar” nomli lugʻatlaridan 700 ta juft soʻz tanlab olindi va quyidagicha statistic tahlil qilindi.
Oʻzbek tilida ham asosan ot soʻz turkumi juft soʻzlar tarkibida yetakchilik qiladi. Ammo, nemis tilidagi otlarda juft soʻzlarning birinchi yoki ikkinchi komponentida soʻz oʻzgarmaydi. Masalan: Schimpf und Schande, Ross und Reiter. Oʻzbek tilida esa nemis tilidan farqli ravishda, juft soʻzlarda ikkala komponentlar ham oʻz oʻrnini doim ham saqlab qolmaydi. Ot soʻz turkumida juft soʻzlar nemis tilida predloglar bilan qoʻllansa, oʻzbek tilida soʻz yasovchi qoʻshimchalar orqali ifodalanadi. Agar juft soʻz soʻz yasovchi qoʻshimchani olgan holda juft soʻz sifatida qoʻllanmaydigan boʻlsa, soʻz yasovchi affiks juft soʻzning ikkala komponentiga qoʻshiladi. Masalan: yigʻim-terim, baqiriq-chaqiriq. Oʻzbek tilida yigʻ-ter juft soʻzi yoʻq. Shuning uchun “yigʻim-terim” juft soʻzida ot yasovchi qoʻshimcha - im affiksi ikkala komponentga qoʻshilgan. Agar ikkala komponent uchun umumiylik boʻlsa, soʻz yasovchi affiksga ega boʻlgan juft soʻz shu affiksni olmagan holda ham, juft soʻz sifatida qoʻllanadigan boʻlsa, bunday hollarda soʻz yasovchi affiks juft soʻzning keyingi komponentiga qoʻshiladi. Masalan, mast-alastlik, qarindosh-urugʻchilik, oshna-ogʻaynigarchilik. Bundan tashqari nemis tilida otlashgan feʻllarning ham juft soʻzlarni tashkil etganini koʻrish mumkin. Oʻzbek tilida esa bu holatni juda kamdan-kam uchratamiz. Masalan, Lachen und Weinen, Tun und Lassen, Wissen und Willen va.b. Shuningdek, nemis tilida sifatlarning otlashishi hamda juft soʻz tarkibida ishtiroki ancha farq qiladi. Das Alte und das Neue, Das Lange und das Kurze. Nemis tilidagi otlashgan ravishlarda ham aynan shu holat kuzatiladi. das Hin und Her, das Auf und Ab.
Otlardan tashkil topgan juft soʻzlar oder bogʻlovchisi bilan juft soʻz hosil qiladi. Paar oder Unpaar, Scherz oder Ernst, Sieg oder Tod, Wohl oder Übel va otlardan tashkil topgan juft soʻzlar weder... noch, nicht...nicht yuklamalari bilan ham juft soʻz hosil qiladi: weder Fisch noch Fleisch, nichts Halbes und nichts Ganzes. Shuningdek, otlardan tashkil topgan juft soʻzlar von... bis predloglari orqali ham juft soʻz hosil qilishi mumkin: von Kopf bis Fuss, vom Scheitel bis Sohle. Demak ot soʻz turkumi birinchi variantda und bogʻlovchisi bilan, ikkinchi variantda oder bogʻlovchisi bilan, uchinchi variantda weder…noch yuklamasi bilan, toʻrtinchi variantda esa von...bis predloglari yordamida juft soʻzlar hosil qilishi koʻrib chiqildi. Nemis tilida soʻz turkumlaridan iborat boʻlgan juft soʻzlarning koʻmakchilar, predloglar va bogʻlovchilar yordamida yasalishining statistik tahlili natijalari quyidagicha.
|