|
Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
|
bet | 24/52 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #260880 |
Bog'liq Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchSacrum–profanum/Göttlichkeit – (ilohiylik) ilohiyatni olamda mavjud boʻlgan biror bir narsa yoki shaxslarga taqqoslash holatida kuzatiladi: Gott und König (Xudo va qirol), Gott und die Welt (Xudo va koinot). Oʻzbek tilida uchramaydi.
Ushbu guruhlarga boʻlinish orqali juft soʻzlarning aynan qaysi kontekstlarda kelishini nemis tilida aniqlay olish va shunga koʻra ularni juft soʻzlar ekanligini tezda ajrata olish mumkin. Bugungi kunda oʻzbek tilida nemis tilidagi kabi ketma-ketlik juft soʻzlarda oʻrganilmagan boʻlsa-da, aynan oʻzbek tilidagi juft soʻzlarning ham oʻziga xos guruhlanishida aniq tizimlarni uchratish mumkin. Ammo, nemis tilidan farqli ravishda oʻzbek tilida juft soʻzlar kamchilikni tashkil etadi, sababi baʻzan ular qoʻshma soʻzlar hamda takroriy soʻzlar tarkibiga kiritilib yuboriladi. Albatta ushbu unsurlar nemis tilidan berilayotgan juft soʻzlarni oʻzbek tilida chogʻishtirish jarayonida oʻz taʻsirini oʻtkazmay qolmaydi.
Yuqorida keltirilgan koʻplab misollardan, xulosa qilib aytish mumkinki, juft soʻzlar tarkibiy qismlarining tekis ketma-ketligi aniqlik prinsipi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan koʻplab omillar bilan belgilanadi.
2.3. Nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning oʻziga xos xususiyatlari
Nemis tilida juft soʻzlarning boshqa tillardan farqli ravishda bir qancha oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan, juft soʻzlarni soʻz turkumlariga koʻra taqsimlanishi qanoatlantirmasligi mumkin, bunda idiomalashgan kombinatsiyaning sintaktik vaziyati haqida hech qanday aniq bir fikr beruvchi qarashlar yoʻq.75 Juft soʻzlarning otlashgan tarkibiy qismlarida esa bitta old koʻmakchi orqali bogʻlanishi frazemaning bir qismi sifatida koʻrib chiqiladi. Quyidagi misollarga eʻtibor beraylik: bei Nacht und Nebel (zim-ziyo), nach Jahr und Tag (koʻp yildan soʻng). Yoki frazeologik juft soʻzlarning feʻlga bogʻlanishi ham kamdan kam holatda boshqa tillarda uchraydi: alles kurz und klein schlagen, bei jmdm. ist Hopfen und Malz verloren, von Tuten und Blasen keine Ahnung haben.
“Juft so´zlarda ikkala komponentlar ham o´z o´rnini saqlab qoladi. So´zlarni o´rni almashtirilmaydi”76. Ot so´z turkumida juft so´zlar nemis tilida predloglar bilan qo´llansa, o´zbek tilida so´z yasovchi qo´shimchalar orqali ifodalanadi. Agar juft soʻz, soʻz yasovchi qoʻshimchani olgan xolda juft soʻz sifatida qoʻllanmaydigan boʻlsa, soʻz yasovchi affiks juft soʻzning ikkala komponentiga qoʻshiladi. Masalan: yigʻim-terim, baqiriq-chaqiriq. Oʻzbek tilida yigʻ-ter juft soʻzi yoʻq. Shuning uchun yigʻim-terim juft soʻzida ot yasovchi qoʻshimcha - im affiksi ikkala komponentga qoʻshilgan. Agar ikkala komponenta uchun umumiy boʻlgan, soʻz yasovchi affiksga ega boʻlgan juft soʻz shu affiksni olmagan holda ham, juft soʻz sifatida qoʻllanadigan boʻlsa, bunday hollarda soʻz yasovchi affiks juft soʻzning keyingi komponentiga qoʻshiladi. Masalan: mast-alastlik, qarindosh-urugʻchilik, oshno-ogʻaynigarchilik. Tadqiqot jarayonida shunga amin boʻldikki, otlardan tashkil topgan juft soʻzlar orasida otlashgan feʻllarni ham uchratish mumkin.
Otlashgan feʻllar: Schlafen und Wachen - uyqu va bedorlik, Lachen und Weinen kulgu va yigʻi. Tun und Lassen - turmush-kechirmish. Wissen und Willen-bila turib, ongli ravishda, inon-ixtiyori bilan.
Otlashgan sifatlar: Das Alte und das Neue - eski va yangi, Das Alte und das Neue - uzun va qisqa.
Otlashgan ravishlar: das Hin und Her - u yoqqa bu yoqqa, das Auf und Ab - oldinga - orqaga, oldinga — ortga.
Otlardan tashkil topgan juft soʻzlar oder bogʻlovchisi bilan juft soʻz hosil qiladi. Paar oder Unpaar - juft yoki toq, Scherz oder Ernst - xazil yo jiddiy, xazil- mutoyiba, Sieg oder Tod gʻolib yoki magʻlub, Wohl oder Übel - chor- nochor, chorasiz.
Otlardan tashkil topgan juft soʻzlar weder... noch, nicht...nicht yuklamalari bilan xam juft soʻz hosil kiladi. weder Fisch noch Fleisch - na u yoqli, na bu yoqli, nichts Halbes und nichts Ganzes - na to´liq, na yarim.
Otlardan tashkil topgan juft so´zlar von... bis predloglari orqali juft so´z hosil qiladi. von Kopf bis Fuss – boshdan - oyoq, vom Scheitel bis Sohle - yuqoridan –pastga, tepadan – pastga.
Demak otlar birinchi variantda und bog´lovchisi bilan, ikkinchi variantda oder bog´lovchisi bilan, uchinchi variantda weder.. noch yuklamasi bilan, to´rtinchi variantda esa von.... bis predloglari yordamida juft so´zlar hosil qiladi. Endi ushbu variantlar yordamida otlardan iborat bo´lgan juft so´zlarning sxemasini tuzamiz.
Nemis tilida artikllar otlar oldidan kelib, ularning qaysi rodga tegishli ekanligini farqlab, ko´rsatib turadi. Odatda juft otlar oldidan artikllar ishlatilmaydi. Lekin boshqa suz turkumidagi so´zlar otlashganda bu qoida o´z kuchini yo´qotadi. das Gestern und das Heute, das Denken und das Trachten, das Auf und Ab, das Eine und das Andere, das Hin und Her.
Nemis tilida shunday juft soʻzlar borki, oʻzidan soʻng aniq bir feʻl soʻz turadi. Mund und Nase aufsperren, völlig uberrascht sein, jmdm. Brief und Siegel geben, Wahrheit von etwas beteuern, von Tuten und Blasen keine Ahnung haben, nichts von einer Sache verstehen, bei jmdm. ist Hopfen und Malz verloren, jmdm. ist nicht mehr zu bessem. Bunday juft soʻzlar boshqa feʻllar bilan qoʻllana olmaydi.
Bundan tashqari nemis tilidagi juft soʻzlarda semantik jihatdan kuzatishlar semantik qarindoshlik turadi. Ular yaqin sinonimlar yoki antonimlar yoki boshqa bir holatlarda muvofiqlik orqali semantik tizimda bir-biri bilan bogʻlangan boʻladi. Frazemaning maʻnosi ikkita tarkibiy qismning kombinatsiyasiga bogʻlangan metafora boʻlishi ham mumkin, masalan: zwischen Tier und Angel, Grund und Boden, Hab und Gut, null und nichtig va shu kabilar. Shuningdek, nemis tilida juft soʻzlarning vazifasiga koʻra fonologik, morfologik xususiyati orqali, jumladan, alliteratsiya unga mos ravishda esa Stabreim77 termini ham ishlatiladi. Masalan: Kind und Kegel (bola-chaqasi bilan, lash-lushi bilan), Mann und Maus (oʻligi-tirigi). Yana oxirgi qator tovushlari bir xilligi uchraydigan juft soʻzlar ham nemis tilida koʻplab uchraydi, ammo boshqa tillarda buni kuzatish qiyin.
Shunisi eʻtiborliki, nemis tilidagi juft soʻzlarda oʻzaro fonologik munosabat koʻplab nemis tilidagi juft soʻzlarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Yaʻni nemis tilida oʻrta asrlardan buyon to hozirgi davrga qadar juft soʻz yuridik terminlarda koʻp uchragan: null und nichtig, Grund und Boden v.b. Boshqa tillarda, jumladan, oʻzbek tilida aynan maʻlum bir sohada nemis tilidagi kabi juft soʻzlarning yillar davomida ortib borishini deyarli uchratish qiyin. Nemis tilidagi juft soʻzlar idiomalashgan soʻz turkumi, sintaktik vazifasi, stilistik elementlari kabi sinflarga boʻlinadi. Bunday aniqlash deyarli barcha tillardagi juft soʻzlarda uchrasa-da, ammo ularning mavjud qoidalari orasida farqli va faqatgina nemis tiliga xos xususiyatlarni koʻrish mumkin.
|
| |