|
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги
|
bet | 58/77 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 23,18 Mb. | | #128710 |
Bog'liq Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникациялаMustaqil topshiriq
Yuqoridagi ISTISNO-YOKI mantiqiy elementlarini shartli grafik belgilanishidan foydalanib Electronics Workbench dasturida sxemasini yarating.
A=1 va B=1 holat uchun
2) A=1 va B=0 holat uchun
3) A=0 va B=1 holat uchun
4) A=0 va B=0 holat uchun
Hisobot tarkibi
1. Laboratoriya ishining nomi va uni bajarishdan maqsad.
2. Prinsipial sxemasi.
3. Har bir bajarilgan ish va natijalar (jadval, grafik va boshqalar).
4. Xulosa.
5-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Mantiqiy elementlardan foydalanib R-S triggerini loyihalashtirish va tadqiqot qilish
Ishdan maqsad: Asinxron RS triggerlarining ishlash prinsipini o‘rganish
Nazariy qism.
EHMlarning sonli elementlari deb, mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi, axborotlarni xotirasida saqlovchi va signallarni kuchaytiruvchi va qayta ishlovchi qurilmalarga aytiladi.
Sonli avtomatlarda funksiya qiymati o‘zgaruvchilarning joriy taktdagi qiymatiga bog‘liq bo‘lmay, balki oldingi taktdagi qiymatlariga ham bog‘liqdir.
Demak, sonli avtomatlar bir va undan ortiq taktdagi signallarni o‘zida saqlashi kerak. EHMlarda bu vazifalarni asosan triggerlar bajaradi.
Trigger - ikkita teng kuchli, alternativ turg‘un holatga ega bo‘lgan (0 yoki 1) va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmadir.
Boshlang‘ich signallar ta’sirida trigger bir turg‘un holatdan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo‘liga ega: birinchisi to‘g‘ri chiqish yo‘li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo‘li teskari chiqish yo‘li deyiladi va bilan belgilanadi.
Triggerning kirish yo‘llarining soni uning bajariladigan funksiyasiga bog‘liq. Axborotlarni yozish bo‘yicha triggerlar 2 ga bo‘linadi:
Asinxron triggerlarda axborotning o‘zgarishi uchun istalgan paytda kirish signallarining berilishi bilan o‘zgaradi.
Sinxron triggerlarning chiqish yo‘lida signallarning o‘zgarishi uchun uning kirish yo‘liga qo‘shimcha sinxrosignal (boshkarish signali) berish kerak. Aks holda bunday triggerlarda axborotlarni yozib bo‘lmaydi.
EHM qurilmalarida turli funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan triggerlar qo‘llaniladi. Lekin barcha sxemalarning asosini asinxron RS trigger tashkil etadi.
|
| |