|
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги
|
bet | 74/77 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 23,18 Mb. | | #128710 |
Bog'liq Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникациялаElectronics Workbench dasturida “Logic Converter” bilan ishlah
EWB dasturini ishga tushiramiz.
“Instruments” bo’limidagi elementlardan Logic Converterni ishchi maydonga qo’yamiz.
1-rasmda ko’rsatilgan Logic Converter yordamida 8 razriyadli bo’lgan raqamli signallar hosil qilingan.
rasm
2-rasmda ko’rsatilgan Logic Converter yordamida 7 razriyadli bo’lgan raqamli signallar hosil qilingan.
2-rasm
Topshiriq: Logic Converter yordamida 2, 3, 4, 5, razriyadlar bo’lganda raqamli signallarni hosil qiling.
14-LABORATORIYA ISHI
Mavzu:Registr sxemasini loyihalashtirish va ishlash tamoyilini o‘rganish
Ishdan maqsad: Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirshda registr sxemasini ishlashini o’rganish.
Nazariy qism:
Registrlar va ularning asosiy vazifalari
Registrlar - axborotlarni saqlash va ular ustida ayrim amallarni bajarish uchun xizmat qiladigan EHMlarning uzeli yoki operatsion elementidir.
Registrlar odatda triggerlar asosida quriladi. Triggerlarning soni registrning razryadiga bog‘liqdir.
Registrlar quyidagi amallarni bajaradi:
Registrni nol yoki bir ( 0 yoki 1) holatga o‘rnatish.
Boshqa qurilmadin kodni qabul qilish.
Boshqa qurilmaga kodni uzatish.
Kerakli razryad sonigacha kodni chapga yoki o‘ngga siljitish.
Ketma-ket kodni parallel kodga o‘zgartirish va aksincha.
To‘g‘ri kodni teskari yoki qo‘shimcha kodga o‘zgartirish va aksincha.
Mantiqiy amallarni bajarish.
Registrlar parallel, ketma-ket, ketma-ket - parallel va parallel- ketma-ket turlarga bo‘linadi.
Ta’rifi: Registr ketma-ket turdagi raqamli qurilma bo‘lib, ko‘p razryadli ikkilik sonlar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi.
Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan iborat.
|
| |