|
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги
|
bet | 75/77 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 23,18 Mb. | | #128710 |
Bog'liq Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникациялаRegistrning shartli belgisi
Parallel registr
Parallel registr ma’lumotlarni parallel shaklda yozish, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan.
Bu amallarni bajarishdan avval registr dastlabki holatga (0) o‘rnatiladi.
Ma’lumot parallel ravishda qayta ishlangani tufayli, registrni tashkil etuvchi triggerlar ham razryadlar sonidan kelib chiqqan holda o‘zaro bog‘lanmagan.
Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi registrlar
Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi ikki taktli registrning sxemasini ko‘rib chiqamiz. Bunday registr asinxron RS- triggerlardan hamda «VA» mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Axborotni registrga yozish uchun a1, a2,..., an shinalardan ikkilik kod registrga uzatiladi va «Прием информации» boshqaruvchi signal berilgan taqdirdagina ushbu ikkilik kod registrga yoziladi. Registrga axborotni yozishdan oldin «Установка 0 Сброс» nomli boshqaruvchi signal yordamida registr tozalanadi. Registrning chiqish yo‘llaridan to‘g‘ri kodni olish uchun «Выдача прямого кода» boshqaruvchi signal beriladi. Registrning chiqish yo‘llaridan teskari kodni olish uchun «Выдача инверсного кода» boshqaruvchi signal beriladi.
Electronics Workbench dasturida “Registr sxemasini” elementini yasash.
EWB dasturini ishga tushiramiz.
“Digital” va “Instruments” bo’limidagi elementlardan ishchi maydonga qo’yamiz. Registr sxemasini loyihalashtirishda va ishlash tamoyilini yasash uchun kerak bo’ladigan boshqa piktogrammalarni ham ishchi maydonga joylashtiramiz.
Activate simulation tugmasini bosganimizdan keyin ketma-ket indicator
lampalari yonib ishga tushadi va quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
Keyingi indicatorni yongan holatini ko’rinishi
|
| |