• «Chigitni turli usul va tizimlarda ekishni tuproqning
  • tuproq va iqlim sharoiti, tadqiqot olib borish usuli va uslublari»




    Download 1,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/32
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,92 Mb.
    #110147
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
    Bog'liq
    aftoreferat 2023

    tuproq va iqlim sharoiti, tadqiqot olib borish usuli va uslublari» deb nomlangan 
    ikkinchi bobida, tadqiqot o„tkazilgan xududning geografik o„rni, tuproq-iqlim 
    sharoitlari va tadqiqot o„tkazish uslublari, tajriba maydoni tuprog„ining dastlabki 
    agrofizik va suv fizik xossalari hamda agrokimyoviy xususiyatlari, tuproq va 
    o„simliklar ustida olib boriladigan tahlillar va fenologik kuzatuvlar uslublari hamda 
    qo„llanilgan agrotexnik tadbirlar bo„yicha ma‟lumotlar keltirilgan. 
    Tadqiqotlar 2018-2020 yillari Paxta seleksiyasi, urug„chiligi va yetishtirish 
    agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi 
    tajriba dalasida olib borilgan bo„lib, tuprog„ining ozuqa elementlari bilan 
    ta‟minlanishi, nitrat, fosfor va kaliy bilan kam darajada ta‟minlanganligi aniqlangan. 
    Tadqiqotlar dala va laboratoriya sharoitida olib borilgan bo„lib, bunda dala 
    tajribalarini joylashtirish, hisoblash va fenologik kuzatuvlar olib borishda “Dala 
    tajribalarini o„tkazish uslublari” (O„zPITI, 2007), tuproqning 0-30 va 30-50 sm. 
    qatlamlaridan agrofizik (hajm massa, g„ovaklik, suv o„tkazuvchanlik, tuproqning 
    donadorligi) 
    hamda 
    agrokimyoviy 
    xossalarini 
    aniqlashda 
    «Методы 
    агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в 


    11 
    поливных хлопковых раѐнах» uslubiy qo„llanmalaridan foydalanilgan holda olib 
    borilgan. Tajribalardan olingan ma‟lumotlarga statistik ishlov berish Б.Доспехов 
    (М.: 1985) ning uslubiy qo„llanmasi bo„yicha dispersion tahlil asosida hisoblab 
    chiqarilganligi bayon qilingan. 
    Agrokimyoviy tahlillarni olib borishda tuproqning 0-30 va 30-50 sm. 
    qatlamlaridan tuproq na‟munalari olinib, gumus miqdori И.В.Тюрин, azot va 
    fosforning umumiy miqdorlari А.Ф.Гритсенко, И.М.Малсева, nitratli azot miqdori 
    Грандвалд–Ляжу, harakatchan fosfor miqdori Б.П.Мачигин, almashinuvchi kaliy 
    miqdori П.В.Пратасов, tuproqning hajm massasi va g„ovakligi (Н.А.Качинский) 
    silindr usulida, suv o„tkazuvchanligi katta diametrli silindrlar yordamida (С.Долгов), 
    tuproqning agregatlari va fraksiyalari sita elaklari yordamida (И.Н.Савинов), tuproq 
    haroratini o„lchash TL-7 asbobi yordamida aniqlangan. 
    Tajriba tizimi 17 ta variantdan iborat bo„lib, 3 qaytariqda, bir yarusda 
    joylashtirildi. Tajribada variantlarida egatlar kengligi 90 sm va 114 sm, egat uzunligi 
    100 m. Har bir bo„lakchalar maydoni egat kengligi 90 sm bo„lgan variantlarda 720 
    m
    2
    , shundan hisobga olinadigan maydon 360 m
    2
    . Egat kengligi 114 sm bo„lgan 
    variantlarda 912 m
    2
    , shundan hisobga olinadigan maydon 456 m
    2
    . Tajribalarning 
    umumiy maydoni 4,2 gektarni tashkil etgan. 
    Andijon viloyatining och tusli bo„z tuproqlari sharoitida o„tkazilgan tajribada 
    ikki xil ekish usullari (ochiq maydonga va plyonka ostiga), uch xil chigit ekish tizimi 
    qo„llanildi. Bunda 1-2 -variantlarda chigitlar ochiq va plyonka ostiga 90x10-1 
    tizimida 111 ming tup/ga nazariy ko„chat qalinligida, 3-4 variantlarda chigitlar 
    qo„shqator qilib ochiq maydonga, 5-6 variantlarda chigitlar pushtaga plyonka to„shab 
    va 7-8 variantlarda chigitlar yoppasiga plyonka to„shab pushtaga qo„shqator qilib 
    90x(60x30)x12-1 va 90x(60x30)x15-1 tizimlarda 185-148 ming tup/ga nazariy 
    ko„chat qalinligida, 9-10-11 variantlarda chigitlar ochiq maydonga qo„shqator usulda, 
    12-13-14 variantlarda chigit pushtaga plyonka to„shab qo„shqator usulda va 15-16-17 
    variantlarda chigit yoppasiga plyonka to„shab, pushtaga qo„shqator usulda 
    (76x38)x8,8-1; (76x38)x9,7-1; (76x38)x11,4-1 tizimlarda 199-180-154 ming tup/ga 
    nazariy ko„chat qalinligida chigit ekilgan. 
    Tajriba variantlarida g„o„zani oziqlantirishda, azotli o„g„itlardan ammiakli 
    selitra (N–34%), fosforli o„g„itlardan superfos (P
    2
    O
    5
    –12–14%), kaliyli o„g„itlardan 
    kaliy xlor tuzidan (K
    2
    O–50%) foydalanilgan. 
    Tajribada variantlarga fosforli o„g„itlarning yillik me‟yorini 70% va kaliyli 
    o„g„itlarning 100% miqdori kuzda, shudgor ostiga, fosforli o„g„itlar qolgan 30% 
    miqdori ekish bilan birga berilgan. 
    Azotli o„g„itning yillik me‟yorlari ochiq maydonga hamda pushtaga plyonka 
    to„shab ekilgan variantlarga shonalash davrida 50%, gullash davrida 50% miqdorida, 
    yoppasiga plyonka to„shab ekilgan variantlarga ekish bilan birga 100% miqdorida 
    qo„llanilgan. 
    Dissertatsiyaning «Chigitni turli usul va tizimlarda ekishni tuproqning 

    Download 1,92 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




    Download 1,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    tuproq va iqlim sharoiti, tadqiqot olib borish usuli va uslublari»

    Download 1,92 Mb.
    Pdf ko'rish