• INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
  • AGROTEXNOLOGIYALARNING ILMIY ASOSLARI 06.01.01 - Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik QISHLOQ XO‘JALIGI FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PHD)
  • KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
  • E’lon qilingan ishlar ro‘yxati




    Download 1,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/32
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,92 Mb.
    #110147
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
    Bog'liq
    aftoreferat 2023

    E’lon qilingan ishlar ro‘yxati
    Список опубликованных работ
    List of published works...............................................................................................45 



    ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR 
    INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI 
    PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH 
    ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR 
    INSTITUTI 
    JANIBEKOV DILYORBEK ABDUMANNOBOVICH 
    ANDIJON VILOYATI SHAROITIDA G‘O‘ZADAN YUQORI VA SIFATLI 
    PAXTA HOSILINI TA’MINLOVCHI RESURSTEJAMKOR 
    AGROTEXNOLOGIYALARNING ILMIY ASOSLARI 
    06.01.01 - Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik 
    QISHLOQ XO‘JALIGI FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PHD) 
    DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI 
    ANDIJON 

     2023 



     



    KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda paxta 
    to„qimachilik sanoatining asosiy hom-ashyosi hisoblanib, paxta tolasiga bo„lgan 
    extiyoj yildan yilga ortib bormoqda. “Dunyoning 92 dan ortiq mamlakatlarida yiliga 
    26,2 mln tonna paxta tolasi yetishtirilib, buning 6,2 mln tonnasi Hindiston, 6,1 mln 
    tonnasi Xitoy, 3,6 mln tonnasi AQSh, 2,4 mln tonnasi Pokiston, 1,4 mln tonnasi 
    Braziliya va 1,1 mln tonnasi O„zbekiston”
    1
    kabi davlatlarning hissasiga to„g„ri keladi. 
    Ushbu davlatlar yer yuzida yetishtirilayotgan paxta tolasini 79,7 foizini ishlab 
    chiqarishi bilan birga eng ko„p tola eksport qiladigan davlatlar hisoblanadi. Yuqorida 
    keltirilgan ma‟lumotlardan xulosa qilish mumkinki, yengil sanoatni yildan yilga 
    paxta tolasiga bo„lgan talabini ortib borayotganligini hisobga olgan holda yangi 
    hosildor navlarni yaratish va ularni morfologik hamda biologik xususiyatlarini 
    inobatga olgan holda resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish qishloq 
    xo„jaligi hodimlari oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. 
    Dunyoning paxta yetishtiruvchi rivojlangan mamlakatlarida g„o„za o„simligini 
    parvarishlashda ilg„or fan yutuqlaridan keng foydalangan holda tola sifati yuqori 
    bo„lgan paxta hosili yetishtirishga katta e‟tibor qaratib kelmoqdalar. Bu borada 
    chigitni ekish muddatlarini to„g„ri belgilash va ekish tizimlarini tanlashda g„o„za 
    navlarini biologik va morfologik xususiyatlarini, yetishtirilayotgan mintaqaning 
    tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olish muhimdir. G„o„za o„simligidan yuqori paxta 
    hosili va sifatli tola yetishtirishda har bir navni biologik va morfolok xususiyatlaridan 
    kelib chiqqan holda mintaqalar kesimida maqbul ekish muddatlari, ekish tizimlari va 
    ekish usullarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish shu kundagi 
    muhim va dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
    Hozirgi kunda respublikamizda g„o„zani yangi yaratilgan va ekib kelinayotgan 
    navlarni maqbul ekish tizimlarini o„rganish hamda paxtachilikda erishilayotgan fan 
    yutuqlaridan keng ko„lamli foydalanish natijasida yuqori hosildorlikka erishib 
    kelinmoqda. Lekin, jahon tajribalariga tayangan holda yerlardan intensiv ravishda 
    foydalanish maqsadida chigitlarni turli usullarda va tizimlarda ekib, ko„chat 
    qalinligini gektariga 150 ming tupdan oshirish va shunga bog„liq holda yetishtirish 
    agrotexnologiyasini ishlab chiqishga yetarlicha e‟tibor qaratilmagan. O„zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining 2021˗yil 26˗fevraldagi PQ−5009 sonli “O„zbekiston 
    Respublikasi qishloq xo„jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo„ljallangan 
    strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari 
    to„g„risida” gi, 2022˗yil 7˗iyuldagi PQ˗308 sonli “Paxta hosildorligini oshirish, paxta 
    yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo„shimcha tashkiliy chora-
    tadbirlari to„g„risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta‟minlashda 
    xududlarga ekish uchun tavsiya etilgan navlarni mintaqaning tuproq˗iqlim 
    sharoitlaridan kelib chiqqan holda yetishtirish agrotexnikalarini takomillashtirib 
    borish borasidagi ilmiy izlanishlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Prezidentimizning 2021˗yil 16˗noyabrdagi PF 14-sonli “Paxta˗to„qimachilik 
    klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to„g„risida”gi, 2020˗yil 
    1
     
    https://www.atlasbig.com/ru/
     



    6˗martdagi PQ−4633˗sonli “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish 
    chora-tadbirlari to„g„risida”gi, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    2021˗yil 4˗dekabrdagi 733sonli “Paxta˗to„qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil 
    etish tartibi to„g„risidagi nizomni tasdiqlash” va 2021˗yil 10˗dekabrdagi 747˗sonli 
    “Paxta˗to„qimachilik klasterlari faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari 
    to„g„risida”gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me‟yoriy˗huquqiy 
    hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti 
    muayyan darajada xizmat qiladi. 

    Download 1,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




    Download 1,92 Mb.
    Pdf ko'rish