• G‘o‘zani turli ekish usullari va tizimlarida ekib yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi
  • «Ishlab chiqarish sharoitida olib borilgan tadqiqotlar va ularning natijalari»
  • Chigit ekish usullari va tizimlarining paxta hosildorligiga ta’siri




    Download 1,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/32
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,92 Mb.
    #110147
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
    Bog'liq
    aftoreferat 2023

    Chigit ekish usullari va tizimlarining paxta hosildorligiga ta’siri 
    Var 
    Variantlar 
    Ekish sxemasi 
    Yillar 
    Uch yilda 
    o‘rtacha, 
    s/ga 
    Chigit ekish 
    tizimlariga 
    nisbatan, 
    +/- 
    Chigit 
    ekish 
    usuliga 
    nisbatan, 
    +/- 
    2018 
    yil 
    2019 
    yil 
    2020 
    yil 

    Ochiq maydonga 
    chigit ekish 
    90x10-1 
    30,7 
    29,4 
    31,2 
    30,4 

    Yakka qatorlab 
    plyonka to„shab 
    chigit ekish 
    90x10-1 
    37,1 
    36,5 
    37,4 
    37,0 
    6,6 

    Ochiq maydonga 
    qo„shqator chigit 
    ekish 
    90x(60x30)x12-1 
    33,1 
    32,4 
    33,6 
    33,0 
    2,6 

    90x(60x30)x15-1 
    31,5 
    30,3 
    31,8 
    31,2 
    0,8 

    Qo„shqator 
    pushtaga plyonka 
    to„shab chigit 
    ekish 
    90x(60x30)x12-1 
    41,2 
    42,0 
    42,6 
    41,9 
    4,9 
    8,9 

    90x(60x30)x15-1 
    40,6 
    39,2 
    41,9 
    40,6 
    3,6 
    9,4 

    Yoppasiga 
    plyonka to„shab, 
    pushtaga 
    qo„shqator chigit 
    ekish 
    90x(60x30)x12-1 
    39,8 
    38,6 
    40,2 
    39,5 
    2,5 
    6,5 

    90x(60x30)x15-1 
    38,7 
    37,0 
    39,5 
    38,4 
    1,4 
    7,2 

    Ochiq maydonga 
    qo„shqator chigit 
    ekish 
    (76x38)x8,8-1 
    33,8 
    32,9 
    34,4 
    33,7 
    3,3 
    10 
    (76x38)x9,7-1 
    34,5 
    33,3 
    35,2 
    34,3 
    3,9 
    11 
    (76x38)x11,4-1 
    31,5 
    31,3 
    32,7 
    31,8 
    1,4 
    12 
    Qo„shqator 
    pushtaga plyonka 
    to„shab chigit 
    ekish 
    (76x38)x8,8-1 
    41,9 
    42,3 
    44,1 
    42,8 
    5,8 
    9,1 
    13 
    (76x38)x9,7-1 
    43,8 
    42,5 
    44,5 
    43,6 
    6,6 
    9,3 
    14 
    (76x38)x11,4-1 
    41,3 
    40,8 
    41,7 
    41,3 
    4,3 
    9,5 
    15 
    Yoppasiga 
    plyonka to„shab, 
    pushtaga 
    qo„shqator chigit 
    ekish 
    (76x38)x8,8-1 
    39,2 
    38,4 
    40,1 
    39,2 
    2,2 
    5,5 
    16 
    (76x38)x9,7-1 
    40,0 
    39,3 
    40,8 
    40,0 
    3,0 
    5,7 
    17 
    (76x38)x11,4-1 
    38,8 
    37,7 
    39,8 
    38,8 
    1,8 
    7,0 
    НСР
    05
     
    1,3 
    s/ga 
    1,1 
    s/ga 
    1,4 
    s/ga 
    Pushtaga plyonka to„shab, chigitlar yakkaqator qilib, 90x10-1 tizimda ekilgan 
    2-variantning paxta hosildorligi o„rganilganida, uch yilda o„rtacha 37,0 s/ga ni tashkil 
    etgan bo„lsa, pushtaga plyonka to„shab, chigitlar qo„shqator qilib, 90x(60x30)x12-1 
    va 90x(60x30)x15-1 tizimlarda ekilgan 5-6 variantlarda 2-variantga nisbatan 
    qo„shimcha ravishda 4,9-3,6 s/ga, pushtaga plyonka to„shab, chigitlar qo„shqator qilib 
    (76x38)x8,8-1; (76x38)x9,7-1; (76x38)x11,4-1 tizimlarda ekilgan 12-13-14 


    18 
    variantlarda 2-variantga nisbatan 5,8-6,6-4,3 s/ga paxta hosili yetishtirilganligi 
    kuzatilgan. Pushtalarga yoppasiga plyonka to„shab, chigitlar 90x(60x30)x12-1 va 
    90x(60x30)x15-1 tizimlarda ekilgan 7-8 variantlarda 2-variantga nisbatan qo„shimcha 
    ravishda 2,5-1,4 s/ga, pushtalarga yoppasiga plyonka to„shab, chigitlar (76x38)x8,8-
    1; (76x38)x9,7-1; (76x38)x11,4-1 tizimlarda ekilgan 15-16-17 variantlarda esa 2-
    variantga nisbatan 2,2-3,0-1,8 s/ga paxta hosildorligi olinganligi aniqlangan. 
    Dissertatsiyaning «G‘o‘zani turli ekish usullari va tizimlarida ekib 
    yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi» deb nomlangan beshinchi bobida 2018-
    2020 yillar davomida olib borgan tadqiqotlarning variantlar kesimida iqtisodiy 
    samaradorligi bayon etilgan. 
    Chigitlarni ochiq pushtaga 90x10-1 tizimda ekilgan 1-variantning iqtisodiy 
    samaradorligi tahlil qilinganida, rentabellik darajasi esa mos ravishda 18,3 foizni 
    ko„rsatgan bo„lsa, chigitlar ochiq pushtaga qo„shqator qilib 90x(60x30)x12-1 va 
    90x(60x30)x15-1 tizimlarda ekilgan 3-4 variantlarning rentabellik darajasi 1-
    variantga nisbatan 3,0-4,9-2,3 foizga yuqori bo„lganligi aniqlandi.
    Chigitlar pushtaga, plyonka ostiga yakka qatorlab 90x10-1 tizimda ekilgan 2-
    variantning iqtisodiy rentabelligi o„rganilganida esa 25,8 foizni tashkil etgan bo„lsa, 
    chigitlar pushtaga plyonka to„shab qo„shqator qilib 90x(60x30)x12-1 va 
    90x(60x30)x15-1 tizimlarda ekilgan 5-6 variantlarda 2-variantga nisbatan rentabellik 
    ko„rsatkichi 6,9-7,0 foizga, chigitlar pushtaga plyonka to„shab, qo„shqator qilib 
    (76x38)x8,8-1; (76x38)x9,7-1; (76x38)x11,4-1 tizimlarda ekilgan 12-13-14 
    variantlarda 10,1-11,9-10,5 foizga, pushtalarga yoppasiga plyonka to„shab, chigitlar 
    pushtaga qo„shqator qilib, 90x(60x30)x12-1 va 90x(60x30)x15-1 tizimlarda ekilgan 
    7-8 variantlar 5,2-5,5 foizga, pushtalarga yoppasiga plyonka to„shab, chigitlar 
    pushtaga qo„shqator qilib (76x38)x8,8-1; (76x38)x9,7-1; (76x38)x11,4-1 tizimlarda 
    ekilgan 15-16-17 variantlarda 6,4-8,3-8,1 foizga yuqori bo„lganligi kuzatilgan. 
    Dissertatsiyaning «Ishlab chiqarish sharoitida olib borilgan tadqiqotlar va 
    ularning natijalari» deb nomlangan oltinchi bobida 2022 yilda ishlab chiqarish 
    sharoitida olib borilgan sinov tajriba natijalari bayon etilgan. 
    Ishlab chiqarish tajribalari 2022˗yili Andijon viloyati bo„yicha jami 192,6 
    gektar maydonda olib borildi. Tajriba variantlar o„rtasida chigitli paxta hosildorligi 
    aniqlanganda, pushtaga plyonka to„shab, chigitlar qo„shqator qilib, 90x(60x30)x12-1 
    va (76x38)x9,7-1 tizimlarda ekilganda paxta hosildorligi o„rtacha 38,0-40,4 s/ga, 
    rentabellik ko„rsatkichi 28,8-34,6 foizga teng bo„lib, pushtaga plyonka to„shab, 
    chigitlar yakka qator qilib, 90x10-1 tizimda ekilganga nisbatan qo„shimcha ravishda 
    2,2-4,6 s/ga paxta hosili olinib, rentabellik darajasi 5,7-11,5 foizga yuqorilagani qayd 
    etildi. 
    Paxta hosili chigit ekish usullari kesimida tahlil qilinganida esa ochiq 
    maydonga ekilgan tizimlarga nisbatan plyonka ostiga ekilgan tizimlarda paxta 
    hosildorligi 5,8 s/ga dan 6,8 s/ga gacha, rentabellik ko„rsatkichi esa mos ravishda 5,6 
    foizdan 12,1 foizgacha yuqori bo„lganligi aniqlandi. 
    Olingan natijalardan ko„rish mumkinki, ekish tizimlari bo„yicha paxta 
    hosildorligi ko„chat qalinligi hisobiga qo„shimcha ravishda 2,2 s/ga dan 4.6 s/ga 
    gacha hosil olinib, rentabellik darajasi 1,8 foizdan 11,5 foizgacha o„sgan bo„lsa, ekish 
    usullari bo„yicha ochiq maydonga nisbatan plyonka ostiga ekilganida paxta hosili 5,8 


    19 
    s/ga dan 6,8 s/ga gacha, rentabellik ko„rsatkichi esa 5,6 foizdan 12,1 foizgacha yuqori 
    bo„lganligi aniqlangan. 

    Download 1,92 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




    Download 1,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chigit ekish usullari va tizimlarining paxta hosildorligiga ta’siri

    Download 1,92 Mb.
    Pdf ko'rish