rivojlanishi va paxta hosiliga ta’siri




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/32
Sana03.12.2023
Hajmi1,92 Mb.
#110147
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
aftoreferat 2023

rivojlanishi va paxta hosiliga ta’siri» deb nomlangan to„rtinchi bobida chigitni 
ekish usullari va tizimlarini nihollarning unib chiqish dinamikasiga va ko„chat 
qalinligiga, o„suv davrida sug„orish muddatlari va me‟yorlariga, g„o„za o„simligining 
o„sib rivojlanishiga va hosil elemetlarini shakllanishiga, paxta hosildorigiga, tolaning 
texnologik sifat ko„rsatkichlariga, ta‟siri bo„yicha ma‟lumotlar bayon qilingan. 
Tajriba variantlarida ekish usullari va tizimlariga bog„liq holda ko„chat 
qalinliklari bo„yicha olingan natijalarning ko„rsatishicha, pushtaga plyonka to„shab, 
chigitlar 90x10-1 tizimda ekilgan variantda, chigitlar ushbu tizimda ochiq maydonga 
ekilgan variantga nisbatan ko„chatlarning unib chiqishi 1,7 ming tup/ga, amal davri 
oxirida xaqiqiy ko„chat qalinligi 3,5 ming tup/ga, pushtaga plyonka to„shab, chigitlar 
90x(60x30)x12-1 va 90x(60x30)x15-1 tizimlarda ekilgan variantlarda, chigitlar 
ushbu tizimlarda ochiq maydonga ekilgan variantlarga nisbatan ko„chatlarning unib 
chiqishi 1,8-2,3 ming tup/ga, amal davri oxirida xaqiqiy ko„chat qalinligi 5,3-4,5 
ming tup/ga, pushtalarga yoppasiga plyonka to„shab, chigitlar 90x(60x30)x12-1 va 
90x(60x30)x15-1 tizimlarda ekilgan variantlarda esa ushbu tizimda chigitlar ochiq 
maydonga ekilgan variantlarga nisbatan ko„chatlarning unib chiqishi 2,9-3,1 ming 
tup/ga, amal davri oxirida xaqiqiy ko„chat qalinligi 7,4-6,2 ming tup/ga gacha yuqori 
natijalar olingan. 
Pushtaga 
plyonka 
to„shab, chigitlar (76x38)x8,8-1; (76x38)x9,7-1; 
(76x38)x11,4-1 tizimlarda ekilgan variantlarda ushbu tizimlarda chigitlar ochiq 
maydonga ekilgan variantlarga nisbatan ko„chatlarning unib chiqishi 3,2-3,1-2,3 
ming tup/ga gacha, amal davri oxirida xaqiqiy ko„chat qalinligi 6,4-5,7-4,6 ming 
tup/ga gacha yuqori natija ko„rsatganligi aniqlangan bo„lsa, pushtalarga yoppasiga 
plyonka to„shab, chigitlar (76x38)x8,8-1; (76x38)x9,7-1; (76x38)x11,4-1 tizimlarda 
ekilgan variantlarda ushbu tizimda chigitlar ochiq maydonga ekilgan variantlarga 
nisbatan ko„chatlarning unib chiqishi 4,2-4,0-3,5 ming tup/ga gacha, amal davri 
oxirida xaqiqiy ko„chat qalinligi 8,7-7,5-6,9 ming tup/ga gacha yuqori natija 
olinganligi qayd etilgan. 
Chigitlarni ekish usullariga bog„liq holda mavsumiy sug„orish me‟yorlariga 
bo„lgan talabi aniqlab borilganida, chigitlar ochiq maydonga ekilgan variantlarda 
mavsumiy sug„orishga bo„lgan talabi yillar kesimida 4550-4440-4740 m
3
/ga ni 
tashkil etgan bo„lsa, chigitlar pushtaga plyonka to„shab ekilgan variantlarda 
mavsumiy sug„orish me‟yorlari mos ravishda 3580-3480-3730 m
3
/ga, chigitlar 
pushtalarga yoppasiga plyonka to„shab ekilgan variantlarda mavsumiy sug„orish 
me‟yorlari yillar kesimida 3470-3360-3560 m
3
/ga ni tashkil etib, ochiq maydonga 
chigit ekilgan variantlarga nisbatan pushtaga plyonka to„shab chigit ekilgan 
variantlarda mavsumiy suv sarfiga bo„lgan talabi 970-960-1010 m
3
/ga, pushtalarga 
yoppasiga plyonka to„shab chigit ekilgan variantlarda esa mavsumiy suv sarfiga 
bo„lgan talabi 1080-1080-1180 m
3
/ga gacha kamayganligi aniqlangan. 
Olib borgan tadqiqotlarimizda tajriba variantlarida qo„llanilgan agrotexnik 
tadbirlarni g„o„zaning o„sishi va rivojlanishiga ta‟sirini aniqlanganida, chigit ekish 
usullarining ta‟siri sezilarli bo„lganligi aniqlandi. Jumladan, avgust oyining 1-2 


16 
kuniga kelib, pushtaga plyonka to„shab, chigitlar 90x10-1 tizimda ekilgan variantda 
ushbu tizimda chigitlar ochiq maydonga ekilgan variantga nisbatan bir tup o„simlikda 
o„rtacha bosh poya balandligi 6,1 sm, hosil shoxlari soni 3,4 donaga, hosil 
elementlari soni 13,6 donaga, ko„saklar soni 2,3 donaga yuqori bo„lganligi kuzatilgan 
bo„lsa, pushtaga plyonka to„shab, chigitlar 90x(60x30)x12-1 va 90x(60x30)x15-1 
tizimlarda ekilgan variantlarda, ushbu tizimda chigitlar ochiq maydonga ekilgan 
variantlarga nisbatan bosh poya balandligi 14,3-7,3 sm, hosil shoxlari soni 3,4-3,5 
donaga, hosil elementlari soni 12,8-13,4 donaga, ko„saklar soni 2,9-2,1 donaga, 
chigitlar ushbu tizimlarda pushtalarga yoppasiga plyonka to„shab ekilgan variantlarda 
esa bosh poya balandligi 23,8-22,0 sm, hosil shoxlari soni 2,4-2,3 donaga, hosil 
elementlari soni 10,5-10,7 donaga, ko„saklar soni 1,1-1,3 donaga yuqori natija 
ko„rsatganligi qayd etilgan. 
Pushtaga 
plyonka 
to„shab, chigitlar (76x38)x8,8-1; (76x38)x9,7-1; 
(76x38)x11,4-1 tizimlarda ekilgan variantlar tahlil qilinganida, ushbu tizimda 
chigitlar ochiq maydonga ekilgan variantlarga nisbatan bosh poya balandligi 16,5-
16,6-12,4 sm, hosil shoxlari soni 3,5-3,5-3,7 donaga, hosil elementlari soni 13,6-13,7-
14,1 donaga, ko„saklar soni 1,6-1,7-1,9 donaga, chigitlar ushbu tizimlarda 
pushtalarga yoppasiga plyonka to„shab ekilgan variantlarda esa ochiq maydonga 
chigit ekilgan variantlarga nisbatan bosh poya balandligi 24,9-24,5-24,1 sm, hosil 
shoxlari soni 2,0-2,1-2,2 donaga, hosil elementlari soni 9,7-10,4-10,4 donaga, 
ko„saklar soni 1,6-1,6-1,5 donaga yuqori bo„lganligi aniqlangan. 
1-sentyabr muddatiga kelib, tajriba variantlarida parvarish qilinayotgan g„o„za 
o„simliklarining o„sib rivojlanishi bo„yicha fenologik kuzatuvlar olib borilganida, 
pushtaga plyonka to„shab, chigitlar 90x10-1 tizimda ekilgan variantda ushbu tizimda 
chigitlar ochiq maydonga ekilgan variantga nisbatan bir tup o„simlikda o„rtacha 
ko„saklar soni 2,1 donaga, ochilgan ko„saklar soni 3,0 donaga yuqori bo„lganligi 
aniqlangan bo„lsa, pushtaga plyonka to„shab, chigitlar 90x(60x30)x12-1 va 
90x(60x30)x15-1 tizimlarda ekilgan variantlarda, ushbu tizimda chigitlar ochiq 
maydonga ekilgan variantlarga nisbatan bosh ko„saklar soni o„rtacha 2,1 donaga, 
ochilgan ko„saklar soni 2,7-3,0 donaga, chigitlar ushbu tizimlarda pushtalarga 
yoppasiga plyonka to„shab ekilgan variantlarda esa ochi maydonga ekilgan 
variantlarga nisbatan ko„saklar soni 1,5-1,4 donaga, ochilgan ko„saklar soni 2,1-2,3 
donaga yuqori bo„lganligi kuzatildi. 
Pushtaga 
plyonka 
to„shab, chigitlar (76x38)x8,8-1; (76x38)x9,7-1; 
(76x38)x11,4-1 tizimlarda ekilgan variantlar o„rganilganida, ushbu tizimda chigitlar 
ochiq maydonga ekilgan variantlarga nisbatan ko„saklar soni 2,3-2,3-2,4 donaga, 
ochilgan ko„saklar soni 2,8-2,9-3,1 donaga, chigitlar ushbu tizimlarda pushtalarga 
yoppasiga plyonka to„shab ekilgan variantlarda esa ochiq maydonga chigit ekilgan 
variantlarga nisbatan ko„saklar soni 1,5-1,5-1,6 donaga, ochilgan ko„saklar soni 2,0-
2,0-2,3 donaga yuqori bo„lganligi qayd etilgan. 
Barchaga ma‟lumki, har bir ekinga qo„llanilgan agrotexnik tadbirlarning 
samaradorligi hosildorlik ko„rsatkichlari bilan baholanadi. 
Biz ham olib borilgan tadqiqot yillarimizda variantlarda g„o„za o„simligini 
parvarishlashda qo„llanilgan agrotexnologiyalarni paxta hosildorligiga ta‟sirini 
aniqlash maqsadida variantlar kesimida paxta hosildorligi aniqlab chiqildi. 


17 
Jumladan, chigitlar ochiq maydonga 90x10-1 tizimda ekilgan 1-variantda paxta 
hosildorligi aniqlanganida, yillar bo„yicha o„rtacha 30,4 s/ga ni tashkil etganligi 
aniqlangan bo„lsa, chigitlar 
ochiq maydonga qo„shqator qilib pushtaga 
90x(60x30)x12-1 va 90x(60x30)x15-1 tizimlarda ekilgan 3-4 variantlarda 1-variantga 
nisbatan 2,6-0,8 s/ga, chigitlar ochiq maydonga qo„shqator qilib, (76x38)x8,8-1; 
(76x38)x9,7-1; (76x38)x11,4-1 tizimlarda ekilgan 9-10-11 variantlarda 1-variantga 
nisbatan qo„shimcha ravishda 3,3-3,9-1,4 s/ga paxta hosili olinganligi qayd etilgan. 
1-jadval 

Download 1,92 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish