20
5. Chigitlar pushtaga plyonka to„shab ekilgan tizimlarda ko„chatlarning unib
chiqishi chigitlar ochiq maydonga ekilgan variantlarga nisbatan 90x10-1 tizimda 1,7
ming tup/ga, 90x(60x30)x12-1 tizimda 2,5-3,9 ming tup/ga, 90x(60x30)x15-1
tizimda 2,2-3,3 ming tup/ga (76x38)x8,8-1 tizimda 3,4-4,4 ming tup/ga, (76x38)x9,7-
1 tizimda 3,2-4,2 ming tup/ga, (76x38)x11,4-1 tizimda 2,4-2,9 ming tup/ga, amal
davri oxirida 90x10-1 tizimda 2,2 ming tup/ga, 90x(60x30)x12-1 tizimda 3,5-4,7
ming tup/ga, 90x(60x30)x15-1 tizimda 3,0-3,4 ming tup/ga (76x38)x8,8-1 tizimda
4,7-5,4 ming tup/ga, (76x38)x9,7-1 tizimda 4,4-4,8 ming tup/ga, (76x38)x11,4-1
tizimda 3,7-3,5 ming tup/ga yuqori bo„lganligi aniqlangan.
6. Chigitlar pushtaga plyonka to„shab, qo„shqator qilib, (76x38)x9,7-1 tizimda
ekilganida, 1-sentyabr holatiga bir tupda ko„saklar soni ochiq maydonga
(76x38)x8,8-1; (76x38)x9,7-1; (76x38)x11,4-1 tizimlarda
ekilgan variantlarga
nisbatan 2,3-2,4-2,5 donaga, ochilganlari soni 3,4-3,3-3,5 donaga yuqori bo„lganligi
qayd etilgan.
7. Chigitlar pushtaga plyonka to„shab, qo„shqator qilib, (76x38)x9,7-1 tizimda
ekilganida, 1000 dona chigit vazni hamda tolaning texnologik ko„rsatkichlari ochiq
maydonga (76x38)x8,8-1; (76x38)x9,7-1; (76x38)x11,4-1 tizimlarda ekilgan
variantlarga nisbatan 1000 dona chigit vazni 1,3-1,7-1,0 gr gacha, tola chiqishi 0,4-
0,3-0,1 foizgacha, tola uzunligi o„rtacha 0,6 mm gacha, tolaning nisbiy uzulish kuchi
0,7-0,6-0,3 gk/teks gacha yuqori bo„lganligi kuzatilgan.
8. Chigitlarni turli ekish usullar va tizimlarda ekib o„rganilganida yuqori paxta
hosildorligi pushtaga plyonka to„shab, chigitlarni qo„shqator qilib (76x38)x9,7-1
tizimda ekib parvarishlangan variantda kuzatilib, ochiq maydonga ekilgan tizimlarga
nisbatan 9,3 s/ga dan 13,2 s/ga gacha, pushtaga plyonka to„shab ekilgan variantlarga
nisbatan 0,8 s/ga dan 6,6 s/ga gacha, pushtalarga yoppasiga plyonka to„shab ekilgan
variantlarga nisbatan 3,6 s/ga dan 5,2 s/ga gacha qo„shimcha paxta hosili olinganligi
aniqlangan.
9. Chigitlarni turli ekish usullar va tizimlarda ekib parvarishlashning iqtisodiy
samaradorligi o„rganilganida, yuqori rentabellik pushtaga plyonka to„shab, chigitlarni
qo„shqator qilib (76x38)x9,7-1 tizimda ekib parvarishlangan
variantda kuzatilib,
ochiq maydonga ekilgan tizimlarga nisbatan 14,5% dan 19,4% gacha, pushtaga
plyonka to„shab ekilgan variantlarga nisbatan 1,3% dan 11,9 gacha, pushtalarga
yoppasiga plyonka to„shab ekilgan variantlarga nisbatan 3,6% dan 6,7% gacha yuqori
bo„lganligi kuzatildi.
10. Andijon viloyatining och tusli bo„z tuproqlari sharoitida g„o„za
o„simligidan yuqori va sifatli paxta hosildorligiga erishish uchun kuzda pushta olish,
chigitlarni (76x38)x9,7-1 tizimda qo„shqator qilib, pushtaga plyonka to„shab ekib
parvarish qilish tavsiya etiladi.