|
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvorBog'liq aftoreferat 2023Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor
yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar
rivojlanishining V. “Qishloq xo„jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof˗muhit
muhofazasi” ustuvor yo„nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Chigitlarni turli usullarda va
tizimlarda ekishni g„o„za o„simligini o„sishi, rivojlanishi va paxta hosildorligiga
ta‟sirini o„rganish va yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish borasida
respublikamiz
olimlaridan
Q.Mirzajonov,
Sh.Nurmatov,
A.Avliyoqulov,
N.O„razmatov,
O.Maxmudov,
F.Xasanova,
Sh.Salomov,
S.Baxromov,
A.Haydarovlar, xorijlik olimlaridan Lu Jin Chai, Muhammad Amjad Shahzad,
Shakeel Ahmad Anjum, J.Akker, A.Canarache, Shawn Butler, Tyson Raper, Kater
Hake, Tom Burch, Lawrence Harvey, Mushtaq Ali, Liaqat Ali, Muhammad Sattar va
boshqa olimlar tomonidan ko„plab ilmiy˗tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Ammo, Andijon viloyatining och tusli bo„z tuproqlari sharoitida chigitni turli
usullarda va tizimlarda ekib, paxta hosili yetishtirishni tuproqning agrofizik, suv fizik
va agrokimyoviy xususiyatlariga va hosil elementlarining shakllanishiga ta‟sirini
o„rganish bo„yicha ilmiy˗tadqiqotlar yetarlicha olib borilmagan.
Dissertatsiya
mavzusining
dissertatsiya
bajarilgan ilmiy˗tadqiqot
muassasasining ilmiy˗tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya
tadqiqoti Andijon qishloq xo„jaligi institutining “G„o„zadan yuqori va sifatli paxta
hosili yetishtirishda resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish” (2018˗2020
yy.) mavzusidagi tematik mavzular rejasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi. Andijon viloyatining och tusli bo„z tuproqlari
sharoitida chigit ekish usullari va tizimlarini tuproqning agrofizik, suv˗fizik va
agrokimyoviy xususiyatlarini o„zgarishiga hamda g„o„za o„simligida hosil
elementlarini shakllanishiga ta‟sirini ilmiy asoslashdan iborat.
|
| |