9
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining
ilmiy ahamiyati, Andijon viloyatining och tusli bo„z tuproqlari sharoitida turli chigit
ekish tizimlarini qo„llashning tuproqni agrofizik,
suv-fizik xossalariga hamda
agrokimyoviy xususiyatlariga, amal davri oxirida xaqiqiy ko„chat qalinligiga, bo„yi,
hosil shoxlari soni va hosil
elementlarining shakllanishiga, ko„saklar soni va bir
ko„sakdagi paxta vazniga,
paxta hosildorligiga, tolaning texnologik sifat
ko„rsatkichlariga hamda iqtisodiy samaradorligiga ta‟siri ilmiy asoslangan.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati, pushtaga plyonka to„shab, chigitlarni
(76x38)x9,7-1 tizimda qo„shqator qilib ekish g„o„zaning “Andijon-37” navidan
chigitlarni ochiq maydonga turli tizimlarga ekilganga nisbatan paxta hosildorligi 9,3
s/ga dan 13,2 s/ga gacha, rentabellik darajasi 14,5% dan 19,4% gacha, pushtaga
plyonka to„shab, chigitlar turli tizimlarda ekilgan
maydonga nisbatan paxta
hosildorligi 0,8 s/ga dan 6,6 s/ga gacha, rentabellik darajasi 1,8% dan 11,9% gacha,
pushtaga yoppasiga plyonka to„shab, chigitlar turli tizimlarda ekilgan maydonga
nisbatan paxta hosildorligi 3,6 s/ga dan 5,2 s/ga gacha, rentabellik ko„rsatkichi 3,6%
dan 6,4% gacha yuqori bo„lganligi bilan izohlanadi.