7
Tadqiqotning ob’ekti och tusli bo„z tuproq, g„o„zaning Andijon-37 navi,
chigit ekish usullari, chigit ekish tizimlari.
Tadqiqotning predmeti chigit ekish usullari va tizimlarini tuproqning
agrofizik, suv-fizik va agrokimyoviy xususiyatlari, g„o„za o„simligining ko„chat
qalinliklari, o„sishi-rivojlanishi, paxta hosildorligi va tolaning texnologik sifat
ko„rsatkichlari hisoblanadi.
Tadqiqot uslubi: Dala tajribalarini joylashtirish, hisoblashlar va kuzatishlar
«Методы
агрохимических,
агрофизических
и
микробиологических
исследований в поливных хлопковых районах», «Dala tajribalarini o„tkazish
uslublari» (O„zPITI) uslubiy qo„llanmalari asosida olib borilgan. Olingan
natijalarning statistik tahlili Microsoft Excel dasturi va Б.А.Доспехов uslubiy
qo„llanmasi hamda iqtisodiy samaradorlik Н.А.Баранов usuli asosida bajarilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
˗ ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo„z tuproqlari sharoitida ochiq
pushtaga, pushtaga plyonka to„shab hamda pushtalarga yoppasiga plyonka to„shab,
qo„shqator qilib (76x38)x8,8˗1; (76x38)x9,7˗1; (76x38)x11,4˗1 tizimlarda chigit
ekish usullarini paxtachilikdagi samaradorligi o„rganilgan;
˗ chigitlar qo„shqator qilib, (76x38)x9,7-1 tizimda ekilganida tuproq hajm
massasining ortishi pushtaga plyonka to„shab, chigitlar 90x10-1; 90x(60x30)x12-1;
90x(60x30)x15-1 tizimda ekilgan variantlarga nisbatan 0-30 sm qatlamda 0,007
g/sm
3
dan 0,024 g/sm
3
gacha, 30-50 sm qatlamda esa 0,007 g/sm
3
dan 0,017 g/sm
3
gacha kam bo„lib, suv o„tkazuvchanligi 8,3 m
3
/ga dan 24,2 m
3
/ga gacha yuqori
bo„lganligi aniqlangan;
˗ pushtaga plyonka to„shab, chigitlarni qo„shqator qilib, (76x38)x8,8-1;
(76x38)x9,7-1; (76x38)x11,4-1 tizimlarda ekish chigitlarni ushbu tizimda ochiq
maydonga ekilganga nisbatan amal davri oxirida ko„saklar soni 2,3 donadan 2,5
donagacha, ochilganlari 3,3 donadan 3,5 donagacha yuqori bo„lishi isbotlangan;
˗ chigitlarni pushtaga plyonka to„shab, qo„shqator qilib (76x38)x9,7-1 tizimda
ekish hosil elementlarining shakllanishiga ijobiy ta‟sir etib, paxta hosildorligi
chigitlar ochiq maydonga 90x10-1 tizimda ekilgan variantga nisbatan 13,2 s/ga,
rentabellik 19,4 foizga, pushtaga plyonka to„shab chigitlar yakka qator qilib 90x10-1
tizimda ekilgan variantga nisbatan 6,6 s/ga, rentabellik 11,9 foizga, pushtalarga
yoppasiga plyonka to„shab ekilgan tizimlarga nisbatan 5,2 s/ga, rentabellik darajasi
6,7 foizgacha yuqori bo„lganligi isbotlangan.