Dorivor moddani ( kimyoviy birikmalarni) turg‘unlashtirish
Kimyoviy turg‘unlikka ta’sir etuvchi omillar:
dorivor modda va yordamchi modda sifati;
pH muhiti;
harorat;
katalizatorlarning mavjudligi (og‘ir mettallar ionlari);
saqlash harorati;
jihoz turi (ayniqsa in’eksion dorilarga);
kislorod ta’siri (suvda kislorodning bo‘lishi).
Bu usul bilan dorilarni barqarorligini kimyoviy moddalarni - turg‘unlashtiruvchilarni qo‘shish bilan ta’minlanadi.( stabilizatorы ximicheskix veщestv). Bu turg‘unlashtirish usulning axamiyati g‘oyat muhim sterilizatsiya ( ayniqsa termik usuli bilan) qilinadigan dori shakllarida, suyuq dorilarda. Kimyoviy turg‘unlashtirish usuli dorilarda gidrolitik va oksidlanish va qaytarilish jarayonlarni bartaraf etuvchi yoki susaytiruvchi stabilizatorlarni qo‘shishga asoslangan.
1. Gidroliz. Ko‘p dori moddalar gidrolizga uchraganda faolligi kam, mutlaqo faol bo‘lmagan yoki zaharli moddalar hosil qiladi. Alkaloid tuzlari, glikozidlar, vitaminlar va efirlar gidrolizga uchrashi mumkin. Gidroliz reaksiyasining tezligi harorat, katalizator, pHko‘rsatkichi, erituvchi tabiatiga bog‘liqdir. Gidrolizda eng muhim faktor bo‘lib muhitning pH ko‘rsatkichi hisoblanadi.Kuchli asos kuchsiz kislotadan tashkil topgan tuzlar, kuchsiz asos kuchli kislotadan tashkil topgan tuzlar tez gidrolizga uchraydi. Dikain, novokainamid, novokain, atropin sulfat, skopolamin gidrobromidlar gidrolizga uchraganda nofaol va hatto zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Undan tashqari murakkab efirlari xam.
Quyidagi rasmlarda turli kimyoviy tabiatli dori moddalarni gidrolizga uchrashish mexanizmlari keltirilgan:12
Rasm 1. Amidlarni (a) va murakkab efirlarni (b) gidroliz mexanizmlari
Rasm 2. Atsetilsalitsil kislotasining gidrolizi: salitsil kislota va sirka kislotasi xosil bo‘ladi
Rasm 3. Benzilpenitsillinning asosiy gidroliz reaksiyasi: laktam guruxini parchalanish oqibatida benzilpenitsil kislotasini hosil bo‘lishi preparatning faolligini pasayishiga olib keladi.
2. Moddalarning oksidlanishi aromatik amin xosilalari, fenotiazin xosilalari, aksariyat alkaloid tuzlari, azot asosi tuzlari, vitaminlarda sodir bo‘lishi mumkin. Oksidlanish natijasida farmakologik nofaol moddalar yoki zaharli maxsulotlar hosil bo‘ladi. Oksidlanish jarayonining tezligi quyidagi faktorlarga bog‘liq: kislorod miqdori, harorat, muhitning рНko‘rsatkichi, katalizator va agregat xolat. Ko‘pincha eritmaning oksidlanishi uning rangini o‘zgarishidan bilinadi. Masalan, aminazin, diprazin oksidlanganda eritmaning rangi to‘q qizil rangga bo‘yaladi. Ishqoriy shisha idishga solib sterillangan glyukoza eritmasi oksidlanib, karamellanib rangi sarg‘ayadi, ba’zan qo‘ng‘ir ranggacha bo‘yaladi.
Opiy alkaloidlari: morfin, apomorfin, omnopon va boshqalar ishqori sharoitda oksidlanib nofaol yoki zaharli moddaga aylanadi, eritma rangi o‘zgaradi. Morfin oksidlanganda zaxarli modda – oksidimorfinga aylanadi, apomorfin esa yashil rangli zaharli modda hosil qiladi.
Askorbin kislotasi va uning tuzlari oksidlanganda nofaol birikma – 2,3 diketogulen kislotasiga aylanadi. Jarayon ishqoriy sharoitda va katalizator (metal ionlari) ishtirokida yanada jadallashadi. Bunda eritma sarg‘ayadi.
B1 vitamini eritmada havodagi kislorod, harorat, quyosh nuri va katalizator ishtirokida tez oksidlanib sarg‘ayadi.
Quyidagi jadvalda dorilarda asosiy oksidlanishning misollari keltirilgan
|