«Elektr mashinalar» fanidan kurs loyihasini bajarish bo’yicha qo’llanma




Download 2.31 Mb.
bet3/16
Sana05.05.2023
Hajmi2.31 Mb.
#56965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-курс ЭЭ эл маш КЛ(2)
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
«Elektr mashinalar» fanidan kurs loyihasini bajarish bo’yicha qo’llanma
Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning elektromagnit va issiqlik hisobini bajarish
Elektr energiyani uzatish, qabul qilish hamda ishlatishga mo’ljallangan elektr tarmoqlari va uskunalarida elektr energiyani o’zgartirish (kuchlanishni oshirish yoki kamaytirish) vazifasini bajaradigan transformatorni kuch transformatori deyiladi.
Normal sharoitda ishlayotgan elektr tarmog’iga ulash uchun, yoxud maxsus ish sharoiti, yuklamaning xarakteri yoki ish rejimi bilan farq qilmaydigan elektr energiya iste’molchilarini bevosita ta’minlash uchun ishlab chiqarilgan transformatorlarni umumiy maqsadli kuch transformatorlari deyiladi.
Fazalar soniga ko’ra transformatorlar bir, uch va ko’p fazali (sohaviy) turlarga bo’linadi.
Elektr jihatdan o’zaro ulanmagan ikki (yuqori va past kuchlanishli) chulg’am bilan ta’minlangan transformatorni ikki chulg’amli transformator deyiladi. Past kuchlanishli chulg’ami teng ikkiga bo’lingan kuch transformatorlarini ham, ko’pincha ikki chulg’amlilar turkumiga kiritadilar.
Agar transformatorning (yoki avtotransformatorning) har fazasida uchta [yuqori kuchlanishli (YuK), o’rta kuchlanishli (O’K) va past kuchlanishli (PK)] elektr jihatdan ulanmagan (avtotransformatorlarda esa YuK va O’K chulg’amlari elektr jihatdan ulangan) chulg’amlari bo’lsa, bunday holda uch chulg’amli transformator (yoki avtotransformator) deyiladi.
Elektr energiyaning bir qismi birlamchi tarmoqdan ikkinchisiga chul-g’amlari elektr jihatdan ulanganligi hisobiga uzatilib, boshqa qismi esa magnit maydoni orqali uzatiladigan transformatorning o’ziga xos ko’rinishini avtotransformator deyiladi.

1-rasm. Kuchlanish klassi 35 kV quvvati 1000-6300 kVA konstrukstiyasiga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori:1 – bak; 2 – moy uchun ventil; 3 zaminlash uchun qistirma;

Download 2.31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 2.31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Elektr mashinalar» fanidan kurs loyihasini bajarish bo’yicha qo’llanma

Download 2.31 Mb.