|
Standart mukofot = Mukofot qo’llanmasi X Tajriba modifikatsiyasi faktori
|
bet | 69/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Standart mukofot = Mukofot qo’llanmasi X Tajriba modifikatsiyasi faktori
Retrospektiv reyting
Agar modul bahosi qo’llanma reytingiga nisbatan ahamiyatli darajada baland bo’lsa, kompaniya mukofotni retrospektiv reyting asosida to’lanishi haqida so’rashi mumkin. Xavfsizlik va sog’liqni saqlash dasturlari shiddat bilan yaxshilanayotgan kompaniyalar ba’zan bu reytingni so’rashadi. Sug’urtachi uning da’vosi uchun haqiqiy xarajatlari va bunga qo’shimcha tarzda ustiga qo’yiladigan xarajatlari uchun tegishli mablag’ni undirib oladi.
O’zini o’zi sug’urta qilish
Ish beruvchilar o’zini o’zi sug’urta qilishi mumkin, agar ular o’zlarining moliyaviy qobiliyatlarining qoniqarli dalili bo’lgan ishchilar kompensatsiyasini to’g’ridan to’g’ri to’lab va idoraga taqdim eta olsalar va agar ular ma’qul keladigan xavfsizlik, kompensatsiya yoki obligatsiyani kiritsalar. (Champa, 1982). O’zini o’zi sug’urta – bu sug’urtalash emas. Kompaniyalar shunchaki shikoyatlarni o’zlari to’laydilar.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Ish beruvchilar o’zlari foydalanadigan dasturlarga bog’liq bo’lmagan holda ishchilarning kompensatsiya sug’urtalarini qoplash uchun oxir-oqibat ustiga qo’yiladigan xarajatlarga qo’shimcha ravishda o’sha sug’urta qiymatini to’laydilar.
Ma’lumotlarni qayd etish
Muammoli vaziyat.
Jeymi Smit kompaniyaning ish yurgizish talablari bilan boshi qotgan. U OSHA uchun shakllarni va ishchilar uchun kompensatsiya haqidagi talablarning qo’shimcha shaklini saqlab qo’ygan. Muvofiqlikni ta’minlash bo’yicha mas’ul shaxs odatdagi nazorat uchun kelganida Jeymi Smit barcha shakllarni saqlash shart emasligini bilib, hayron bo’ldi. Shakllar oylar davomida, fevraldan aprelgacha joylashtirilishi kerakligini bilib, yana hayron bo’ldi. U avvallari formalarni joylashtirmagan edi, lekin endi u muvofiqlikni ta’minlash bo’yicha mas’ul shaxs tushuntirib (sharhlab) bergandan keyin ularni joylashtirishni mo’ljalladi. Eng hayratlanarlisi shu bo’ldiki, 3 oydan so’ng kompaniya sudga chaqiruv qog’ozini oldi, chunki kompaniyaning tegishli amaldori formaga imzo chekmagan edi.
|
| |