• Google Classroom
  • Google Classroom platformasida ishlash bo’yicha metodik tavsiyalar
  • Zbekiston respublikasi oliy va o




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/19
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #244381
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    To’rayeva g. H. O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

    Google Classroom
    ilovasi 

    o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi fan 
    doirasidagi o’zaro muloqot vositasi hisoblanadi. Google Classroom orqali 
    o’qituvchilar kurslar yaratishi, talabalarga topshiriqlarni yuborishi va ularga izoh 
    berishi, shuningdek, talabalarning fikr-mulohazalarini qabul qilishi mumkin.
    Google Classroom 

    LMS sifatida ishlatiladigan dasturlardan biri sanaladi. 
    Google xizmatidan foydalanish va sozlash juda oson. Barcha ma’lumotlar Google 
    xizmatlarida saqlanadi: videodarslar YouTubeda, elektron darsliklar Google Diskda, 
    kurs ishtirokchilari Google dokumentda o’zlarining yozma ishlarini bajaradilar. 


    Google Classroom platformasida ishlash 
    bo’yicha
     metodik tavsiyalar 
     

    Kurs yaratilib, parol kurs ishtirokchilariga tarqatilgandan so’ng onlan faoliyat 
    boshlanadi. Kursda e’lon, topshiriqlarni qo’shish, savollar berish mumkin (savol 
    talabalarga bir-birlarining javoblariga izoh berish imkoniyatini berib, butun guruh 
    tomonidan muhokama qilinishi mumkin). 
    E’lon

    bu Google Drivega fayllarni, YouTubedan videolarni va tashqi 
    manbalarga havolalarni qo’shishingiz mumkin bo’lgan matn. Google Docs 
    formatidagi barcha fayllar bitta nusxada saqlanadi (tinglovchilarga faqat o’qish 
    rejimida ochiladi) yoki har bir foydalanuvchiga o’zgartirishi (tahrirlashi) mumkin 
    bo’lgan nusxasi beriladi. Foydalanuvchi Google Docsda hujatlarni tashkil qilishi 
    (matnli hujjat yaratishi mumkin), shuningdek, onlayn ravishda prezentatsiyalar yoki 
    jadval yaratishi mumkin.
    Google Classroom foydalanuvchiga haqiqatan ham qog’ozsiz ishlarga 
    o’tishga, talabalar jamoasini yaxshilashga va talabalar uchun turli xil ko’rsatmalar 
    berishga, vaqtni tejashga, qog’ozni tejashga va sinfning inverter modelini yaratishga 
    imkon beradi. Google Classroom 

    o’qituvchi yoki talabalar o’quv jarayonidan 
    tashqarida bo’lganlarida foydali vosita bo’lib, ular dars berishda davom etishlari va 
    o’tkazib yuborilgan darslarni davom ettirishlari mumkin. 

    Download 2,81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish