Google Classroom platformasida ishlash




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana19.05.2024
Hajmi2,81 Mb.
#244381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
To’rayeva g. H. O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Google Classroom platformasida ishlash 
bo’yicha
 metodik tavsiyalar 
 

Ta’limni axborotlashtirish sharoitida "Teskari ta’lim" texnologiyasi 
elementlarini Google Classroom imkoniyatlaridan foydalangan holda kundalik 
o’quv amaliyotiga faol joriy etish zamonaviy raqamli jamiyatning yangi talablariga 
javob beradi va o’quv jarayonini o’quvchilarni o’z bilim va ko’nikmalarini 
yaratishda faol ishtirok etish deb hisoblash imkonini beradi. 
O’z-o’zini o’qitish makonini tashkil qilishning samarali vositalaridan biri 
LMS – Learning Management System (ta’limni boshqarish tizimi)ning 
imkoniyatlaridan foydalanishdir. Ko’pgina LMSlar orasida keng qo’llaniladigan 
kontentlardan biri Google Classroomdir.
Google Classroom – o’quv jarayonini tashkil qilishdagi bulutli platformadir. 
Platforma o’qituvchi va o’quvchi (talaba)lar hamkorligiga asoslangan ta’lim 
jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyatini beradi.
Google Classroom o’quv jarayonini tashkil qilishning keng imkoniyatini 
taqdim etadi: Google Classroom xizmatida avtorizatsiyadan o’tish va o’z o’quv 
kursini yaratish, fanlar bo’yicha turli kurslarni qo’shish, o’quvchi (talaba)larni sinf 
(kurs)ga taklif qilish, sinfda topshiriqlar yaratish, baholash va baholangan 
topshiriqlarni o’quvchi (talaba)larga qaytarish. Google Classroom bilan ham 
individual, ham jamoaviy turli ta’lim faoliyatini tashkil qilish mumkin. Google 
Classroom platformasidan foydalanish ta’lim mazmunini yangilashga, pedagogik 
usullarni kengaytirishga, tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasini joriy etishga, 
shuningdek, masofaviy o’qitishni tashkil etishga yordam beradi.
Yangi ta’lim standartlari joriy etilishi bilan, muammolar ham o’zgardi: 
talabani individual ta’lim yo’nalishi va o’quv muhitini kengaytirishga yo’naltirishda 
o’qituvchi uchun taqdim etiladigan materiallar yetarli bo’lmasligi mumkin. Bu shuni 
anglatadiki, o’qituvchi o’zi muallif va dasturchi bo’lishi kerak. Muammolarni ajratib 
ko’rsatish kerak: 

o’qituvchi tarmoq xizmatlari bilan ishlashda etarlicha vakolatlarga ega 
emas; 



Download 2,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish