O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI
FAKULTETI
Kompyuter tarmoqlari fanidan
MUSTAQIL ISH -1
Mavzu: IPv6 protokoli, manzil turlari
Bajardi: 21-01-sirtqi; Elmurodov Iskandar
Qabul qildi: Xusanov K.
SAMARQAND – 2024
MUNDARIJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM.
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I. KIRISH
Tarmoqdagi manzillash muammolari
Barcha tarmoqning asosiy tuzilishi IPv4 ga asoslangan, ammo ushbu protokol taqdim etayotgan adreslar soni hozirgi ehtiyojlarni qondira olmaydi. Internet tarmog‘i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim etayotgan xizmat turlari ham ko‘payib bormoqda. Internet buyumlari, ya’ni masofadan boshqaruv tizimlari, «aqlli uy» kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta’minlash uchun IPv6 ni qo‘llashdan boshqa iloj qolmadi. 2021-yilda IOT qurilmalari soni 10 milliarddan oshdi va 2030-yilda 25 trillion bo’lishi tahmin qilinmoqda. Hozirda IPv4 adreslari yakunlangani uchun IPv6 protokolini tarmoqda qo‘llash ustida global miqyosda ish boshlangan.
IPv4
IP-adreslash asoslari. IP-adres o‘nlik sonlarda ifoda etilgan, W.X.Y.Z shaklida nuqtalar bilan ajratilgan. Unda nuqtalar oktetlarni ajratish uchun foydalaniladigan (masalan, 10.0.0.1) noyob to‘rt oktetlik (32-bitlik) kattalikni o‘zida ifoda etadi. Adresning 32 biti ikki qismdan iborat: tarmoq yoki aloqa adresi (o‘zida adresning tarmoq qismini ifoda etuvchi) va xost adresi (tarmoq segmentida xostni identifikatsiyalovchi). Tarmoqlarni ulardagi xostlar soni bo‘yicha ajratish IP-adreslarni sinflarga ajratish asosida amalga oshiriladi. IP-adreslarning 5 ta: A, B, C, D va E sinflari mavjud.
IPv6
IPv6 4-versiyaning vorisi bo‘lgan Internet protokolining yangi versiyasini ifoda etadi. IPv4 ga nisbatan IPv6 dagi o‘zgarishlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Adreslashning kengayishi. IPv6 da adres uzunligi 128 bitgacha kengaytirilgan (IPv4 da 32 bit), bu esa adreslash iyerarxiyasining ko‘proq darajalarini ta’minlash, adreslashtiriladigan tugunlar sonini oshirish, avto-konfiguratsiyani soddalashtirish imkonini beradi.
IPv6 protokoli, manzil turlari
IPv6 protokoli, IPv4'ning o'rnatilgan variantidir va internetning yangi manzillashuvi. IPv6-da manzillar ikki turda bo'lib, ular:
Unicast: Bu, bittasi bilan bog'langan bitta qurilmaning manzili. Ya'ni, bir xost vaqtida bitta o'ziga xos manzilga bo'lgan a'loqa.
Multicast: Bu, bir nechta qurilmaga ega bo'lgan manzil. Aytganda, bitta xabar bir nechta qurilma o'rtasiga bir marta junatiladi.
Anycast: Bu, bir guruh qurilma o'rtasida eng yaqin bo'lgan bir manzil. Agar bir xost bir anycast manziliga murojat qilsa, xabar eng yaqin qurilma bo'lganidan qabul qilinadi.
IPv6-da manzillar IPv4-ga qaraganda juda keng vaqt xosil qiladi, bu esa internetga qo'shimcha qurilma qo'shishni yaxshilaydi. Bu manzil turlari internetning farkli xizmatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
|