Masalalarning qo’yilishi va tadqiqot maqsadi va vazifalari




Download 0.75 Mb.
bet9/20
Sana20.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#62305
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Yo‘ldoshev Ibrohim Husan o‘g‘li
TTP TEST — копия (1), Кумуш, eshitish, 1-Amaliy ish Kompyuter arxitekturasi (2), Nature, 4y, ventilation, atrabotka, qabul parametrlari, Datagaze DLP уз, Chizma geometriya, 1684316989, открытый урок, Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqwarilishi va uning zaruriyati

1.2. Masalalarning qo’yilishi va tadqiqot maqsadi va vazifalari



Masalalarning qo’yilishi. Harakatlanuvchi suyuqlik holatini matematik ifodalarida tavsiflash v(x, y, z, t), (x, y, z, t), p(x, y, z, t) funksiyalari yordamida amalga oshirilib, mos ravishda tezligi, zichligi, bosimi va hokazo suyuqliklarning hajmiga ko‘ra taqsimlanishi olingan. Ularning barchasi, umuman olganda, x, y, z koordinatalari va t vaqtining funksiyalaridir. Bunda v(x, y, z, t) suyuqlikning har bir berilgan x, y, z nuqtadagi t vaqtidagi suyuqlik tezligi ekanligini, ya’ni u sohaning ma’lum zarralarini emas, balki qatlamning ma’lum nuqtalarida harakat borligini bildirishi ta’kidlanadi. Suyuqlik gidrosferada vaqt o‘tishi bilan harakat qiladi,  - zichlik, p - bosim va hokazo miqdorlarga ham xuddi shunday ta’sir doirasida bo‘ladi [13; 28 b].
Yer osti suvlarining geofiltratsiya jarayonlarini fransuz muhandis-gidravligi A.Darsi tomonidan 1856 yillari birinchi bo‘lib matematik ifodalar asosida tasvirlash laboratoriya sharoitlarida suvning sizilishini tajriba natijalari asosida amalga oshirilgandir (geofiltratsiya qonuni , -suv sarfi, – suv o‘tkazuvchanlik koefitsenti, -hududning ko‘ldalang kesimi, -suv sathlari farqi, -kesmalar orasidagi masofalar) [7; 17 b]. Darsi qonuni suyuqliklardagi siljish kuchlanishlari ta’sirida impulsning o‘zgarishi ahamiyatsiz bo‘lishi sharti bilan, bosim gradientining ta’siri tufayli to‘liq to‘yingan g‘ovakli muhitning sizilish bo‘shlig‘idan suyuqlik oqimini tavsiflaydi. Darsi qonuni ifodasi suv sathi va tezlik maydonini hisoblash imkonini beradi, bu holda suv sathi gradienti, suyuqlikning yopishqoqligi va g‘ovakli muhitning o‘tkazuvchanligi bilan belgilanadi, suv olish inshoatlarini debiti, resursi va ta’sir doirasi kabi xususiyatlarni aniqlashda juda muhimdir. Qum, qum aralash shag‘altosh yoki tuproq kabi g‘ovakli materiallar qatlamlari orasidagi yoriqlar yoki qatlam bo‘shliqlarda suyuqlik oqimini modellashtirish uchun Darsi qonuni formulasi foydalanishimiz mumkin.
Yirik gidrogeologik hududlarni matematik modelining axborot ta’minoti, ya’ni gidrogeologik hududning holatini tezkor aniqlash imkoniyati, yer osti gidrosferasining tasniflash xususiyatlari tezkor aniqlanish ishlashi darajasiga bog‘liqdir. Shu munosabat bilan yer osti suvi sathi va haroratini holatini modellash, modelning natijaviy ma’lumotlar asosida geoaxborot bazasini yaratish, hududga geografik bog‘langan ma’lumotlar asosida jarayonlarni matematik modellash va natijalarni mufassal tahlili, tezkor xaritaviy tasavvurini yaratish, qaror qabul qilish uchun tavsiya va chora-tadbirlar ishlab chiqish usullariga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqotlar yetarli darajada ko‘rilmagan.
Yer osti mineral, ichimlik va shifobaxsh suvlarini holatini o’rganish, mavjud shart sharoitni tadqiq qilish va ulardan oqilona foydalanish, baholash va bashorat qilish hamda mukammallashtirish bo’yicha chora tadbirlar, tavsiya va takliflar ishlab chiqish muhim va dolzarb masalalardandir. Burg’u qudug’i va buloqlardan kuzatuv tekshiruv ishlari boyicha to’plangan ma’lumotlar natijalarini kompyuter dasturiy qurilmalari asosida tahlil qilish, umumlashtirish matematik modelini qurish va eksperiment tajribalar o’tkazish, olingan natijalarni taqqoslash hamda iste’molchiga vizuallashtirib taqdim qilish muallif oldiga qoyilgan masalalardir.
Geofiltratsiya oqimini modellashtirish ko'pincha gidrogeologiyada keng ko'lamli muammolarni hal qilishda qo'llaniladi. Eng keng tarqalgan terminologiyada geofiltratsion model haqiqiy obyekt yoki tizimning ko'rinishi va jarayonining soddalashtirilgan tasviridir. Geofiltratsiya modellari kompyutyer dasturi tomonidan hal qilingan matematik tenglamalar yordamida haqiqiy yer osti suvlari tizimining jarayonini anglatadi. Simulyatsiya natijalaridan foydalanishga harakat qilayotgan barcha tadqiqotchilar oldida turgan vazifa olingan ma'lumotlarning ishonchliligini, agar shunday bo’lsa qay darajadaligini tushunishdir.
Geofiltratsiya jarayonlarini modellashtirishda, teskari masala yechish asosida turli xil omillar qiymatini aniqlash muammolarini hal qilish bilan bog'liq, bunda ob'ektning xususiyatlari har qanday "bilvosita" qiymatlarning turlicha qiymatlari bilan o'rganiladi.
Modelning ta'sirchanlik tahlili, teskari masalalarni yechishda katta ahamiyatga ega, kirish va chiqish parametrlari, individual parametrlarning ahamiyati va boshqalar o'rtasidagi bog'liqlik haqida qo'shimcha ma'lumot beradi.
Raqamli modellarning sezgirlik tahlili simulyatsiya modellarida tasvirlangan jarayonlarni retrospektiv tahlil qilishda ma'lumotlarni assimilyatsiya qilish muammolarini hal qilish sohasidagi tez rivojlanayotgan sohalardan biridir [9].
Sezgirlikni tahlil qilish qo'lda yoki avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi yondashuvda modeldagi bir nechta qayta hisob-kitoblar amalga oshiriladi va har bir parametrni sozlash, tanlash noma'lum sonli yoki ko’p marta amalga oshirilishi mumkin. Har bir parametrning o'zgarishi bilan modelning chiqish qiymatlarining o'zgarishi jadval yoki grafiklarda aks ettirilishi mumkin.
Ma`lumki, juda ko’p ilmiy-amaliy masalalarni yechish uchun uning ma’lum ko’rinishdagi fizik va matеmatik modеli ishlab chiqiladi hamda masalani yechish matеmatik modеlga mos algoritmi, shuningdek dasturiy ta’minot yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagi masalalarni kеtma-kеt yechish lozim bo’ladi:
1. Masalani ifodalovchi geologik, ya’ni fizik tabbiiy model yordamida bеrilgan boshlang’ich qiymatlar va parametrik qiymatlari qidirilayotgan miqdorlar o’rganilib, masalani yechish uchun zarur bo’lgan omillar, paramеtrlar majmuasini, ularning orasidan eng asosiysini aniqlash.
2. Masalaning mohiyatidan kelib chiqib, fizik-matematik va boshqa qonuniyatlardan foydalangan holda, paramеtrlar orasida munosabatlar o’rnatish, ya`ni qo’yilgan masalaning matеmatik modеlini ishlab chiqish.
3. Matеmatik modеlni yechish uchun biror hisoblash usulini tanlash va unga asoslnib algoritm va dasturiy ta`minot ishlab chiqish.
4. Kompyuterda tajribalar o’tkazib, modelning adekvatligini tekshirish.
Yuqorida keltirilgan jarayonlar, geofiltratsiya jarayonlarini modellashtirish yordamida amaliy masalalarni yechish hisoblanadi. Xar bir masala ma`lum bir sinfga tegishli bo’lgani uchun, bunday sinf masalalarini yechishga moljallangan dasturiy vositalar, amaliy dasturlar paketlaridan foydalanish juda muhim xisoblanadi.
Yer osti suvlarining suvli qatlamdagi harakatining matematik modeli parabolik turdagi hususiy hosilali turg‘unmas filtrlanishning tekislik hududidagi differensial tenglamalari tizimi bilan tavsiflanadi, u quyidagi shaklga ega [4, 6, 14]:





bu yerda - suvli qatlamning suv yo‘qotish koeffitsienti (o‘lchovsiz kattalik); h=h(x, y, t) – yer osti suvlari sathi yoki erkin yuzasi, m; – mos ravishda soha eni va uzunligi bo‘yicha bo‘ylama va ko‘ndalang filtrlanish koeffitsienti, m/kun; f(x, y, t)=fk-fd-fsp–grunt suvlarining infiltratsion to‘ldirilishi, atmosfera yog‘inlari va sug‘orish suvlarining (daryodan, kanallardan filtrlanish ) suv qatlamiga oqib o‘tuvchi qismidan iborat. Hududda suv sathi vaqt o‘tishi bilan sezilarli darajada o‘zgaradi, shuning uchun uni koordinatalar va vaqt funksiyasi sifatida ko‘rsatish mumkin. Bu yerda: fk – kanal, soy yoki daryo bo‘lsa, yer osti suvlarini to‘yintiruvchi daryodir; fd - drenaj bo‘lsa, u yer osti suvlaridan to‘yinadi, yani yer osti suvlarini oqizib ketadi; fsp–yer osti suvlari sathidan bug‘lanishdir, maydon xarakteriga ega bo‘lib, fazoviy va vaqt koordinatalarining funksiyasi hisoblanadi; Qskv - quduqning oqim tezligi; Qskv =Q(t) (x-x0, y-y0) t>t0; -Dirak funksiyasi; x, y – fazoviy va t – vaqt koordinatalari, t0 – hisoblashning dastlabki vaqti.
Yer osti suvlari sathining o‘zgarishini o‘rganishimizda, ya’ni G sohada (1.6) tenglamani yechish masalasini qaraymiz. Bu hududni filtratsiya hududi deb ataymiz va uni yetarli darajada silliq G egri chiziq bilan chegaralangan deb faraz qilamiz, kesmada u uzluksiz chiziqdir.
(1.6) tenglamaning umumiy yechimi h ning ixtiyoriy funksiyalariga bog‘liq. Shu sababli, aniq yechim uchun qo‘shimcha shartlar zarur, ularning tabiati yer osti va yer usti suvlari sathi darajasidagi o‘zgarishlarni o‘rganish bilan bog‘liq aniq vazifaga bog‘liqdir.
Gidrodinamik modellashtirishda tadqiqot olib borilayotgan hududni sxemalashtirish amalga oshirildi. Geofiltratsiya hududini soddalash va gidrogeologik sxemalashtirishda «bir qiymatli yechimlar sharti» masalalarining zarurligi ko‘zda tutiladi.



Download 0.75 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 0.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masalalarning qo’yilishi va tadqiqot maqsadi va vazifalari

Download 0.75 Mb.