• K I R I S H
  • Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi




    Download 0.75 Mb.
    bet6/20
    Sana20.05.2023
    Hajmi0.75 Mb.
    #62305
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Yo‘ldoshev Ibrohim Husan o‘g‘li
    TTP TEST — копия (1), Кумуш, eshitish, 1-Amaliy ish Kompyuter arxitekturasi (2), Nature, 4y, ventilation, atrabotka, qabul parametrlari, Datagaze DLP уз, Chizma geometriya, 1684316989, открытый урок, Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqwarilishi va uning zaruriyati

    M U N D A R I J A




    K I R I S H 10
    I BOB. GIDROGEOLOGIK TIZIMLARDA GEOFILTRATSIYA JARAYONLARINI GEOAXBOROT-MATEMATIK MODELLASHNING O’RGANILISH HOLATI 15
    1.1 Gidrogeologik tizimlarda geofiltratsiya jarayonlarini modellashtirish bo’yicha adabiyotlar sharhi 15
    1.2. Masalalarning qo’yilishi va tadqiqot maqsadi va vazifalari 30
    1.3. Gidrogeologik tizimlarning geofiltratsiya jarayonlarini modellashtirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalar roli 34
    1.4. Birinchi bob bo’yicha xulosalar 42
    II BOB. GIDROGEOLOGIK TIZIMLARDA GEOFILTRATSIYA JARAYONLARINI MODELLASHTIRISHNI NAZARIY ASOSLARI 43
    2.1 Yer osti suvlari harakatining geofiltratsiya jarayonlarini matematik modellash 43
    2.2 Geofiltratsiya jarayonlarini matematik modellashda gidrogeologik xususiyatlari balans elementalari tahlili 48
    2.3 Geofiltratsiya jarayonlarini matematik modellashni sonli yechimlari 50
    2.4 Matematik modelning dasturiy ta’minoti 53
    III.BOB. YER OSTI SUVLARI HOLATI MODELINI YARATISH VA VIZUALLASHTIRISHDA GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARI 58
    3.1. Yer osti suvlari holati ma’lumotlarini qayta ishlashda geoaxborot texnologiyalarining o’rni 58
    3.2. Yer osti suvlari holati modelini geoaxborot texnologiyalari asosida yaratish 63
    3.3. GATda elektron xaritalarini tuzish asosida yer osti suvlari holatini o‘zgarishining raqamli modelini yaratish 67
    3.4 Raqamli xaritalarini tuzish bo’yicha geoaxborot texnologiyalarining qollanilishi 70
    3.5 Suv resurslarining o‘zgarishini tahlil qilish, holatini baholash va qaror qabul qilishga tavsiyalar 73
    3.6. Uchinchi bob bo‘yicha xulosa 77
    XULOSA 78
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 79
    ILOVALAR 80



    K I R I S H


    Dunyoning aksariyat mintiqalarida bugungi kunga kelib aholini markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlash, ayniqasa shifobaxsh mineral ichimlik va davolash suvlari bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Rivojlangan mamlakatlarda, jumladan AQSh, Germaniya, Chexiya, Niderlandiya, Gruzya, Daniya, Fransiya, Xitoy, Kanada, Yaponiya va Rossiyada murakkab gidrogeologik sharoitlarda sodir bo‘ladigan jarayon va hodisalarni boshqarishda, ayniqsa mineral suvlarini olish inshoatlari hududida geofiltratsiya jarayonlarini matematik modellashtirish usullari keng qo‘llaniladi.


    Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi. 2022-yil 28-yanvardagi 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-60-son farmoni respublikamiz aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ijtimoiy siyosatimizning ustuvor modernizatsiyanalishlaridan biri hisoblanadi.
    Ma’lumki “2022-2026 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2954-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida « ... uzoq muddatli istiqbolda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiyalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar va maqsadli dasturlarni amalga oshirish” asosida respublikamiz aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, ... aholi salomatligini saqlash kabi aholini mineral shifibahsh suv ta’minoti tizimini takomillashtirishga oid maqsadli dasturlarni amalga oshirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
    “Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g‘risida”gi PQ-1989-son Qarorining ilovasiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infrastrukturasini 2013-2020 yillarda rivojlantirish dasturi” vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida yangi avlodni zamonaviy kompyuterlashgan, qolaversa modellash va intelektullashgan texnologiyalarini yaratish, ularni amaliyotda, ya’ni ishlab chiqarishning turli soha muassasalari ish faoliyatini yengillashtirish jarayonida keng tatbiq etishi zarurligi keltirilgan va bu ushbu tadqiqot ishining dolzarbligiga asos bo’ladi.
    Uzoq yillardan buyon modellashtirish ilmiy tadqiqotning eng dolzarb qo’llaniladigan usul va uslublaridan biri bo‘lib kelmoqda. Modellashtirish ilmiy tadqiqot, uslubiy va pedagogik faoliyatlarda kishining tajribasi, uning sezgi organlari orqali olgan taassurotlari hamda tabiiy sharoitdagi kuzatishlaridan olingan empirik hamda nazariy bilimlarni, ya’ni ob’ektni o‘rganish jarayonida tajriba, mantiqiy bog‘lanishlarning tuzilishi tahlili va ilmiy abstraktlarni birlashtirish imkoniyatini beradi.
    Mazkur magistrlik dissertatsiya ishida universitetda o’qish jarayonidagi “Industrial ilovalar”, “GAT texnologiyalar va ilovalar ishlab chiqish” va “Matematik modellar tadqiqi” kabi fanlardan hamda o’quv va diplom oldi amaliyoti davrida olingan bilim va ko’nikmalar asosida ma’lumotlar yig’ildi va mufassal geoma’lumotlar tahlili amalga oshirildi.
    Matematik modellashtirish oqimlarni boshqarishda nazariy va eksperimental tajriba usullari mavjud bo‘lib, turli jarayonlarni o’rganishda jumladan: gidrogeodinamik va gidrologik, transport, elektr toki va kompyuter tarmoqdagi jarayonlarni matematik modellashtirishda amalga oshirilib, odatda natijalarni ko’rsatishda vizual usullar qo‘llaniladi. Bunda fizik va geodinamik jarayonning matematik modelini tuzishda, shu ob’ektdan olingan real ma’lumotlar asosida tajriba natijalaridan foydalanildi.
    Matematik model 4 bosqichga bo‘linadi:
    modelning asosiy ob’ektlarini bog‘lovchi qonunlarni shakllantirish;
    matematik model olib keladigan matematik masalalarni yechish;
    modelning nazariyaga mos kelishini aniqlash;
    model natijalarini tahlil qilish, vizuallashtirish va takomillashtirish;
    Ushbu dissertatsiya ishining asosiy maqsadi gidrogeologik jarayonlarining geoaxborot-matematik va mavzuli modellarini yaratish va GAT asosida fazoviy obyektlarni mavzuli modellarini vizuallashtirishdan iborat.
    Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyida keltirilgan bir qator asosiy vazifalar bajarildi:

    1. Yer osti gidrosferasini geofiltratsiya jarayonlarini modellashtirishda geoaxborot-matematik ta’minotini xozirga holatini o’rganish;

    2. Matematik modellar va ularni sonli yechimlari asosida geofiltratsiya jarayonlarini o’rganish uslublari;

    3. Matematik modellar experiment natijalarini geoaxborot texnologiyalari asosida vizuallashtirish;

    4. Xalq xo’jaligining dolzarb masalalarini echishda yaratilgan matematik modellar va geoaxborot texnologiyalarida vizuallashtirish usullarini tadbiq etish. (Toshkent oldi hududining raqamli geofiltratsiya modeli misolida).

    Tadqiqot jarayonida quyidagi usullardan foydalanildi: Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, yer osti suvi dinamikasi va rejim elementlarini o‘rganish texnologiyalari, matematik modellash, sonli usullar, algoritmlash va dasturlash, yer osti suv tutuvchi qatlamlarning o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlarini, modellashtirish natijasidagi ma’lumotlarini geoaxborot mavzuli sxematik xaritalarini yaratish, qayta ishlash, ularni tamoyillari va usullari qo‘llanilgan.

    Download 0.75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi

    Download 0.75 Mb.